|
Multimedia ilovalari quyidagilarga bo‘linadi
|
bet | 3/4 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #131763 |
Bog'liq MULTIMEDIANING TEXNIK TA’MINOTI, MULTIMEDIALIMultimedia ilovalari quyidagilarga bo‘linadi: Multimedia ilovalari quyidagilarga bo‘linadi: - prezentatsiyalar;
- animatsion roliklar;
- o‘yinlar;
- videoilovalar;
- multimediali galereyalar;
- audioilovalar;
- web uchun ilovalar.
Taqdimot/prezentatsiyalar
Taqdimot (ing. presentation) – audiovisual vositalardan foydalanib ko‘rgazmali shaklda ma'lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o‘zida mujassam etadi. Odatda taqdimot ma'lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy va strukturaga ega bo‘ladi.
Animatsion roliklar
Animatsiya – multimediali texnologiya; tasvirning harakatlanayotganligini ifodalash uchun tasvirlarning ketma-ket namoyishi. Tasvir harakatini tasvirlash effekti sekundiga 16 ta kadrdan ortiq videokadrlar- ning almashinishida hosil bo‘ladi.
O‘yinlar
O‘yin dam olish, ko‘ngil ochish ehtiyojlarini qondirish, organizmdagi zo‘riqishni yo‘qotish hamda ma'lum malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan multimedia ilovalaridandir.
Videoilovalar
Videoilovalar – harakatlanuvchi tasvirlar ishlab chiqish texnologiyasi va namoyishi. Video tasvirlarni o‘qish qurilmalari – videofilmlarni boshqaruvchi dasturlar.
Multimedia-glareyalar
Galereyalar – ovoz jo‘rligidagi harakatlanuvchi suratlar to‘plami.
Audioilovalar
Ovozli fayllarni o‘quvchi qurilmalar – raqamli tovushlar bilan ishlovchi dasturlar. Raqamli tovush– bu elektrik signal amplitudasining diskret sonlar bilan ifodalanishi.
Web uchun ilovalar
web uchun ilovalar – bu alohida veb-sahifalar, uning tarkibiy qismlari (menyu, navigatsiya v.b.), ma'lumot uzatish uchun ilovalar, ko‘p kanalli ilovalar, chatlar va boshqalar.
Multimedia ilovalar turosti turlarining asosiy tushunchalari
Taqdimot:
• Chiziqli taqdimot – murakkab grafika, video, ovoz jo‘rligidagi va navigatsiya tizimiga ega bo‘lmagan dinamik rolik.
• Interfaol taqdimot – iyerarxik tamoyillar bo‘yicha to’zilmaga keltirilgan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlar to‘plami.
Animatsiya:
• Kadrlar animatsiyasi – tasvirlar harakati taassurotini beradigan suratlarning kadrlar bo‘yicha almashishi.
• Dasturiy animatsiya – dasturlangan amallar ketma-ketligi yordamida tasvirlar almashadigan animatsiya (ya'ni algoritm va o‘zgaruvchilar yordamida). Asosiy ob'yektlarni chizish qo‘lda amalga oshiriladi yoki biror bir kolleksiya yohud galereyadan import qilib olinadi, shundan keyingina unda qaysidir dasturlash tili imkoniyatlari ishga solinadi.
O‘yinlar:
• Ko‘ngil ochuvchi o‘yinlar – foydalanuvchiga bo‘sh vaqtini o‘tkazishga imkon beradigan dasturlar.
• O‘rgatuvchi o‘yinlar – taqdim etilgan yengil o‘yin shaklida foydalanuvchiga
u yoki bu soha bo‘yicha o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirishga yordam
beradigan dasturlar.
|
| |