II. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish




Download 24 Kb.
bet4/6
Sana23.12.2023
Hajmi24 Kb.
#127305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

II. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi: Tok ta’siridan qutqarish; Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish; Tok ta’siridan qutqarish o‘z navbatida bir necha xil bo‘lishi mumkin. Hammadan oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni o‘chirishdir. Agar buni iloji bo‘lmasa (masalan o‘chirgich qurilmasi uzoqda bo‘lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko‘p bo‘lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog‘ochli bo‘lgan bolg‘alar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo‘lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lsa, unda dielektrik qo‘lqop va elektr izolyasiyasi mustahkam bo‘lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak. Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, uning holatiga qarab belgilanadi. Agar jarohatlangan kishi hushini yo‘qotmagan bo‘lsa, unda uning tinchligini ta’minlab, vrach kelishini kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga olib borish zarur. Agar tok ta’sirida hushini yo‘qotgan ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bo‘lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bo‘shatish va sof havo kelishini ta’minlash zarur. Nashatir spirt hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo‘llarini ishqalash yaxshi natija beradi. Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati kuzatilsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo‘lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur. Klinik o‘lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak. Sun’iy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqarib olish bilan, uning holatini aniqlashi bilanoq boshlanishi kerak. Sun’iy nafas oldirish "og‘izdan-og‘izga" deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko‘rsatuvchi kishiga o‘z o‘pkasini toza havoga to‘ldirib, jarohatlangan kishi og‘zi orqali uning o‘pkasiga bu toza havoni yuboriladi. Kishi o‘pkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam o‘pkasi ishlashi uchun etarli miqdorda kislorodga ega bo‘lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og‘zi ochib tozalanadi. Havo O‘tish yo‘lini ochish uchun boshini bir qo‘li bilan peshonasi aralash ko‘tariladi, ikkinchi qo‘l bilan og‘zidan tortib, og‘zini bo‘yni bilan taxminan bir chiziqda keltiriladi. SHundan keyin ko‘krak qafasini to‘ldirib nafas olib kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishi og‘zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko‘rsatayotgan kishi og‘zi bilan, jarohatlangan kishining og‘zini butunlay berkitilishi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini berkitishi kerak. Klinik o‘lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish
Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni amalga oshiriladi. Puflashni doka, dastro‘mol va trubka orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni uning nafas olishiga moslab bemor o‘ziga kelguncha davom ettiriladi. YUrakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanish funksiyasini sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi.
Qorin bo‘shlig‘idan ko‘krak qafasiga o‘tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan massaj qiladigan joyni belgilab, qo‘lni bir-biri ustiga to‘g‘ri burchak shaklida qo‘yib, jarohatlangan kishi ko‘krak qafasini tana og‘irligi balan ma’lum miqdorda kuchni moslab bosiladi. Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bo‘lishi kerak. Bunda ko‘krak qafasi ichkariga qarab 3- 4 sm pasayishi kerak va bu yurak urish ritmiga moslab davom ettiriladi. Massaj qilish sun’iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borilishi kerak. Agar yordam ko‘rsatuvchi bir kishi bo‘lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko‘krak qafasini bosishi kerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi normal holatga kelganligini uning pulsini tekshirib bilsa bo‘ladi. Buning uchun yuqoridagi muolajalarini 2-3 sekundga to‘xtalib pulsi sanab ko‘riladi. Shundan keyin yordam ko‘rsatuvchi kishi boshini ko‘tarib yana o‘pkasini havoga to‘ldiriladi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi massiv ravishda nafas chiqazadi.

Download 24 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish

Download 24 Kb.