• Tabiati
  • TASHQI HAVONING HARORATI
  • Muhandislik qurilish texnologiyalari




    Download 0,94 Mb.
    bet2/4
    Sana15.02.2024
    Hajmi0,94 Mb.
    #156908
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Sanoat mustaqil ish

    DENOV




    Denov tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 2-sentabrda tashkil etilgan. Denov tumani viloyatning Shoʻrchi, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy tumanlari bilan chegaradosh. Maydon. 0,75 ming km2. Aholisi 409.5 mingdan kishidan ziyod (2023). Denov tumanida 1 shahar (Denov), 2 shaharcha (Doʻstlik va Xayrabod), 18 qishloq fuqarolari yigʻini (Anbarsoy, Binokor, Dahana, Denov, Kenagas, Navroʻz, Pistamozor, Sina, Tortuvli, Xayrobod, Xolchayon, Fargʻona, Yurchi, Yangibogʻ, Yangizamon, Yangiobod, Kiziljar, Hazorbogʻ ,Paxtakurash MYF) bor. Markazi — Denov shahri.

    Tabiati


    Denov tumanining shimol, janubiy va markaziy qismi tekislikdan iborat. Sharqda Bobotogʻ, gʻarbda Boysuntogʻ tizmalari bilan oʻralgan. Yer yuzasi sharqqa tomon pasayib boradi. Qishi qisqa, iliq. yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,9°, iyulniki 28,4°. Tekisliklarda yiliga 130 mm dan 360 mm gacha, togʻ oldi va togʻlarda 445 mm dan 625 mm gacha yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. Denov tumanidan Surxondaryo, Toʻpolondaryo, Sangardak, Qizilsuv daryolari, Hazorbogʻ, Oy-barak kanallari, Daytoʻlak, Denov ariklari oqib oʻtadi. Yer osti suvlariga boy boʻlganligi uchun artezian suvlaridan keng foydalaniladi. Tekisliklarda boʻz tuproq, daryo sohillarida oʻtloqi botqoq, togʻ oldi va togʻlarda och qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Togʻlarda boshoqli oʻsimliklar, archa, yovvoyi mevali daraxt va butalar oʻsadi. Bobotogʻda pistazorlar bor. Jayran, togʻ echkisi, qobon, silovsin, boʻri, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan qirgʻovul, kaklik, toʻrgʻay uchraydi. Daryolarda soʻzanbaliq, oq amur, zogʻora baliq (sazan) koʻp.
    Denov tumani
    Aholining aksari qismi (89,5%) oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 337 kishi toʻgʻri keladi.



    1. jadval



    TASHQI HAVONING HARORATI



    Download 0,94 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhandislik qurilish texnologiyalari

    Download 0,94 Mb.