Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
217
w
www.oriens.uz
February
2022
dvlat siri hisoblangan axborotlar uchun dasturiy ta’minot va boshqa vositalardan
foydalangan holda muhofaza choralarini amalga oshiradi. Bunga misol qilib bugungi
kunda keng foydalaniladigan quyidagi ximoyaviy tashkiliy-choralarni sanab
o‘tishimiz mumkin:
elektron va texnikaviy qulf (parol), face control, ID control,
finger scanner,sound finder va boshqalar.
c)
Ma’muriy ta’sir choralari: bunday muhofaza shaklida axborot egasining
huquq va manfatlarini himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar
amalga oshiriladi. Bunday chora-tadbirlarga axborot va uning himoyasi bilan
shug‘ullanuvchi maxsus xizmat va tashkilotlar, davlat
organlari va muassasalarni
tashkil etish va shu orqali axborot muhofazasini ma’muriy jihatdan tartibga solish,
amlaga oshirish misol bo‘la oladi. Bundan tashqari, axborotni muhofaza qilishning
ma’muriy ta’sir choralariga axborot muhofazasini
buzgan huquqbuzarlar uchun
tegishli tartibda javobgarlik masalalarini belgilash va javobgarlikning muqararrligi
prinsipini taminlash ham kiradi. Aynan shu ximoya ta’sir choralari orqali axborot
muhofazasi buzilganda, shaxsning va davlatning huquq va manfatlari yuridik jihatdan
himoya qilinadi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, zamon taraqqiy etib borar ekan,
har bir shaxs, jamiyat va davlat bugungi axborot makonining tez suratlarda rivojlanib
borayotganligini
hisobga olib, axborot muhofazasini har taraflama takomillashtirib
borishi darkor. Kiberjinoyatchilik, axborot hurujlari, dezinformatsiya,
sohta axborot
tarqatish, qalbakilashtirish, informatsion taxdid va bosim o‘tkazish kabi yangidan
yangi huquqbuzarliklarning oldini olish uchun har bir shaxs, avvalo,
dastlabki
himoya mexanizmini shakllantirishi va joriy qilishi, davlatlar esa o‘z yurisdiksiyasi
doirasida xalqaro huquq normalariga muvofiq tarzda yuridik mexanizmni ishlab
chiqishlari, mavjud yuridik mexanizmlarni esa
takomillashtirib borishlari, axborot
makonida sodir etilayotgan turli huquqbuzarliklar uchun qat’iy kurashishi, jazo
choralarini esa axborotning hususiyatlaridan va ijtimoiy axamiyatidan kelib chiqqan
holda kuchaytirishi darkor. Axborot muhofazsini ta’minlashda ilg‘or horij tajribasini
o‘rganish, kuchli himoya-dasturiy ta’minotlarini
yaratish va mavjudlarini
takomillashtirish, bu sohada rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlik qilish
axborot muhofazsida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.