II.Bob Tabiiy sharoit va resurslarga iqtisodiy-geografik baho berish




Download 0.73 Mb.
bet5/10
Sana16.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#45697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O`zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslarini iqtisodiy geografik baholash.
2. Internet protokollari haqida so’zlab bering Internet provayde, 2540, айланма кодекс, Xumoyun, kommunikativ-qobiliyat-va-pedagogik-ta-sir-ko-rsatish, Ijodiy ta\'lim G\'aniyev Baxtiyor, Oralov Javohir kurs ishi, маруза матни 4та, 1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti, 3142113837, Taqdimot5, 7m, 6-мавзу. Мантиқий саволлар, 1.1. Harakatli o’yinlarni qisqacha tarixi va tushunchasi.
II.Bob Tabiiy sharoit va resurslarga iqtisodiy-geografik baho berish.
2.1.Iqtisodiy geografik baholash va uning turlari.
Tabiiy muhit baholanishi natijasida uning ijtimoiy ehtiyoj nuqtayi nazaridanqulayligi yoki yaroqliligi o‘rganiladi. Baholash natijasida biror hududning yoki tabiat komponentining dehqonchilik, chorvachilik, dam olish,qurilish va boshqa sohalarda foydalanishga qanchalik qulayligi aniqlanadi.
Tabiiy sharoit va resurslar yoki geotizimlarni foydalanish maqsadlarida baholash – geografik baholash deb ataladi. Masalan, dehqonchilik, chorvachilik, sanoat, transport, rekreatsiya, suv xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda baholash amalga oshirilishi mumkin.
Geografi k baholash quyidagi bosqichlardan iborat: a) baholash ishlarining maqsad va vazifalarini aniqlash (masalan, daryo vodiysining ma’lum bir qismini suvombori qurish maqsadida baholash);
b) baholash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar yoki ma’lumotlar ro‘yxatini tuzish;
d) o‘rganilayotgan hudud daryo vodiysining hozirgi va kelajakdagi holatini belgilaydigan ko‘rsatkichlar yoki xossalarni o‘rganish va o‘lchash (vodiyning geologik tuzilishi, uzunligi, kengligi, balandligi, yonbag‘irlar qiyaligi, suv sarfi , loyqaligi, me’yori va h.k.);
e) olingan ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni bir-biriga taqqoslash asosida har bir komponent bo‘yicha alohida baholashni amalga oshirish (relyef,geologik tuzilish, suv o‘lchamlari va h.k.);
f) alohida baholashlar asosida umumiy baholashni amalga oshirish (suvomborini mazkur joyda qurish mumkinmi yoki yo‘qmi);
g) yakuniy jadval va xaritalar tuzish.
Tabiiy geografi k baholashning aniq maqsadiga ko‘ra sifat va miqdor usullaridan foydalaniladi. Sifat ko‘rsatkichlari qulaylik darajasiga qarab «juda qulay», «qulay», «o‘rtacha qulay», «kamroq qulay», «qulay emas», deb baholanadi.
Masalan, tekisliklar yo‘l qurilishi uchun juda qulay, qumli cho‘llar qulay, to‘lqinsimon tekisliklar o‘rtacha qulay, adirlar kamroq qulay, tog‘lar esa qulay emas.
Baholash miqdor usulida sonli ko‘rsatkichlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, arpaning pishib yetilishi uchun quyidagi haroratlar yig‘indisi bo‘lishi shart. Vegetatsiya davrida havoning + 10° C dan yuqori haroratlari yig‘indisi 1000° C gacha bo‘lishi eng tezpishar arpa navining yetilishi uchun yetarli emas, mazkur arpa navi 1000–1400° C da pishadi, 1400–1800° C da esa o‘rta pishar, 1800° C dan oshganda esa eng kechki navlar yetiladi.
Ko‘rsatilgan ushbu miqdor ko‘rsatkichlari baholashning ma’lum bonitetli darajalari hisoblanadi.

Download 0.73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.Bob Tabiiy sharoit va resurslarga iqtisodiy-geografik baho berish

Download 0.73 Mb.