Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
214
w
www.oriens.uz
February
2022
o‘zgartirish, va muayyan maqsadlar uchun foydalanish obyekti bo‘lgan har qanday
axborotga aytiladi. Bu tushuncha shuni anglatadiki,
inson hamisha axborot
makonining ta’sirida bo‘ladi. “Axborot muhofazasini buzish orqali bugungi kunda
insonlarga asosan mulkiy va ma’naviy zarar yetkazilmoqda”
8
. Bu shuni anglatadiki,
har qanday davrda ham axborot va uning muhofaza qilinishi bilan bo‘g‘iq
munosabatlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib kelingan. Axborotni muhofaza
qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
•
tizimli tahlil qilish orqali informatsion taxdidlarni aniqlash va oldini olish;
•
jinoiy harakatlarga qarshi kurashish va oldini olish;
•
maxfiy va shaxsiy axborotlarning tarqalib ketishini oldini olish;
•
axborot resurslariga noqonuniy kirishning oldini olish;
•
axborotlarning ishonchliligi va to‘liqliligini ta’minlash;
•
mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish;
•
kiberxujumdan insonlarning mulkiy manfatlarini himoya qilish;
•
davlat va jamiyatga real va extimoliy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan va
bo‘layotgan taxdidlardan ishonchli himoya qilish;
•
shaxga doir ma’lumotlar muhofazasini amaliy
va tashkiliy jihatdan
ta’minlash;
•
“yuridik va jismoniy shaxslarning mulk bilan bog‘liq fuqarolik huquqiy
munosabatlarida mulkiy va nomulkiy huquq va manfatlarini amalga oshirish”
9
;
•
“xalqaro maydonda davlatlar va tashkilotlar o‘rtasidagi savdo va tijorat
munosabatlarida ishonchli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish”
10
qilish va boshqalar.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, axborotni muhofaza qilish deganda jamiyat,
shaxs va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan
barcha usul,
uslub, chora va vositalar majmuini tushunishimiz mumkin. Shu nuqtayi nazardan
kelib chiqsak, axborot bazalariga qonuniy kirish huquqiga faqatgina axborot egasi
yoki foydalanuvchisi unga o‘zgartirish kiritish, ma’lumotlarni o‘chirish yoki
to‘ldirish va qayta ishlash huquqiga ega hisoblanadi. “Axborotning muhofaza
8
Asadov, S. F. O. G. L. (2021). FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA
DAVLAT ISHTIROKI
(DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, 1(11), 789-799.
9
Koryogdiyev, B. U. O. (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH
FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA.
Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
,
1
(11), 211-225.
10
Ibrohimov, A. A. O., Koryogdiyev, B. U. O., & Tojiboyev, S. Z. (2022). KORPORATIV NIQOBLARNI OLIB
TASHLASH KONSEPSIYASI VA UNI O’ZBEKISTON KORPORATIV HUQUQIDA TAKOMILLASHTIRISH
MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 1068-1082.