• Botirov Zuxriddin Bobonazar о‘g‘lining Kimyoviy texnologiyaning jarayon va qurilmalari
  • Qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmasini hisoblansin va loyihasini ishlab chiqilsin. (G=8 kg/soat) Reja: Kirish 1. Umumiy tushunchalar
  • 5. Asosiy qurilmani tanlash 6. Qurilmaning texnologik hisobi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati Kirish
  • «Muhandislik TexnologiyasI» fakulteti




    Download 1.28 Mb.
    bet1/9
    Sana09.04.2024
    Hajmi1.28 Mb.
    #192690
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    ma\'lumotnoma 2022 Шарибов Имомжон, Қайтиш 080618, 3, ТЕСТ

    QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI


    «Muhandislik TexnologiyasI» fakulteti
    5311000 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish KAFEDRASI
    TJA142-18 guruh 3-kurs talabasi


    Botirov Zuxriddin Bobonazar о‘g‘lining

    Kimyoviy texnologiyaning jarayon va qurilmalari
    fanidan


    KURS LOYIHASI

    Mavzu: Qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmasini hisoblansin va loyihasini ishlab chiqilsin. (G=8 kg/soat)


    Bajardi: Z.B.Botirov
    Qabul qildi: B. I. Farmanov

    Qarshi - 2020


    Qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmasini hisoblansin va loyihasini ishlab chiqilsin. (G=8 kg/soat)

    Reja:
    Kirish
    1. Umumiy tushunchalar
    2. Asosiy va unga o'xshash qurilmalarning tavsifi va texnologik sxemalari
    3. Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari.
    4. Qurilma uchun konstruksion material tanlash
    5. Asosiy qurilmani tanlash
    6. Qurilmaning texnologik hisobi
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati


    Kirish
    Mamlakatimizda yoqilgʻi-energetika sohalarini uygʻun rivojlantirish va energiya manbalarini diversifikatsiya qilish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu iqtisodiyot tarmoqlari va aholining energiya resurslariga ortib borayotgan ehtiyojini qondirishda muhim omil boʻlmoqda.
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 21-fevral kuni neft-gaz va kimyo sanoatida olib borilayotgan islohotlar natijadorligini tahlil qilish, ushbu tarmoqlarni tizimli rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
    Joriy yilgi Investitsiya dasturiga mazkur soha boʻyicha umumiy qiymati 27,8 milliard dollarlik 26 ta loyiha kiritilgan. Prezidentimiz ushbu loyihalar bilan har kuni shugʻullanish, ularning oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash zarurligini taʼkidladi.
    Yigʻilishda neft-gaz sohasi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan kimyo tarmogʻidagi ishlar ham tahlil qilindi.
    Kimyo sanoatini rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish maqsadida umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 33 ta loyiha belgilangan boʻlib, joriy yilda 4 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
    Davlatimiz o‘z fuqarolarining ozod, erkin, baxtiyor, farovon yashashini ta’minlashni, ularning moddiy va ma’naviy hayot darajasini oshirishni o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan. Bu maqsadni amalga oshirish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ilm-fan va texnika taraqqiyotiga suyangan holda yo'lga qo‘yishni va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni talab etadi.
    Sanoatda metall mahsulotlar va konstruksion materiallarning tejamkor turlari, shu jumladan, kompozitsion materiallar keng miqyosda ishlatilishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu materiallarning mustahkamlik va korroziyaga qarshi ko‘rsatkichlari yaxshilanishi lozim. Korroziyaga chidamliligi nihoyatda yuqori bo'lgan qurilmalar ishlatilishini talab qiluvchi toza va o‘ta toza reaktivlar ishlab chiqarish va ularning assortimentini kengaytirish alohida ahamiyatga ega. Texnologiya va ishlatiladigan qurilmalar o‘zaro uzviy bog‘langan bo'lib, har bir jarayonga mashina va qurilmalarning ma'lum aniq turlari termasi mos keladi. Ishonchli va tejamkor ishlab chiqarish jarayonini yaratish mutaxassisdan ushbu ishlab chiqarishda o'rnatilgan mashina, moslama va qurilmalar to‘g‘risida aniq bilimlarga ega bo'lishini talab qiladi. Undan mashina va qurilmalarning tuzilishi va ishlash tamoyillarini, ularning afzalliklari va kamchiliklarini, unumdorligini hisoblash usullarini, qurilmaning mexanik mustahkamligini taxminiy baholash mahoratiga ega bo'lish hamda ularni korroziyadan saqlashning asosiy usullarini va turli materiallarning o‘zini korroziyaga qarshi chidashini bilish talab etiladi. Yangi ishlab chiqarishni tashkil etish yoki amaldagisini qayta qurishda mutaxassis laboratoriya sharoitida va yarimsanoat sharoitidagi qurilmalarda olib borilgan tadqiqot natijalarini qo‘llay olish va qurilmalarni keng miqyosda joriy etishning tamoyillarini bilishi zarur. Buning uchun ko‘pgina fanlardan: kimyoviy texnologiyaning qurilmalari va jarayonlari, jarayonlarning fizik-kimyoviy asoslari, ishlab chiqarishning maxsus texnologiyasi, amaliy mexanika va kimyo sanoati iqtisodiyoti bo‘yicha olgan bilimlaridan foydalanadi.
    Respublikada sanoat ishlab chiqarish o‘sish sur’atlarini oshirish va mahsulotlarning dunyo standartiga mosligini ta’minlash uchun yangi korxonalarni qurish va eskilarini ta’mirlash zarur bo'ldi. Ijtimoiy mehnat unumdorligini o‘stirishga sanoatni tez sur’atlar bilan rivojlantirish uchun sarflanadigan mablag'ni ko‘paytirish bilan emas, balki texnika bilan qurollanish darajasini oshirish, loyihalanuvchi korxonalarni oqilona joylashtirish bilan erishiladi.


    Download 1.28 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1.28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Muhandislik TexnologiyasI» fakulteti

    Download 1.28 Mb.