|
Muhofazalanganligi orqali esa xavfsizlik ma’lum miqdorda ta’minlanadiBog'liq axborotni-muhofaza-qilish-tushunchasi-uning-ko-rinishlari-va-belgilariOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
216
w
www.oriens.uz
February
2022
tizimli va kompleks ravsihda amalga oshirilmasa o‘zining samarasini bemasligi
mumkin.
Ushbu muammoni hal etishda avvalo huquqiy-ma’muriy, protsessual va dasturiy
chora-tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirish orqaligina ko‘zlangan
maqsadlarga erishish mumkin. “Ta’kidlash joizki, ayrim ish faoliyat sohalarida
bevosita axborotning muhofaza qilinishi o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga
misol qilib, bank va moliya sektorlari, bevosita axborot bilan ishlovchi soha vakillari,
davlat boshqaruvi tuzilmalari, mudofa va xavfsizlik ishlari bilan shug‘ullanuvchi
maxsus xizmat tashkilot va organlarini aytishimiz mumkin”
14
. Shu jihatlarni e’tiborga
oladigan bo‘lsak, axborotning muhofaza qilinishi ham turlicha ko‘rinishlarda amalga
oshiriladi. Bugungi kunda axborot bilan bog‘liq munosabatlarning muhofazasini
mutaxassislar uchga bo‘lib taxlil qiladilar:
a)
Huquqiy himoya choralari: bunday muhofaza shaklida, tegishli mamlakatda
axborotning muhofazasi, avvalambor, huquqiy jihatdan tartibga solinadi va tegishli
normativ huquqiy baza yaratiladi. Bunday huquqiy asoslar yaratilayotganda ,avvalo,
har bir davlat xalqaro huquq normalari ustunligi prinsipiga qat’iy amal qilgan holda
milliy huquqiy asoslarini yaratadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida quyidagi
qonun va qonun osti hujjatlari axborot va uning muhofazasi bilan bog‘liq
munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soladi;
“Ommaviy axborot vositalari
to‘g‘risida”gi qonun, “Axborotlashtirish to‘g‘risda” qonun, “Axborot-kutubxona
faoliyati to‘g‘risida”gi qonun, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari
to‘g‘risida”gi qonun, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonun,
“Davlat xokimyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risda”gi
qonun, “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni, “Matbuot va
axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident
farmoni, “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat
organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori, “Noshirlik faoliyati
to‘g‘risida”gi qonun va qonun osti hujjatlari.
|
| |