Multimedianing apparat va dasturiy ta’minotiga talablar. Multimedia




Download 0,58 Mb.
bet2/4
Sana07.01.2024
Hajmi0,58 Mb.
#131763
1   2   3   4
Bog'liq
MULTIMEDIANING TEXNIK TA’MINOTI, MULTIMEDIALI

Multimedianing apparat va dasturiy ta’minotiga talablar. Multimedia tizimlaridan foydalanishda va ularni loyihalashtirish jarayonida dasturiy va apparat
ta’minotlarga aniq talablar qo‘yiladi.
Kompyuterning apparat qismiga talablar:
 1 Gb dan kam bo‘lmagan operativ xotira (RAM);
 120 Gb dan yuqori hajmga ega bo‘lgan qattiq disk;
 ma’lumotni yozish va o‘qish tezligi katta bo‘lgan DVD -RW kompakt -
disklariga mo‘ljallangan diskovod;
 3D grafikani ta’minlaydigan videoadapter;
 rangli oqimli printer, fotobosmaga ega bo‘lishi shart;
 yuqori sifatli audioadapter va yuqori quvvatli akustik tizim (+mikrofon);
 USB port;
 simsiz qurilmalarni ulash uchun infraqizil port.
Illyustratsiya, jadval va chizmalar mavjud bo‘lgan animatsiya elementlari va ovoz jo‘rligida taqdim etilayotgan chiroyli bezalgan multimediali ilova o‘rganilayotgan materialni qabul qilishni osonlashtiradi, tushunish va esla qolishga yordam beradi, ta'lim oluvchining bilim olishga bo‘lgan faolligini oshirib, predmetlar haqida aniqroq va to‘laroq tushunchaga ega bo‘lishini ta'minlaydi. Sifatli multimedia ilovalari ishlab chiqishga yo‘naltirilgan turli tuman, bir-biridan farqli texnologik usullar mavjud. Ushbu ilovalarni yaratish va ulardan foydalanishda bir qator asosiy texnologik tavsiyalarga amal qilish kerak.
Multimedia ilovalarini yaratish uchun asos sifatida materialni elementlarga bo‘lish va iyerarxiya tarzida ko‘rgazmali ravishda taqdim etishga asoslangan holda tizimlashtirish usulini o‘zida mujassam etgan materialni qamrab olish modelini olish mumkin.
• Multimedia ilovasini loyihalashning boshlang‘ich bosqichida materialni qamrab olish modeli quyidagilarga imkon beradi:
• material mazmunini aniq belgilash;
• mazmunni ko‘rgazmali, aniq va ochiq tarzda taqdim etish;
• multimedia ilova komponentlari tarkibini aniqlash.
Kompyuter ekranidagi ma'lumotni vizuallashtirish usullarini ishlab chiqishda psixologiya yutuqlarini hisobga olish kerakligi bir qator umumiy tavsiyalarni shakllantirishga yordam beradi:
• ekrandagi ma'lumot tizimga keltirilgan bo‘lishi kerak;
• vizual ma'lumot davriy ravishda tovushli ma'lumotga almashib turishi kerak;
• rang yorqinligi va/yoki tovush balandligi davriy ravishda o‘zgarib turishi kerak;
• vizuallashtirilayotgan material mazmuni juda ham sodda yoki juda ham murakkab bo‘lmasligi kerak.

Download 0,58 Mb.
1   2   3   4




Download 0,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Multimedianing apparat va dasturiy ta’minotiga talablar. Multimedia

Download 0,58 Mb.