• Abstract
  • Multimediali elektron darslikning sifati va asosiy




    Download 1,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana17.11.2023
    Hajmi1,22 Mb.
    #100354
      1   2   3   4
    Bog'liq
    multimediali-elektron-darslikning-sifati-va-asosiy-ko-rsatkichlari



    MULTIMEDIALI ELEKTRON DARSLIKNING SIFATI VA ASOSIY 
    KO‘RSATKICHLARI 
     
    Bunyodjon A’zamov 
    Alisher Kamolov 
    O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 
     
    Abstract: Ushbu maqolada multimediali elektron darslikning afzallik, sifat 
    darajasi, undan foydalanish jihatlari keltirilgan.
    Kalit so’zlar: Multimedia, elektron darslik, emotsiaonal xotira, interaktivlik. 
    QUALITY AND MAIN INDICATORS OF MULTIMEDIAL ELECTRONIC 
    TEXTBOOK 
    Bunyodjon Azamov 
    Alisher Kamolov 
    Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture 
    Abstract: This article presents the advantages, quality level, and aspects of using 
    a multimedia e-textbook. 
    Keywords: Multimedia, e-textbook, emotional memory, interactivity. 
    Multimediali elektron darslik mustaqil o‘rganish uchun zarur bo‘lgan barcha 
    ma’lumotlarni, shu bilan birga berilgan mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni nazorat 
    qilish uchun amaliy va test masalalarini o‘z ichiga olishi kerak. Bundan tashqari 
    multimediali elektron darslik oddiy dasrliklardan farqli ravishda shunday ishlab 
    chiqilishi kerakki, u quyidagilarni ta’minlasin: 
    − kurs mazmunini batafsilroq (to‘la) strukturalashtirish; 
    − interaktivlik – foydalanuvchining faoliyatiga bog’liq ravishda ma’lumotlarning 
    ko‘rsatilishini o‘zgartirish imkoniyati, shuningdek, o‘rganish yo‘nalishini o‘zgartirish 
    imkoniyati; 
    − kursning tushunchalarga oid qismida va nazariy ma’lumotlarning gipermatnli 
    strukturasi (ta’riflarga havolalar); 
    − kuchli ko‘rgazmali ma’lumotlardan foydalanish – turli xil rasmlar va tasvirlar, 
    animatsiyalar va boshqa multimedia vositalari; 
    − bilimlarni mustahkamlash, olingan bilimlarni nazorat qilish va baholash uchun 
    multimediali elektron darslikda o‘rnatilgan amaliy va nazorat vositalaridan 
    foydalanish; 
    "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 6 / 2021
    ISSN 2181-063X
    167
    http://oac.dsmi-qf.uz


    − turli xil elektron matnlar va grafik ta’lim materiallariga havolalar 
    (giperhavolalar) tizimining mavjudligi. 
    Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarni ta’minlash ushun multimediali elektron 
    darsliklarni yaratuvchilar multimediali elektron darsliklarga qo‘yiladigan talablardan 
    tashqari o‘zining kurslari uchun mundarijalarni loyihalash texnologiyasi bo‘yicha 
    bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. 
    Multimediali elektron darsliklarni ishlab chiqishdagi eng asosiy masala - bu 
    multimediali elektron darsliklarning sifati masalasidir. Sifatli ishlab chiqilgan 
    multimediali elektron darslik turli xil didaktik materiallar va ta’lim resurslarini o‘z 
    ichiga oladi. Bunday multimediali elektron darslik birinchi o‘rinda fanni mustaqil 
    o‘rganuvchi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi va ma’lumotlarni yetkazish 
    usullari bilab farq qilishi kerak. 
    Psixolog va uslubchilarning fikrlariga ko‘ra mustaqil o‘rganish uchun 
    mo‘ljallangan multimediali elektron darslikda sifatli tayyorlangan didaktik material 
    o‘rganuvchilarda mustaqil o‘rganish uchun qiziqish, motivatsiya uyg’otishiga sabab 
    axborotlarning kompyuter grafikasi va multimedia elementlari bilan elektron shaklda 
    berilishi bilan birga bunday multimediali elektron darslik bilan ishlaganda 
    o‘rganuvchining psixik faoliyati faollashadi.
    Multimediali elektron darslik ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlashlari uchun 
    zarur bo‘lib u quyidagilarni ta’minlaydi: 
    O‘rganilayotgan materialni tushunishni yengillashtiradi. Chunki multimediali 
    elektron darsliklar ma’lumotlarni yetkazib berishning turli shakllari: induktiv 
    yondashuv, ovozli va emotsiaonal xotira va h.k. larga asoslangan. 
    Ta’lim oluvchining ehtiyojlariga, tayyorgarlik darajasiga, intellektual 
    imkoniyatlariga moslashish imkoniga ega. 
    Murakkab hisoblashlar va shakl almashtirishlardan ozod etib fanning mazmuniga 
    e’tibor qaratishga, ko‘p miqdordagi misollarni qarashga va yechishga imkon beradi. 
    Ta’lim olishning barcha bosqichlarida o‘z-o‘zini tekshirishning keng 
    imkoniyatlarini ta’minlaydi. 
    Ishni tartibli va chiroyli tarzda bezab o‘qituvchiga fayl yoki chop etilgan holda 
    taqdim etish imkonini beradi. 
    Chegaralanmagan miqdorda tushuntirishlar, takrorlashlar va h.k. larni beradigan 
    cheksiz sabr-toqatli ustoz vazifasini bajaradi. 
    Multimediali elektron darslik amaliy mashg’ulotlarda foydali hisoblanadi chunki 
    u: 
    Ko‘p miqdordagi masalalarni yechishda kompyuterdan foydalanish imkonini 
    beradi, olingan natijalarni tahlil qilish va ularning grafik interpretasiyasi uchun 
    ketadigan vaqtdan ozod etadi. 
    "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 6 / 2021
    ISSN 2181-063X
    168
    http://oac.dsmi-qf.uz


    O‘qituvchiga mashg’ulotni kompyuterda mustaqil ish shaklida olib borish 
    imkonini beradi va o‘qituvchining faqat rahbar va konsultant vazifasida bo‘lishini 
    ta’minlaydi. 
    O‘qituvchiga kompyuter yordamida ta’lim oluvchilarning bilimlarini tez va 
    samarali nazorat qilish, nazorat materiallarinining mazmuni va murakkablik darajasini 
    berish imkonini beradi. 
    Multimediali elektron darslik o‘qituvchi uchun qulay chunki u: 
    Ma’ruza va amaliyot darslariga o‘zi xoxlagan materiallarni kiritish, auditoriya 
    mashg’lulotlaridan tashqari talabalarning multimediali elektron darslik bilan mustaqil 
    ishlashlarini ta’minlash imkonini beradi. 
    Uy vazifalari, topshiriqlar va nazoratlarni tekshirish bilan bog’liq ishlardan ozod 
    etadi. 
    Auditoriyada ko‘riladigan va uyga berladigan misol va masalalarning mazmuni 
    va miqdori munosabatlarini optimallashtirish imkonini beradi. 
    Uy vazifalari va nazoratlarda talabalar bilan individual ishlashga imkon beradi. 

    Download 1,22 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Multimediali elektron darslikning sifati va asosiy

    Download 1,22 Mb.
    Pdf ko'rish