• Jamiyatning faoliyat maqsadi daromad olish hisoblanadi. Jamiyat shuningdek, oz faoliyatini quyidagi maqsadlarda amalga oshiradi
  • BO’LIM. “AGMK” AKSIYADORLIK JAMIYATINI MILLIY IQTISODIYOTIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI




    Download 0,76 Mb.
    bet3/3
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #248131
    1   2   3
    Bog'liq
    Amaliyot hisoboti

    1.BO’LIM. “AGMK” AKSIYADORLIK JAMIYATINI MILLIY IQTISODIYOTIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI.
    1.1.“AGMK” AJ korxonasining umumiy tavsifi.
    "O’zbekiston boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga ega davlatdir."
    Shavkat Mirziyoyev
    O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitga ega davlatdir. Mamlakatimiz katta zahirali yer osti boyliklariga ega. Zaminimiz tabiiy gaz, qo’ng’ir va tosh ko’mir, oltin, mis, volfram, vismut hamda ochiq neft konlari zahirasiga ega. Xususan, Olmaliq hududi qadimdan konchilikka ixtisoslashgan zamin hisoblanadi. Eramizning IX-XII asrlariga taaluqli bo’lgan ko’plab qadimgi topilmalar va ruda qazuvchilar faoliyatining izlari hamma joyda qayd etilgan. Bu esa Olmaliqda qadimda mis, qoʻroshin, rux, oltin, kumush, temir, ametist, feruza va boshqa qazilmalar jadal ravishda qazib olinganligidan darak beradi. Kombinat tomonidan ishlov beriladigan deyarli barcha ruda konlari o’z vaqtida o’sha qadimgi konlar izlari bo’yicha ochilgan. Respublikamizda konchilik va metallurgiya sanoati yildan yilga rivojlanib bormoqda. 36 000 nafardan ortiq konchi-metallurgni birlashtirgan, O’zbekiston rangli metallurgiyasining bayroqdori Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 40 dan oshiq millat va elat vakillari bo’lgan konchi-metallurglar mehnat qilishadi. O’zining 70 yillik tarixi davomida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan “Olmaliq KMK” AJ O’zbekistondagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri bo’lib, uning ishlab chiqarish quvvati Toshkent, Jizzax, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan mis-molibden, qo’rg’oshin-rux, oltin va kumush konlariga asoslanadi. Ona-zaminimiz bag’ridagi nodir, rangli va qimmatbaho metallarni qazib olishga hamda ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan ushbu kombinat konlaridan qazib olinayotgan ma’danlar tarkibida Mendeleyev davriy jadvalidagi elementlarning deyarli barchasi mavjud. “Qalmoqqir”AngrenChodak va Xondiza kon boshqarmalari hamda “Kovuldi” konining boy zaxiralari, shuningdek, beshta boyitish fabrikasiMis eritish zavodiRux zavodiMarkaziy ta'mirlash-mexanika zavodiAvtomobil transport boshqarmalari va Texnologik transport boshqarmalariSanoat temiryo`l transport boshqarmasi. Shuningdek, korxonalarimizni ohak xom-ashyosi bilan ta’minlab kelayotgan Ohak zavodi, konchilar ishini yengillashtirayotgan Portlatish materiallari zavodi, shuningdek, Issiqlik elektr markaziSanoat suv ta’minoti sexiElektr tarmoqlari boshqarmasiLoyiha ishlari boshqarmasiKapital qurilish boshqarmasi, kombinat va shaharda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining boshida turgan “Olmaliq metallurgqurilish” trestiIxtisoslashgan ta’mir ishlari boshqarmasi va boshqalardir. Kombinatda ishlab chiqarilayotgan oltin va kumush London qimmatbaho metallar birjasining sifat belgisiga, ya’ni “Yaxshi yetkazib beruvchi” maqomiga ega. Mis ishlab chiqarish jarayonida sifat tizimi menejmenti joriy etilib, unga Xalqaro muvofiqlik sertifikati olingan. Ushbu muvofiqlik sertifikati kombinatning Jizzaxdagi sement ishlab chiqarish jarayoniga ham berilgan. Metallurglar, konchilar va qimmatbaho metall qazib olish sohasining yetuk olimlari ishtirokida ekspertlar guruhi tashkil etilgan bo’lib, ular tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini uzoq muddatda modernizatsiya qilish bo’yicha dastur ishlab chiqildi. Dasturda qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va qayta ishlashga ilg’or xorijiy tajribani joriy qilish ko’zda tutilgan. Bugungi hisob-kitoblarga koʻra, ushbu dasturni tatbiq etish uchun 502 million dollardan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi. Bu esa yiliga mis ishlab chiqarish hajmini 109 ming tonnadan 148 ming tonnagacha, rux metallini ishlab chiqarishni 78 ming tonnadan 120 ming tonnagacha, oltingugurt kislotasi ishlab chiqarishni qariyb ikki barobar - 845 ming tonnadan 1,6 million tonnagacha oshirish imkonini beradi. Qimmatbaho va nodir metallarni qazib olish hamda qayta ishlash avvalgi yillarga nisbatan 1,3 martaga ortadi. Mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromad 1,5 barobarga ortib, 12 trillion soʻmga yetadi. Davlat byudjetiga tushumlar hajmi ham 1,4 barobarga ortib, 5 trillion soʻmdan ortadi. Kombinatning sof foydasi ham 1,4 barobarga ortib, 1,6 trillion soʻmni tashkil qiladi. Shuningdek, bugungi kunda yillik quvvati 160 million tonna rudani qayta ishlashga moʻljallangan “Yoshlik I” konini oʻzlashtirish investitsiya loyihasi shiddat bilan amalga oshirilmoqda. Endilikda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati istiqbolda ijtimoiy sohadagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash, oddiy ishchidan tortib to markaziy apparat xodimlarigacha boʻlgan mehnat jamoasi bilan uzviy tarzda ishlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini va eksportni yanada oshirish, mehnatkashlarni har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashdek vazifalarni oʻz oldiga qoʻygan.

    1.2.“AGMK” AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari

    • Mineral-xom ashyo bazasini kengaytirish, rangli va Nodir metallar rudalari yangi konlarini o'zlashtirish sohasida tog'-kon sanoatini yuritish, foydali qazilmalarni olish va ularni kelgusida qayta ishlashni tashkillashtirishning zamonaviy usullari tatbiq etilishini ta'minlashga, rangli va Nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida eksportga mo'ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilishini kuchaytirishga yo'naltirilgan yagona texnik siyosatni amalga oshirish;

    • Ishlab chiqarishning yuqori barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, yuqori qo'shilgan qiymatli sanoat mahsulotlarining eksport hajmlarini oshirish maqsadida, shu jumladan mahsulotlar sotiladigan yangi bozorlarni o'zlashtirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini pasaytirish va sifatini oshirish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan ishlarni olib borish hisobiga tarkibiy islohotlarni, ishlab chiqarishni modernizasiyalash va diversifikasiyalashni yanada chuqurlashtirish;

    • Yangi yuqori texnologik korxonalar qurilishi va ishga tushirilishini, yangi ish o'rinlari yaratilishini, investisiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlari samaradorligi va shaffofligini kuchaytirishga qaratilgan loyihaviy boshqaruvning zamonaviy usullari tatbiq etilishini nazarda tutadigan yirik investisiya loyihalarini amalga oshirishda investisiyalar, shu jumladan chet el investisiyalarining barqaror jalb etilishini ta'minlaydigan faol investisiya siyosatini olib borish;

    • Ayrim turdagi mahsulotlar va xizmatlar importini bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, import o'rnini bosish va ichki bozorni kerakli mahsulotlar va butlovchi buyumlar bilan ta'minlash jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan ustuvor foydalanish asosida tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini kengaytirish;

    • Ilmiy-tadqiqot ishlarini, shu jumladan rangli, qimmatbaho, Nodir metallar va qattiq qotishmalar sohasida amaliy tadqiqotlar dasturlarini bajarish doirasidagi ishlarni tashkillashtirish, yangi texnologiyalar va innovasiya loyihalarini ishlab chiqishda va ishlab chiqarishga tatbiq etishda ishtirok etish;

    • Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni keng joriy etish, ushbu asosda boshqaruv samaradorligi oshirilishini, ishlab chiqarish xarajatlari va ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxi kamaytirilishini, uning raqobatbardoshligi, shuningdek kombinat moliya-xo'jalik faoliyatining shaffofligi kuchaytirilishini ta'minlash;

    • Kombinatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, texnik-muhandislar va boshqaruv kadrlar malakalarini oshirish, kooperasiyani oliy va o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim va ilmiy muassasalar bilan kuchaytirish orqali ularning qayta tayyorlanishini tashkillashtirish, qattiq raqobatchilik sharoitlarida tarmoqning samarali faoliyat yuritishini ta'minlay oladigan yosh va iste'dodli mutaxassislarni jalb etish.

    Jamiyatning faoliyat maqsadi daromad olish hisoblanadi. Jamiyat shuningdek, o'z faoliyatini quyidagi maqsadlarda amalga oshiradi:

    • Kon va metallurgiya ishlab chiqarishi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;

    • Eksportga mahsulotlar sotish va etkazib berish bozorlarini kengaytirish, buyurtmalar portfelining shakllantirishini va mahsulotning kafolatlangan sotilishini ta'minlash;

    • Investisiyalarni keng joriy qilish, ilg'or chet el firmalari va kompaniyalari bilan birga zamonaviy texnologiyalar negizida va yangi raqobatli afzalliklarni ta'minlaydigan qo'shma ishlab chiqarishlar va korxonalar tashkil qilish;

    • Jamiyat tarkibiga kiradigan barcha tarkibiy bo'linmalarning umumiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

    • Ilmiy-texnika siyosati ishlab chiqish va amalga oshirish, texnika va texnologiyalarning yangi progressiv turlarini joriy qilish;

    • Ishlab chiqarishni diversifikasiyalash, yanada yuqori darajada qayta ishlanadigan va qo'shimcha qiymatli mahsulotlarni o'zlashtirish;

    • Tarmoq va tarmoqlararo kooperasiyani kengaytirish asosida olib kelinayotgan import mahsulotlarining nomenklaturasini qisqartirish;

    • Asosiy ishlab chiqarishni lokalizasiyalashni chuqurlashtirish va mahsulot ishlab chiqarishdagi import qismlarni kamaytirish;

    • Jamiyatning asosiy faoliyati rangli, qimmatbaho, noyob va boshqa metall rudalarini qazib chiqarish va boyitish bo'yicha ishlab - chiqarishni tashkil qilish, tozalangan mis, rux metali, qimmatbaho va noyob metallar va ularning qotishmalarini, oltingugurt kislotasi, boshqa turdosh oraliq mahsulotlarni ishlab chiqarish hisoblanadi.

    • Jamiyat faoliyatining sohasiga yana quyidagilar kiradi:

    • Tarkibida rangli va qimmatbaho metallar mavjud bo'lgan ikkilamchi resurslar va chiqindilarni yig'ish va qayta ishlash;

    • O'zbekiston Respublikasi korxonalaridan kelib tushayotgan, shuningdek, xorijdan import bo'yicha kelib tushayotgan xom-ashyoni qayta ishlash;

    • Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik, loyiha-izlanish, geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirish;

    • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini, qo'riqlash - yong'indan avtomatik tarzda xabar berish va telekuzatuv tizimlarini, ma'lumotlar berish tarmoqlarini loyihalash, montaj qilish, sozlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish;

    • Kislorod, azot, argon, karbonat kislota va propan ballonlarini ta'mirlash va texnik ko'rikdan o'tkazish;

    • Yuk va yo'lovchilarni avtotransportda va temir yo'lda tashish;

    • Portlovchi moddalar va portlaydigan vositalarni ishlab chiqish, ishlab-chiqarish, etkazib berish;

    • Portlatish ishlarini olib borish;

    • Qurilish materiallari, konstruktsiyalari va mahsulotlari, jumladan qurilish va oq (Portland) sement ishlab chiqarish;

    • Turli diametrdagi mis quvurlari ishlab chiqarishni tashkil etish va sotish;

    • Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarga mo'ljallangan materiallar, tovarlar va mahsulotlarni saqlash, omborxonalarga joylash sohasidagi xizmatlarni ko'rsatish;

    • Umumiy ovqatlanish shahobchalarini tashkil qilish;

    • Yordamchi qishloq xo'jaliklarini, shirkatlarni rivojlantirish, jamoaviy bog'dorchilik, polizchilik, o'rtoqchiliklarni rivojlantirishga ko'maklashish;

    • Aloqa, telefonlashtirish, televidenie, shuningdek, lokal kompyuter tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish va ulardan foydalanish;

    • Ta'mirlash-qurilish, qurilish, qurilish-montaj, avariyaga oid ishlarini, yong'in va radiasiya xavfsizligini ta'minlash ishlarini olib borish, jumladan, radioizotop jihozlarni montaj qilish, ishga tushirish va ularga texnik xizmat ko'rsatish;

    • Tog'-kon va metallurgiya tarmoqlarida maxsus texnologik liniyalar va asbob-uskunalarni, metall konstruktsiyalar, nazorat-o'lchov asboblari va avtomatlarini montaj qilish va sozlash ishga tushirish, sanitariya-texnik, elektromontaj, izolyasiya va kimyoviy himoya ishlarini bajarish, ishlab chiqarish ob'ektlari, transport va muhandislik infratuzilmalarini qurish;

    • Tog'-kon va metallurgiya tarmoqlarida tasdiqlangan dasturlar, shuningdek, hududiy rivojlanish dasturlari doirasida "to'liq tugatib topshirish" usulida qurilish, montaj va maxsus ishlarning barcha majmuini amalga oshirish;

    • Xalq iste'moli mahsulotlari, shuningdek, tikuv mahsulotlari va shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqarish;

    • Ishlab chiqarish-texnik maksadlarga mo'ljallangan turli xildagi mahsulotlarni, jumladan, quymalardan nostandart asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish;

    • Keng assortimentli tovarlarning ulgurji va chakana savdosini amalga oshirish, o'zining ulgurji, tijorat, oziq-ovqat, universal do'konlari va supermarketlari tizimini tashkil qilish;

    • Aholiga barcha turdagi maishiy xizmatlarni ko'rsatish;

    • Reklama faoliyati, mijozlar buyurtmasiga asosan reklama mahsulotlarini ishlab chiqarish;

    • Lizing va ijara;

    • Issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish va sotish;

    • Kon-kapital ishlarni amalga oshirish;

    • Uy-joy kommunal va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatish;

    • Qishloq xo'jalik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotish;

    • Ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarni, shuningdek, xalq iste'moli mollari, oziq-ovqat mahsulotlarini qonunchilikda o'rnatilgan tartibda ishlab chiqarish va sotish;

    • Televidenie va bosma nashrlar orqali aholini korxona, shahar, viloyat, respublikaning ko'proq ahamiyatga ega bo'lgan voqealari haqida xabardor etish;

    • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;

    • Dam olish uylari va maskanlari, davolash-sog'lomlashtirish muassasalari, maktabgacha ta'lim, bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari, madaniy va dam olish bog'lari, attraksionlar va aholiga ijtimoiy va madaniy xizmat ko'rsatadigan boshqa muassasalar ishini tashkil etish;

    • Texnika, texnologiya va boshqa sohalardagi "nou-xau"larni mamlakat ichkarisida va chet ellarda sotish va sotib olish;

    • Respublika hududida va chet ellarda ko'rgazma, kim oshdi savdolari va boshqa shunga o'xshash tadbirlarni tashkil etish va ularda qatnashish;

    • Qimmatli qog'ozlar bozorida investisiya faoliyati;

    • Korxona mablag'lari hisobidan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan shartnoma asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish;

    • Nodir va noyob metallarni ishlab chiqarish va qayta ishlash soxasida amaliy tadqiqotlar va yangi ishlanmalarni olib borish, Nodir va noyob metallardan, yarim mahsulotlardan, qotishmalardan va boshqa yuqori texnologik mahsulotlardan foydalanish bo'yicha zamonaviy ilg'or texnologiyalarni faol o'rganish va tadbiq etish.

    • Berilgan kimyoviy va fazaviy tarkibli sof metallar, qotishmalar va kompozision kukunlar olish orqali Nodir va noyob metallarni qayta ishlash bo'yicha zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarish va sanoat asosida o'zlashtirish.

    • Volfram, molibden ishlab chiqarish, Nodir va noyob metallarga chuqur qayta ishlov berish va ulardan ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo'lgan buyumlar, qattiq qotishmali asboblar, kimyoviy katalizatorlar, kompozit materiallar va yuqori qo'shilgan qiymatli boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish.

    • Tashqi bozorlarda talab yuqori bo'lgan sanoat yarim mahsulotlarni va buyumlarini ishlab chiqargan holda, Nodir va noyob metallarni chuqur qayta ishlashni, shuningdek respublikaning boshqa korxonalaridan olinadigan Nodir va noyob metallar yarim mahsulotlarini qayta ishlashni ta'minlash.

    • Ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo'lgan, qishloq xo'jaligida er unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladigan fosforit mineral o'g'itlarini ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo bo'lgan yuvib kuydirilgan fosforit kontsentrati va fosforit uni mahsulotlarini ishlab chiqarish.

    • O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan ta'qiqlanmagan va ushbu Ustavda nazarda tutilgan asosiy yo'nalishlari, vazifalari va maqsadlariga mos keladigan boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish.

    1.3.“AGMK” AJ korxonasida inson kapitalini boshqarish tizimi va kadrlar tarkibining tahlili







    Download 0,76 Mb.
    1   2   3




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BO’LIM. “AGMK” AKSIYADORLIK JAMIYATINI MILLIY IQTISODIYOTIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI

    Download 0,76 Mb.