• 2. 4. Xususiyatlar inspektori.
  • Vaqt diagrammasini tashkil etish




    Download 359,28 Kb.
    bet8/10
    Sana13.06.2024
    Hajmi359,28 Kb.
    #263150
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    macromedia flash1

    Vaqt diagrammasini tashkil etish.
    Ish oblastini yuqori qismida vaqt diagrammasi paneli joylashgan. Ish stoli kabi kabi vaqt diagrammasi ham filmning aniq bir sahnasida tegishli bo‘ladi. Shu bilan birga stolni o‘zi ham ma’lum filmga tegishlidir. Siz biror bir filmni tahrirlash uchun ochsangiz yoki yangi fayl yaratayotgan bo‘lsangiz, Flash oynasida ish stoli va u bilan bog‘liq vaqt diagrammasi paydo bo‘ladi. Agar tahrirlanayotgan fayl bo‘lmasa stol ham ko‘rinmaydi. Shunday qilib umumiy holda vaqt diagrammasi panelida quyidagi elementlar namoyon bo‘lishi mumkin.
    -filmning ayni vaqtdagi sahnasining qavatlari ta’rifi bu ta’rif o‘ziga xos bir nechta ustunchalardan qavatlar nomi va ularni atributlari ko‘rsatiladi; vaqt diagrammasining bu qismi “Animatsiyalar yaratish” bo‘limida ko‘rib o‘tiladi.
    -kadrlar shkalasidan iborat vaqt diagrammasi “o‘qish kallagi” va sahnani har bir qavati uchun vaqt diagrammasi oynasini holat satri. Bu satrda, filmni bir nechta parametrlari to‘g‘risida ma’lumot va ish stolidagi animatsiya kadrlarni boshqarish knopkasi bo‘ladi.
    Flash filmlarni ishlatilish bir necha usullarni tadim etadi. Siz filmni syujeti va foydalanuvchi bajargan amaldan qat’iy nazar to‘xtamaydigan amalni yaratishingiz mumkin. Alternativ variant animatsiya va tovushni sinxronlash. Bundan tashqari Flash tugmachalariga tovush ishlatishingiz mumkin. Bu esa tugmalarni interaktiv qiladi. Bundan tashqati Flashda tugmachalarga tovushni vaqt diagrammasini elementlarini ko‘rib chiqamiz.
    Kadrlar shkalasidan boshlaymiz. Shkala sahnaning barcha qavatlari uchun umumiydir. Kadrlar shkalasida kadrlar nomeratsiya o‘sish tartibi ko‘satilgan. Nomeratsiya qadami 5 ga teng. Alohida qavatni vaqt diagrammasi kadrlar ketma ketligini grafik tasviri ko‘rinishida bo‘ladi. Vaqt diagrammasida kadrlar tasvirdan juda ko‘p ma’lumot olishi mumkin. Masalan kadrlar tasvirdan qaysi qavatdan animatsiyani qay usuli qo‘llanganligini bilish mumkin.

    2. 4. Xususiyatlar inspektori.
    Ko‘chish-twened-animatsiyani asosiy kadrlar strelkali chiziq bilan birlashtirilgan qora nuqtalar bilan belgilanadi. Nuqtalar orasidagi masofa och ko‘k rangda bo‘ladi. (strelkali chiziq barcha oraliq kadrlarni almashtiradi).
    Tranformatsiya twened-animatsiya uchun asosiy kadrlar strelkali chiziq bilan birlashtirilgan qora nuqtalar bilan birlashtiriladi. Nuqtalar orasida masofa och zangori rangda fonda bo‘ladi. strelkali chiziq oxiri yakunlovchi kadr yo‘qligini bildiradi. Qora nuqta va undan keyin kulrang kadrlar ketma ketligi bo‘lgan asosiy kadr, ushbu asosiy kadrni o‘zgarmasligini bildiradi.
    Kichik a harfi bu kadrda Action paneli yordamida biror bir amal belrilanganligini bildiradi. Qora nuqtalar biror tasvirlangan asosiy kadrlarning uzilmas ketma ketligi kadrma kadr animatsiyani bildiradi. Sariq belgicha bu kadr film kadrlar o‘rtasida navigatsiya qilish uchun ishlatiladigan nomlangan belgini o‘z ichida olishini bildiradi va sariq belgicha yonida uning nomi ko‘rinib turadi. Vaqt diagrammasini ko‘rinishi tanlangan formatga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu formatlarni tanlash Frame Viev menyusi yordamida amalga oshiriladi. Bu menyu buyruqlari vaqt diagrammasining barcha qatorlariga taalluqlidir. Flashda tovush bilan ishlovchilar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratilgan;
    -bo‘linuvchan tovush kutubxonalari yaratish yani bir kutubxonadagi tovushni bir necha filmlarda foydalanish imkoniyatidir.
    -tovush sifati va eksporti qilinayotgan filmni optimal birlashuvini tanlash maqsadida tovushli ma’lumotlarni qo‘shish ko‘rsatkichlarini boshqarish muallif alohida tovush yoki filmdagi barcha tovushlar uchun qo‘shish ko‘rsatkichini tanlashi mumkin. Bundan tashqari siz tovushni o‘zgartirish uchun turli qo‘shimcha effektlardan foydalanishingiz mumkin. Birinchi guruhdagi buyruqlar kadr yacheykasi razmerini gorizontal yo‘nalishda o‘rnatishini bildiradigan quyidagi variantlar mavjud:
    -Tiny (juda mayda)
    -Small (mayda)
    -Normal (oddiy)
    -Medium (o‘rta)
    -Large (yirik)
    Large formatini tovush parametrlarni ko‘rish uchun ishlatish maqsadga muvofiqdir. Shart (qisqa) bu buyruq kadr yacheykasi razmerini vertikal yo‘nalish bo‘yicha kichiklashtirishni bildiradi. Bunday o‘zgarish vaqt diagrammasining chap qismi formatiga ta’sir qiladi.
    Uchinchi guruhga ham yagona buyruq keltirilgan. Tinted Frams (bo‘yalgan kadrlar). Ushbu punkt tanlanganda animatsiyani turli xillari uchun kadrlarning rangli indeksatsiyasi ishlatiladi.
    Macromedia Flashda ishni osonlashtirish va rolik o‘lchamlarini yaxshilash uchun simvol tushunchasi kiritilgan. Simvol quyidagicha bo‘lishi mumkin. Grafika(Graphic), tugma(button), animatsion rolik (movie clip), tovush(sound). Bu imkoniyat yaratilgan ob’yektlar bir necha marta foydalanish imkonini beradi. Flash filmlarini AVI formatiga o‘tkazilishi ularning interaktivligini yo‘qolishiga olib keladi. Shuning uchun ushbu variant keng tarqalmagandir. Flash filmlarini namoyish etishni yana bir turi mavjuddir. Bu variant Flash filmni animatsiyalashgan GIF formatiga o‘tkazishdir. Bu holda eksportni ikki turi mavjud: har bir foydali animatsiyani bir kadrga mos keluvchi GIF fayllar to‘plami ko‘rinishida yoki bir animatsiyalangan fayl ko‘rinishidadir. Ekportning ikkinchi varianti afzalroqdir. Cuunki boshqa bir dastur yordamida kadrni “yig‘ishga”qaraganda bu variantga fayl hajmi kichikroq bo‘ladi. Dasturlash tillarida obyekt faqat shu obyektga qo‘llanishi mumkin bo‘lgan atributlar (xususiyatlar) to‘plami va usullar ro‘yxati bilan ifodalanadi. Har bir sinf obyektlari uchun o‘z atributlar va usullar to‘plami belgilangan. Masalan “tugma” obyekti uchun atributlar sifatida ishlatilishi mumkin.
    So‘ngi to‘rtinchi ikki buyruqdan iborat:
    -previev (Avvaldan ko‘rish)
    -bu buyruq qo‘llanilganda vaqt diagrammasida animatsiyani asosiy kadrlarini kichik ko‘rinishi namoyon bo‘ladi.
    -previev in Context
    -bu buyryqni har bir asosiy kadrda ikki va undan ortiq obyektlarni o‘zgartirib tursa ishlatilishi maqsadga muvofiq. Negaki bu buyruq vaqt diagrammasidan kadr yacheykasiga sahnani barcha joyini topshiriladi. Lekin bu holda kadr tasvirini Previev buyrug‘i ishlatiladigandan ham kichikroq bo‘ladi.
    Dasturlash tillarida obyekt faqat shu obyektga qo‘llanishi mumkin bo‘lgan atributlar (xususiyatlar) to‘plami va usullar ro‘yxati bilan ifodalanadi. Har bir sinf obyektlari uchun o‘z atributlar va usullar to‘plami belgilangan. Masalan “tugma” obyekti uchun atributlar sifatida ishlatilishi mumkin. Ish oblastidan pastki qismida xususiyatlar inspektori paneli joylashgan, agar ish oblastida biror bir ob’yekt tanlanmagan bo‘lsa yoki obyektlar umuman bo‘lmasa u holda xususiyatlar inspektori formati avtomatik ravishda o‘zgaradi. Butun hujjat uchun xususiyatlar inspektori formati ko‘rsatilgan.
    Aniq obyekt - bu mos sinfning nusxalaridir. Bir sinfning ikki nusxasi bir biridan atributlar qiymatlari bilan farq qilishi mumkin. Obyekt ustida harakatlarni ifodalash shuningdek obyektning bo‘ysinganligini ko‘rsatish uchun odatda “nuqtali usul”qo‘llaniladi. Xususiyatlar inspektori paneli quyidagi elementlardan tashkil topgan bo‘ladi:
    -document(hujjat)matn maydoni,bu maydonda tahrirlanayotgan fayl nomi aks ettiriladi.
    -size knopkasi, bu knopka ish stolini joriy razmerini ko‘rsatadi. Bu knopka bosilsa qo‘shimcha Dokument Properties (xujjatlar xossalari dialog oynasi) ochiladi. Uning yordamida ish stoli razmerini o‘zgartirish va qo‘chimcha parametrlarni o‘rnatish mumkin;
    -background (fon) knopkasi, bu knopka bosilganda film fonini tanlash uchun rang palitrasi oynasi ochiladi.
    -frame rate (kadrlar tezligi) matn maydoni. Bu maydon yordamida animatsiyani kadrlari almashish chastotosi o‘rnatilishi mumkin (chastota sekund kadr-frame per second fps bilan o‘rnatiladi);
    -So‘roq belgisi tushirilgan knopka, HTML-hujjat formatiga kontekst ma’lumotnomani chaqirishi uchun xizmat qiladi;
    -Yulduzcha tasviri tushirilgan knopka, bu knopka bosilganda Assibility (Dostupnost) paneli bo‘ladi. Bu panel filmning barcha elementlariga qo‘shimcha parametrlar o‘rnatish uchun xizmat qiladi.
    IZOH. Shuni aytib o‘tish lozimki, xususiyatlar inspektori ham boshqa panellar ham kontekst bog‘langandir. Yani ular yordamida boshqa ob’yekt haqida ma’lumot olish uchun ularni yangidan ochish shart emas, muharrir oynasida sizga kerakli obyektni tanlasangiz bo‘ldi.

    Download 359,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 359,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vaqt diagrammasini tashkil etish

    Download 359,28 Kb.