Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi pspice




Download 85,91 Kb.
bet6/19
Sana08.02.2024
Hajmi85,91 Kb.
#153174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’-fayllar.org

Jorj Bulning matematik mantiqi. Jorj Bul ijodi haqida so‘zlaganlarida, hisoblash texnikasi tarixchilari XIX asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan bu buyuk ingliz olimining mustaqil shug‘ullanganligini, albatta, ta’kidlab ko‘rsatadilar. Ehtimol, aynan "klassik" ta’lim (o‘sha davr tushunchasiga ko‘ra)ning yo‘qligi sharofati tufayli Jorj Bul mantiq faniga inqilobiy o‘zgarishlar kiritgandir.
Fikrlash qonunlarini tatbiq qilish bilan shug‘ullanar ekan, u mantiqqa matematik tizimga yaqin bo‘lgan formal belgilash va qoidalar tizimini qo‘lladi. Keyinchalik bu tizimni mantiqiy algebra yoki bul algebrasi deb atay boshladi. Bu tizim qoidalari turli xil ob’ektlar va ularning guruhlariga (muallifning terminalogiyasi bo‘yicha - ko‘pchilikga) qo‘llanilishi mumkin. J.Bulning fikriga ko‘ra, tizim asosan mantiqiy fikrlarni kodlashtirishi va mantiqiy xulosalar tuzilmalarini shakli bo‘yicha matematik formulalarga yaqin bo‘lgan oddiy ifodalarga keltirishga xizmat qilishi, mo‘ljallanishi kerak edi. Mantiqiy ifodaning formal hisob-kitobi natijasi ikki mantiqiy belgining: rost va yolg‘onning bittasi bo‘ladi.
Mantiqiy algebraning ahamiyati uzoq vaqt davomida inkor qilib kelinadi, chunki uning usul va uslublaridan o‘sha davrning fan va texnikasi uchun amaliy foyda yo‘q edi. Biroq elektron asosdagi (bazadagi) hisoblash texnikasi vositasini yaratish uchun prinsipial imkoniyat paydo bo‘lganida Bul tomonidan kiritilgan amallar katta foyda berdi. Ular avval boshdanoq faqat ikkita mohiyat: rost va yolg‘on bilan ishlashga mo‘ljallangan. Ular ikkilik kod bilan ishlash uchun qanchalik qo‘l kelganini tushunish qiyin emas. Bu kod zamonaviy kompyuterlarda ham faqat ikkita signal: nol va bir bilan taqdim etilgan.
Elektron hisoblash mashinalarini yaratishda Jorj Bul taklif qilgan mantiqiy amallarning hammasi emas, balki to‘rtta asosiy amali: VA (kesishma), YOKI (birlashtirish), EMAS (inkor) va YOKINI ISTESNO ETUVChI zamonaviy kompyuterlar protsessorlarining hamma turlarida qo‘llaniladi.
Mantiq sxemalar(MS) deb raqamli signallar ustida mantiqiy amallarni bajruvchi sxemalarga aytiladi. Mantiq sxemalari o’tgan asrning 60-70- yillaridan boshlab yartilib rivojlana boshladi. Mantiq sxemalarning rivojlanishi tranzistorlarning qilinishi bilan tez suratda rivojlana boshladi. Maniq sxemalari hisoblash texnikasining asosiy elementlari hisoblanadi. Mantiqiy sxemalar yordamida mantiqiy elementlar(ME) tuziladi. ME lar yordamida raqamli signallar ustida turli arifmetik va mantiqiy amallar bajariladi. Mantiqiy elementlar raqamli xisoblash texnikasining asosiy neiz elementlari hisoblanadi. Har qanday arifmetik mantiqiy qurilma(AMQ) vazifasiga qarab mantiqiy elementlarning turli kombinatsialaridan tashkil topgan bo’ladi. ME lar ishlab chiqarishda qo’llanish sharoitlariga qarab turli xil materialli korpuslarga o’rnatiladi. MSlarning asosiy elementi tranzistor hisoblanadi. Mantiqiy elementlar bipolyar tranzistorlardan(BT) ham maydonli tranzistorlardan ham (asosan MDY - metal dielektrik yarimo’tkazgichli maydonli tranzistorlar) ham tayorlanadi. Shina registrlari va teskor ishlashi talab qilinadigan turli integral sxemalarda BTlar asosida tayyorlanadi. BTlar asosida yig’ilgan mantiq sxemalarning afzaligi bu ularning tezkrligi hisoblanadi. BT lar asosida yig’ilgan mantiqiy sxemalarning asosiy kamchiligi bu ularning quvvat isrofi kattaligida. Xotira registrlari, AMQlar, protsessorlar, taezkor hotira registrlari MDY tranzistorli mantiq sxemalardan tayorlanadi. MDY tranzistorlarninig asosiy afzalliklari kam quvvatliligi va MDY tranzistorining o’zida axborot saqlay olish qobilyati hisoblanadi. Hozirda aksariyat MS lar MDY tranzistorlar asosida tayorlanadi va ishlab chiqariladi. MSlarga rivojlanish davri mobaynida turli yangi elementlar qo’shilib ularning ishalsh parametrlari yaxshilanib kelgan. MSlar tarkibiga kiruvchi elementlarning turiga qarab bir necha turga bo’linadi;
  1. RTM- resistor tranzistroli mantiq


  2. DTM- diod tranzistorli mantiq


  3. TTM- tranzistor tranzistorli mantiq


Keying bobda MSlarning va MElarning turlari va ularning elektron sxemalarini ko’rib chiqamiz.



Download 85,91 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 85,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi pspice

Download 85,91 Kb.