|
Multimedianing texnik ta’minoti, multimediali axborotlarni almashishni tashkil etish
|
bet | 4/4 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #131763 |
Bog'liq MULTIMEDIANING TEXNIK TA’MINOTI, MULTIMEDIALIVideo o‘qish qurilmalari:
• Film kadrlari harakatini shakllantirish – harakat taassurotini uyg‘otuvchi rasmlar, kadrlar ketma-ketligini, tasvirlarni tayyorlash va joylashtirish.
• Videotasvirlar oqimini o‘qish qurilmasi – videooqim formatlari avi, mpeg v.b.ni o‘z ichiga olgan o‘qish qurilmasini shakllantirish, shundan keyingina ushbu oqimni boshqarish imkoniyati tug‘iladi (masalan, videofaylni ishga tushirish, pao’za, video boshiga tez o‘tish kabi buyruqlarni ishlatish).
Multimedia-galereyalar:
• Tasvirlarning kadrlarda almashishi – tasvirlarning belgilangan vaqt oralig‘ida almashish tartibi.
• Panorama – katta ochiq maydonni erkin tomosha qilishga imkon beruvchi keng va katta plandagi manzara.
• Interfaol galereya – foydalanuvchiga boshqarish imkonini beradigan galereya (tasvirlar bo‘yicha harakat).
Tovush o‘qish qurilmalari:
• Bitta ovozli fayl o‘qish qurilmasi – wav, mp3 va boshqa formatdagi ovozli faylni multimedia ilovaga qo‘shish va uni qaytadan eshitish.
• Turli ovozli fayllarni o‘qish qurilmasi – bitta ovozli fayl o‘qish qurilmasiga o‘xshash, lekin bajarish ketma ketligini o‘zgartirish imkoniyati qo‘shilgan holda.
• Virtual musiqa instrumentlari – haqiqiy musiqa instrumentlari imitatsiyasi.
web uchun ilovalar:
• Bannerlar – internetdagi reklama xarakteridagi tasvir yoki matn bloki. U reklama beruvchining Veb-saytiga yoki mahsulot yoxud xizmat turi atroflicha bayon qilingan sahifalarga giper murojaatdan iborat. Bannerlar tashrifchilarni jalb etish uchun, imidjni shakllantirish yoki shu resursni siljitish uchun turli Internet resurslarda joylashtiriladi.
|
| |