D-trigger. Bu tipdagi triggerlarda faqat bitta axborot kirishi mavjud bo‘ladi. C kirishi boshqaruvchi va sinxronlashtiruvchi signalni uzatish uchun xizmat qiladi.
D-triggerning ishlashi 3.12a rasmda ko‘rsatilgan holatlar jadvali orqali aniqlanadi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, C=1 da trigger D kirishining aktiv darajasi orqali aniqlanadigan holatga o‘rnatiladi (C=0 da u oldin o‘rnatilgan holatni saqlaydi). Bunday ishlashi quyidagi mantiqiy ifoda orqali tavsiflanadi.
3.12c rasmda kirish qismlarida mantiqiy elementlari mavjud bo‘lgan asinxron RS – triggerdan tashkil topgan D-triggerning mantiqiy tuzilmalari keltirilgan. C=0 da VA (VA-YO‘Q) elementlarining chiqish qismida, asinxron RS – triggerlarining kirish qismi uchun passiv bo‘lgan darajalar hosil bo‘ladi. С = 1 da D axborot kirish qismiga uzatilgan daraja, yoki R (D=0 da) kirish qismida yoki asinxron RS – triggerining S (D=1da) kirish qismida aktiv darajani hosil qiladi va trigger D kirish qismining mantiqiy darajasiga mos keluvchi holatga o‘rnatiladi. Shunday qilib, D-trigger D-kirish qismidan C=1da axborotni qabul qiladi va C=0 bo‘lib turganda uni noma’lum vaqtga saqlab turishi mumkin. 3.12d rasmda D-triggerning shartli tasviri berilgan.
a) b)
c) d)
2.9-rasm
2.10-rasmda RTMli mantiqiy inkor elementining tuzilish sxemasi ko’rsatilgan.
2.10-rasm. RTMli mantiqiy inkor elementi sxemasi.
2.10-rasmdagi sxemada inkor elementi umumiy kollektorli kalit sxema bo’yicha ulangan. Bunda kirish “X”ga rost ifoda (5V) berilsa tranzistor VT1 ochiq holatda bo’ladi, bunda tranzistorninig kollektoridagi potensial tushuvi 0.6V ga teng b’ladi bu qiymatni qurilma “yolg’on” 0V deb qabul qiladi. Agar sxemaning kirishiga “yolg’on” 0V ifoda berilsa tranzistor yoqiq xolatda bo’ladi va tranzistorning kollektoridagi kuchlannish ga teng bo’ladi, chunki tranzistorning yopiq holatdagi qarshiligi kollektor zanjiriga ketma-ket ulangan RK bir necha yuz barobar katta bo’ladi. Shuning uchun ham manba kuchlanishining asosiy qismi kollektorga tushadi. Mantiqiy inkor elementi raqamli sxemalarda asosan invertor vazifasini bajaradi. Mantiqiy elementlar ishlab chiqarishda donalab ishlab chiqarilmaydi ya’ni guruxlab bir qancha mantiqiy elementlar bitta korpusda integral sxema ko’rinishida ishlab chiqariladi. 2.2-rasmda 7416 seriada ishlab chiqarilgan 6ta mantiqiy inkor elementli integral sxemani kok’rishimiz mumkin.
2.12-rasm. 7416 serida ishlab chiqarilgan TTM mantiqli mantiqiy inkor elementli integral sxema.
Hozirgi kunda barcha MS lar TTM mantiq texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi bunday sxemalarda ko’p emmiterli tranzistorlardan foydalaniladi.
|