|
Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi pspice
|
bet | 9/19 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 85,91 Kb. | | #153174 |
Bog'liq Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’-fayllar.orgTriggerlarning vazifasi. Trigger bitta mantiqiy o‘zgaruvchining qiymatini saqlash uchun mo‘ljallangan (yoki bir razryadli ikkilik sonni; ko‘p razryadli ikkilik sonlarni saqlashda sonning har bir razryadini xotirada saqlash uchun alohida trigger foydalaniladi). Shunga asosan, trigger ikki holatda bo‘ladi: ulardan bittasi 0 holat deb, boshqasi 1 holat deb belgilanadi. Triggerlarning kirishiga ta’sir o‘tkazib, uni zarur holatga o‘tkaziladi.
Asosiy belgilashlar. Triggerning ikki chiqishi mavjud: to‘g‘ri Q и inversli Q.Triggerning holati bu chiqishlardagi quvvat darajasi bilan aniqlanadi: agar Q chiqishidagi quvvat man.0 (Q = 0) darajasiga mos keladigan bo‘lsa, trigger 0 holatda deb qabul qiladi; Q=1 da esa trigger 1 holatda deyiladi. Q inversli chiqishidagi mantiqiy daraja trigger holatining inversiyasini ifodalaydi (Q = 1 holatida va aksincha ).
Triggerlar turli kirish tiplariga ega. Ularning belgilanishlarini va vazifalarini keltiramiz:
R (ingliz. Reset) —0 holatiga alohida kirishni o‘rnatish;
S (ingliz.Set) —1 holatiga alohida kirishni o‘rnatish;
К— 0 holatiga universal trigger qurilmasiga kirishi;
J— 1 holatiga universal trigger qurilmasiga kirish;
Т— sanash uchun kirish ;
D (ingliz. Delay) — shu kirishdagi mantiqiy darajaga mos keluvchi; holatga o‘rnatilgan triggerning qurilmasiga axborot kirish yo‘li ;
С—boshqaruvchi kirish (sinxronlashtiruvchi);
Triggerning nomlanishi uning kirishlarining tiplari bilan aniqlanadi. Masalan, RS-trigger — R va S tipli kirishlari mavjud bo‘lgan trigger.
Triggerlar kirish signallariga javoban ta’sirlanishiga qarab ikki tipga bo‘linadi: asinxron va sinxron. Asinxron triggerda kirish signallari, triggerning holatiga ularning bevosita kirishlarga uzatilish momentidan boshlab, sinxron triggerlarda esa sinxronlashtiruvchi signalni C boshqaruv kirishiga uzatilgandan so‘nggina ta’sir etadi.
Triggerlarning tiplari.
Triggerlar asosiy tiplarining umumiy tavsiflarini ko‘rib chiqamiz (triggerning har bir tipi o‘tishlar jadvali orqali tavsiflanadi). 2-jadvalda keltirilgan o‘tishlar jadvali RS-triggerning ishiga mos keladi. Bu yerda, Qо — triggerning joriy holati (kirishga aktiv signalni uzatish vaqtigacha bo‘lgan holati). R va S kirishlarda aktiv daraja mavjud bo‘lmaganda trigger joriy holatini saqlaydi. R = 1 aktiv signali triggerni 0 holatga o‘rnatadi R = 1 signal esa 1 holatga o‘rnatadi. Jadvalda yulduzcha bilan kirish signallarining ma’n etilgan kombinatsiyasiga mos keluvchi holat belgilangan .
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Multisim dasturi – kompyuterda virtual elektron laboratoriya bo’lib hisoblanadi. Unga asos qilib professional modellash dasturi pspice
|