Mundarija kirish 3 I bob. Mobil texnologiyalarning vujudga kelishi va elektron tijoratga ta’sirinig nazariy jihatlari 5




Download 4,75 Mb.
bet38/42
Sana04.06.2024
Hajmi4,75 Mb.
#260002
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
bobyangi

Ish kategoriyalari

Havoning harorati, оС

Nisbiy namlik, %

Harakat tezligi, m/s

Sovuq

Yengil- I

20 – 23

60 - 30

0,2

O’rtacha og’irlikdagi-IIа

18 – 20

60 - 40

0,2

O’rtacha og’irlikdagi-IIb

17 –19

60 - 40

0,3

Оg’ir-III

16 – 18

60 - 40

0,3

Iliq Davr

Yengil-I

20 – 25

60 - 40

0,2

O’rtacha og’irlikdagi-IIа

21 – 23

60 - 40

0,3

O’rtacha og’irlikdagi-IIb

20 –22

60 - 40

0,4

Оg’ir-III

18 – 21

60 - 40

0,5

Issiq

Yengil-I

20 – 30

60 - 40

0,3

O’rtacha og’irlikdagi-IIа

20 – 30

60 - 40

0,4 - 0,5

O’rtacha og’irlikdagi-IIb

20 – 30

60 - 40

0,5 - 0,7

Og’ir- III

20 – 30

60 - 40

0,5 - 1,0


4.2-jadval. Yilning sovuq va iliq davrida ishlab chiqarish xonalari harorati, nisbiy namligi va havo harakati tezligining yo‘l qo‘yiladigan normalari

Ish kategoriyalari

Havoning harorati, оС

Nisbiy namlik, %

Harakat tezligi, m/s

Tashqaridagi havo harorati, оС

Yengil - I

19 - 25

75

0,2

15 - 30

O’rtacha og’irlikdagi -II а

17 - 23

75

0,2

15 - 30

O’rtacha og’irlikdagi -II b

15 - 21

75

0,4

15 - 30

Оg’ir - III

13 - 19

75

0,5

15 - 30

4.3-jadval, 40Me’yorli yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiya 700 dan ortiq turdagi zararli moddalar uchun andoza belgilaydi. Ayrim moddalar tavsifi pastki jadvalda:

Moddalarning nomlanishi

Meyorli yo’l qo’yiladigan konsentratsiyalar mg/m3

Xavf sinfi

Azot oksidi

5

2

Аmmiak

20

5

Sulfat angidrid

1

2

Benzin eritmasi

300

4

Benzin yonilg’isi

100

4

Metalli simob

0.01

1

Qo’rg’oshin

0.01

1

углерод оксиди

20

4

Ҳлор

1

2

Уювчи ишқорлар

0.5

2


4.2 Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida umumiy tushunchalar


Har bir mintaqada xavfsizlikni ta’minlash muammolari shunchaki mavhum xarakterda bo‘lmaydi. Hamda har qaysi mintaqada o‘z xususiyatlari, xavf soladigan o‘z manbalari va xavfsizlikni saklaydigan o‘z omillari bo‘ladi.
(1-Prezident, I .A. Karimov)
Insoniyat tomonidan ko‘riladigan zararlar
Jahondagi davlatlar va mintaqalarda baxtsiz hodisalar, yong‘inlar, avariyalar va falokatlar sodir bo‘lish chastotasi Keskin oshib ketdi. Buning natijasida insoniyat tomonidan mislsiz iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa turdagi zararlar ko‘rilmoqda. Insoniyat tomonidan ko‘riladigan zararning o‘rtacha 40 % suv toshqinlariga, 20 % bo‘ronlarga, 15 % zilzilalarga, 15 % qurg‘oqchilikga va qolgan 10 % boshqa turli tabiiy ofatlarga to‘g‘ri keladi.
Favqulodda vaziyatlar:
Insonning yashash va faoliyat ko‘rsatish muhitida bo‘layotgan tabiiy va boshqa turdagi o‘zgarishlar, ishlab chiqarish texnologik quvvatining ortib borishi xavfxatarlarning kuchayib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Tabiatda sodir bo‘layotgan ofatlar, sanoatda va boshqa turli sohalarda sodir bo‘layotgan avariyalar, falokatlar va boshqa ko‘ngilsiz hodisalar ko‘p sonli aholining hayoti va sog‘ligiga xavf soluvchi holatlarni yuzaga keltiradi.
Yuqoridagi hamma holatlar “FAVQULODDA VAZIYATLAR” (FV) tushunchasi bilan umumlashtiriladi.
odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi, hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.
Favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish
Aholi va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi bo‘lib, huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatining istiqbolli rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish uchun respublikada tabiiy va texnogen tahdidlardan himoyalanishda har bir kishining huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi yaratildi va u takomillashtirilmoqda. Favqulodda vaziyatlarda aholini, moddiy boyliklarni va hududlarni muhofaza qilish ishlarini amalga oshirishga davlatimiz tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Bu e’tiborning natijasi sifatida Respublikamiz Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 sonli farmoni bilan tashkil qilingan Favqulodda Vaziyatlar vazirligini (FVV) ko‘rsatish mumkin.
Favqulodda vaziyatlar, ularning ta’rifi, turlari va xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktabrdagi 455-sonli «Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida»gi Qarorida mamlakatimiz hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha turdagi favqulodda vaziyatlar tasniflab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra bizning mintaqada 7 xil FV turlari tasdiqlangan:
1. Zilzilalar, yer surilishi;
2. Sel, suv toshqinlari va boshqalar;
3. Kimyoviy xavfli obektlarda avariya va halokatlar (o‘tkir
zaharli moddalarning ajralib chiqishi);
4. Portlash va yong‘in xavfi mavjud obyektlardagi avariya va
halokatlar;
5. Temir yo‘l va boshqa transport vositalarida tashish
paytidagi avariya va halokatlar;
6. Xavfli epidemiyalarning tarqalishi;
7. Radioaktiv manbalardagi avariyalar.

FAVQULODDA VAZIYATLAR
(KO‘LAMI BO‘YICHA)







LOKAL

МАҲАЛЛИЙ

RЕSPUBLIKA

TRANSCHЕGARAVIY

Lokal favqulodda vaziyat - biror obyektga taalluqli bo‘lib, uning miqyosi o‘sha obekt hududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 nafardan ortiq bo‘lmagan odam jabrlangan yoki 100 nafardan ortiq bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu obyekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi.
Mahalliy tavsifdagi favqulodda vaziyat – aholi yashaydigan hudud (aholi punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 nafardan ortiq, biroq 500 nafardan kam bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 mln. baravaridan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi.
Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda - favqulodda vaziyat natijasida 500 nafardan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar FV paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 mln. baravaridan ortig‘ini tashkil etadigan, hamda FV mintaqasi viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika miqyosida tarqalishi mumkin bo‘lgan FV tushuniladi.
Transchegaraviy (global) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, yoxud FV chet elda yuz bergan va O‘zbekiston hududiga daxldor holat tushuniladi. Bunday falokat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag‘I bilan hamda halqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag‘lari hisobiga tugatiladi. Masalan, Orol muammosi nafaqat O‘zbekiston davlati uchun falokat keltiruvchi, balki unga chegaradosh bo‘lgan Turkmaniston, Qozog‘iston va boshqa davlatlar uchun ham falokatli vaziyatdir. Shuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosini hal qilishga O‘zbekiston davlatini kuch va mablag‘idan tashqari butun jahon hamjamiyati tashkilotlari (Ekosan, YUNЕP va boshq.) mablag‘lari, kuchlaridan foydalanilmoqda.41
Favqulodda vaziyatlarni xavfning tarqalish tеzligiga ko‘ra guruhlarga bo‘lish
Favqulodda vaziyatlar xavfning tarqalish tezligiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

Download 4,75 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Download 4,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija kirish 3 I bob. Mobil texnologiyalarning vujudga kelishi va elektron tijoratga ta’sirinig nazariy jihatlari 5

Download 4,75 Mb.