• Multisim
  • ElectronicsWorkbench
  • Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi pspice




    Download 85,91 Kb.
    bet1/19
    Sana08.02.2024
    Hajmi85,91 Kb.
    #153174
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’-fayllar.org


    Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi pspice

    Kirish
    Respublikamizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, yoshlarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish, ilm-fanning innovasion infratuzilmasini shakllantirish, ta’lim tizimini yanada rivojlantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi [1-3]. O’qitishni zamonaviy axborot-kommunikasion texnologiyalaridan foydalangan holda samarali tashkil etish masalalari bugungi kunda bajarilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalardan biridir. Sifatli ta’lim berishni takomillashtirishda elektron hamda virtual ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanilmoqda [4].

    Elektrotexnika va elektronikani o’rganish jarayoni sxemalarni tahlil va tadqiq qilish bilan bog`liq. Ushbu jarayonni kompyuter maksimal darajada yengillashtirishi kerak. Virtual muhit kompyuterda elektr va elektron sxemalar ustida tajribalar o’tkazish uchun yetarli sharoitlar yaratilgan laboratoriyani amalga oshirishi va olinadigan natijalarning aniqligi real sharoitlarda olinadigan natijalar aniqligidan qolishmasligi kerak.


    Modellash real jarayonga maksimal darajadi yaqinlashtirilgan bo’lishi, ya`ni, sxemani tuzish, unga o’lchash asboblari va Otsillografni ulash, sxema elementlarining parametrlarini hamda ishlash rejimlarini o’rnatish va natijalarni olish jarayonlarini o’z ichiga olishi kerak. Foydalanuvchiga bunday imkoniyatlarni beruvchi dasturlardan biri Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi PSPICE olingan bo’lishiga qaramasdan Multisim dasturi maksimal darajada qulay interfeysga ega. Unda ampermetr, voltmetr, multimetr, generator va Otsillograf kabi tanish asboblarning mavjudligi tadqiqot jarayonining tabiy va tushunarli bo’lishini ta`minlaydi.
    Dasturning tarkibida zamonaviy asboblarning mavjudligi foydalanuvchiga oddiydan boshlab juda murakkab tajribalarni o’tkazish imkoniyatini beradi. Bunday vosita o’qitishda ideal bo’lib hisoblanadi, chunki elementlar va asboblar bo’yicha har qanday cheklashlarni olib tashlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari ElectronicsWorkbench dasturi real elektron va o’lchash asboblari hamda sxemalarni ishlash printsiplarini o’rganish uchun trenajyor vazifasini bajarishi mumkin.

    Download 85,91 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 85,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi pspice

    Download 85,91 Kb.