Multimedia (multi ko’p, media muhit) bu kompyuter texnologiyalarining soxasi bo’lib, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko’rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi




Download 18.64 Kb.
bet1/5
Sana28.07.2023
Hajmi18.64 Kb.
#77497
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Multimedia (multi – ko’p, media – muhit) – bu kompyuter texnolog-fayllar.org
Шартнома 2023 лотин, MADANIY TADBIRLAR, Mustaqil ish mavzulari (5), Mustaqil ish, 1-topshiriq - Raximjonov N

Multimedia (multi – ko’p, media – muhit) – bu kompyuter texnologiyalarining soxasi bo’lib, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko’rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi. Multimedia

Multimedia (multi – ko’p, media – muhit) – bu kompyuter texnologiyalarining soxasi bo’lib, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko’rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi.
Multimedia – bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interfaol dasturiy ta’minot ostida boshqariladigan video va audio effektlarning o’zaro bog’liqligi bo’lib, matn, tovush, grafika, foto, videoni birlashtiradi. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud bo’lishi mumkin (magnit va optik disklar, audio va video tasmalar).
Multimedianing apparat – dasturiy vositalari foydalanuvchi o’z ish faoliyatida axborotning matn va grafik shakldan tashqari yana foydali audio va video fayllar shakllaridan foydalanish, hamda o’zlarining animatsiyali rolik va filmlarini yaratishlari mumkin.
Multimedia tushunchasi 1988 yilda Yangi texnologiyalarni amaliyotda tatbiq etish va ulardan foydalanish muammolari bilan shug’ullanadigan yirik Yevropa Komissiyasi tomonidan shakllantirilgan.
1945 yilda amerikalik olim Vanniver Bush «MEMEX» nomli xotirani tashkil kilish kontseptsiyasini taklif qilgan, bu esa multimedia texnologiyalarini rivojlanishining g’oyaviy sababi bo’ldi. Bu g’oyaga ko’ra, axborot qidirish jarayoni formal belgilar, ya’ni nomerlar, indekslar yoki alfavit tartibi bo’yicha emas, balki axborotning mazmuniga qarab amalga oshiriladi. Bu g’oyalar keyinchalik kompyuterda amalga oshirilganda gipermatn tizimlari, ya’ni matnli ma’lumotlar kombinatsiyalari bilan ishlash tizimini paydo bo’lishiga olib keldi. Keyinchalik esa gipermedia tizimlarining (grafika, tovush, video va animatsiya bilan birgalikda ishlash tizimlari) rivojlanishiga sababchi bo’ldi. Gipermatn va gipermedia tizimlarining birgalikdagi rivojlanishi multimedia yo’nalishining kelib chiqishiga olib keldi. SHunday qilib multimedia o’z ichiga gipermatn va gipermedia tizimlarini qamrab oladigan fan.
Ammo 80 – yillar oxirida multimedia texnologiyalariga qiziqish mashxur amerikalik kompyuter mutaxassisi biznesmen Bill Geytsning nomi bilan bog’liq. U («National Art Gallery. London») nomli dasturiy mahsulotni yaratgan. Bu multimedia dasturida muzeyning ma’lumot omborlaridan foydalanilgan. Bunda turli muhitlardan – tasvir, tovush, animatsiya, gipermatn tizimi namoyon qilingan.
Aynan mana shu multimedia dasturi o’z ichiga multimedianing uchta asosiy tamoyilini qamrab olgan.
1. Axborotni odam qabul qila oladigan bir nechta muhit yordamida tasvirlash. (multi –ko’p, va media — muhit);
2. Foydalanuvchi tomonidan “mustaqil qidiruv” asosida dastur chegaralaridan chiqib ketmagan holda, o’zining mustaqil usullarini qo’llash;
3. Navigatsiya vositalari va interfeys dizaynidan foydalanish.

Download 18.64 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 18.64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Multimedia (multi ko’p, media muhit) bu kompyuter texnologiyalarining soxasi bo’lib, turli axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko’rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi

Download 18.64 Kb.