• Elektr toki urushi to`rt darajaga bo`lib o`rganiladi.
  • Elektr tokining inson organizmiga ta’siri




    Download 24 Kb.
    bet2/6
    Sana23.12.2023
    Hajmi24 Kb.
    #127305
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

    Elektr tokining inson organizmiga ta’siri.

    Elektr toki ta’siridan inson organizmida termik (issiqlik), elektrolitik va biologik ta’sir kuzatiladi. Elektr tokining issiqlik ta’siri inson tanasining ba’zi uchastkalarida kuyish, qon tomirlari, asab va hujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik ta’sir esa, qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida, qonning fizik vv ximik xususiyatlarini o‘zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab va yurak tizimini kesib o‘tmasdan tananing ba’zi bir uchastkalarigagina ta’sir ko‘rsatishda ro‘y beradi.
    Elektr toki urushi to`rt darajaga bo`lib o`rganiladi.
    I - muskullar keskin qisqarilishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo‘qotmaydi;
    II - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi;
    III - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi.
    IV - klinik o‘lim holati, bunga insonga hech qanday hayot alomatlari ko‘rinmay qoladi.
    Elektr tokining biologik ta’siri bu tirik organizm uchun xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Bu ta’sir natijasida inson organizmidagi tirik hujayralar muskullarning keskin qisqarishi natijasida to‘lqinlashadi, bu asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlarning buzilishi natijasida ro‘y beradi. YA’ni inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Bunga tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta’siri, bu biotoklar rejimini buzib yuboradi va buning natijasi sifatida inson organizmida tok urish hodisasi vujudga keladi. Ya’ni boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba’zi bir vazifalari bajarilmay qoladi, nafas olish tizimlari ishlarining buzilishi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va h.k.
    Elektr tokining inson organizmiga ta’sirining xilma-xilligidan kelib chiqib, umuman elektr toki ta’sirini ikki guruhga bo‘lib qarash mumkin: mahalliy elektr tok tasiri va urishi.
    Mahalliy elektr toki ta’siriga: elektr toki ta’siri natijasida kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo‘lishi terining metallanib qolishini ko‘rsatishi mumkin. Elektr toki ta’siridan kuyish, asosan organizm bilan elektr o‘tkazgichi o‘rtasida volta yoyi hosil bo‘lganda sodir bo‘ladi. Elektr o‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyish turlicha bo‘lishi mumkin. Engil kuyish pufakchalar hosil bo‘lishi, og‘ir kuyish hujayra va terilarning ko‘mirga aylanishi bilan o‘tib, og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Elektr belgilari bu terining ustki qismida aniq kulrang-och-sarg‘ish rangli 1-5 mm dimetrdagi belgi paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunday belgilar odatda xavfli emas. Terining metallanib qolishi ham odatda erib mayda zarrachalarga parchalanib ketgan metall teri ichiga kirib qoladi. Bu holat ham elektr yoyi hosil bo‘lganda ro‘y beradi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bu teri ko‘chib tushib ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi.

    Download 24 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr tokining inson organizmiga ta’siri

    Download 24 Kb.