|
Muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot
|
bet | 5/5 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 132,01 Kb. | | #116281 |
Bog'liq Fizika mustaqil ishWkqEl (1.9)
kinetik energiyaga erishadi. Agar bu energiya gaz molekulasining ionlanishi uchun bajarilishi lozim bo’lgan Ai ishdan katta bo’lsa, ya’ni
Wk Ai (1.10)
shart bajarilsa, tok tashuvchining neytral molekula bilan to’qnashishi natijasida molekula ikki qismga – erkin elektronga va musbat zaryadlangan ionga ajraladi. Bu jarayonni zarbdan ionlanish deyiladi. Yangi vujudga kelgan tok tashuvchilar ham o’z navbatida elektr maydon tomonidan tezlatiladi. Shuning uchun ular yana ionlanishiga sababchi bo’lishi mumkin. Shu tariqa gazda ionlanish nihoyat katta qiymatlarga erishadi. Bu hodisa tog’lardagi qor ko’chkisini eslatadi. Ma’lumki, qor ko’chkisining vujudga kelishiga bir siqimgina qor sababchi bo’la oladi. Shuning uchun yuqorida bayon etilgan jarayon ionlar ko’chkisi (quyuni) deyiladi.
2. Ikkilamchi elektron emissiya. Gazdagi musbat zaryadli ionlar elektr maydon ta’sirida ancha katta energiyalarga erishgach, manfiy elektrodga urilishi natijasida elektroddan elektronlar ajralib chiqadi. Bu hodisani ikkilamchi elektron emissiya deyiladi.
3. Avtoelektron emissiya. Bu hodisa nihoyat kuchli elektr maydonlarda (E108 Vm) sodir bo’ladi. Bunda nihoyat kuchli elektr maydon metallardan elektronlarni yulib (tortib) oladi, deyish mumkin.
4. Fotoionlanish. Zarbdan ionlanish natijasida vujudga kelgan ion uyg’otilgan holatda bo’lishi mumkin (uyg’otilgan holatdagi sistemaning energiyasi asosiy holatdagiga qaraganda kattaroq bo’ladi). Bu ion uyg’otilgan holatdan asosiy holatga o’tayotganda qisqa to’lqin uzunlikli nur chiqaradi. Bunday nur energiyasi molekulaning ionlanishiga yetarli bo’lib qolganda fotoionlanish hodisasi ro’y beradi.
5. Termoelektron emissiya. Manfiy elektrod temperaturasi yetarlicha yuqori bo’lgan hollarda termoelektron emissiya tufayli anchagina elektronlar vujudga keladi.
Mustaqil gaz razryadlarning ba’zi turlari bilan tanishaylik. Oldin oddiy atmosfera bosimlaridagi gazlarda ro’y beradigan razryadlarni tekshiramiz.
1. Toj razryad. Razryadning bu turi vujudga kelganda elektrodlar yaqinida huddi quyosh tojiga o’hshagan nurlanish kuzatiladi. Toj razryad vujudga kelishi uchun nihoyat kuchli notekis elektr maydon mavjud bo’lishi shart. Masalan, katta kuchlanishli elektr toklarni o’tkazuvchi simlarni ko’raylik. Sim va erni kondensatorning ikki qoplamasi deb qarash mumkin.
2. Uchqunli razryad (uchqun). Kondensator qoplamalari yoki induksion g’altak chulg’amining ikki uchi orasidagi kuchlanish nihoyat katta (3106 Vm) bo’lganda gazning turtki ravishda zarbdan ionlanishi natijasida qisqa vaqtli razryad – uchqun vujudga keladi. Eng ulkan uchqun razryad – yashindir. Yashin bulutlar orasida yoki bulut bilan Yer oralig’ida katta poteptsiallar farqi vujudga kelishi natijasida paydo bo’ladi. Uchqun yaqinidagi gaz yuqori temperaturalargacha qiziydi va keskin kengayadi. Bu esa o’z navbatida tovush to’lqinlarining vujudga kelishiga sababchi bo’ladi.
3. Yoy razryad (elektr yoyi). Agar 3–rasmda tasvirlangan elektrodlarni bir-biriga tegizsak va elektr tok o’tkazsak, elektrodlarning bir-biriga tegib turgan uchlari qiziydi. So’ng ularni bir-biridan bir oz uzoqlashtiraylik. Katod. bo’lib hizmat qiluvchi elektrod juda ko’p termoelektronlar chiqaradi. Bu termoelektronlar elektrodlar oralig’idagi gazni ionlashtiradi. Natijada elektrodlar orasida yoy shaklidagi kuchli (ko’zni qamashtiradigan darajada yorug’) shu’la paydo bo’ladi. Buni elektr yoyi yoki Petrov yoyi deyiladi. Elektr yoyi uchqundan farqli o’laroq, uzluksiz davom etadi.
Tajribalar asosida yoy razryad unchalik katta bo’lmagan kuchlanishlarda (40 V) sodir bo’lishi aniqlandi. Lekin tok kuchi katta (3000 A) bo’lishi mumkin.
Xulosa
Bu mustaqil ishda elektrodlar orasidagi gazda zaryad tashuvchilar vujudga kelishi uchun ionizatorlar (ionlashtiruvchilar) va rekombinatsiya jarayoni haqida ma'lumot keltirilgan.Unda gazda zaryad tashuvchilar vujudga kelishining asosiy sababi ionizatorlar yoki tashqi faktorlar tufayli yuzaga kelgan energiya tufayli gaz molekulalarining ionlashishi sifatida aytib o'tiladi. Keyin rekombinatsiya jarayoni haqida gaplashiladi, bu jarayonida gazdagi musbat va manfiy zaryad tashuvchilar (ionlar va elektronlar) o'zaro qo'shiladi yoki ajraladi.
Gaz razryadlarning nomustaqil (to'qnashuviga ega bo'lmagan) va mustaqil (to'qnashuviga ega) turlari haqida ma’lumotlar berildi.Om qonuni, elektr tokni ta'minlashi uchun muhimdir, shu bilan birlikda elektr maydon kuchlanganligi va elektr tok zichligi haqida ma'lumot beriladi.
Elektron emissiyasi (elektronlarning chiqishi) va ionizatsiya jarayonlari (zarbdan ionlanish, ikkilamchi elektron emissiyasi, fotoionlanish, termoelektron emissiyasi) haqida tafsilotli ma'lumot beriladi.
Mustaqil ishda razryad turlari bo’lgan toj razryadi, uchqunli razryad, yoy razryadi (elektr yoyi) kabi turli gaz razryadlari haqida gaplashadi. Uchqundan farqli o'laroq, yoy razryadi uzluksiz davom etadi. Yoy razryadi tajribalari haqida, unchalik katta bo’lmagan kuchlanishlarda sodir bo'lsa-da, lekin tok kuchi katta bo'lgan holatda ham uchraydi. Uzoqlashgan elektrodlar orasidagi elektr yoyi kuchini tasvirlaydi.
Bu mustaqil ishimda fizika sohasidagi muhim konseptlarni va texnik izohotlarni o'z ichiga olgan va elektr tokning razryad shakllarini, ularni vujudga keltirish jarayonlarini tushuntirganman.
Аdabiyotlar roʻyxati
I.Asosiy adabiyotlar
A.G’.G’aniev, A.K. Avliyoqulov, G.A. Almardonova “Fizika” 1-qism 238-243 betlar
X.Axmedov, M.Doniyev,Z.Husanov.Fizikadan maruza matni 2004 yil
II.Internet saytlari
Google.com
Wolfram.com
Phys.org
Aps.org
http://hozir.org
|
| |