|
Mundarija kirish. I bob. Texnik modellashtirishning asosiy metodlari. Dizaynning vujudga kelishi. Dizayn va model tushunchasi. 16 II bob. Badiiy modellashtirishni konstruksiyalash
|
bet | 1/2 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 49,93 Kb. | | #228543 |
Bog'liq Texnik va badiiy modellashtirish
MAVZU: Texnik va badiiy modellashtirish
MUNDARIJA
KIRISH. 3
I BOB. TEXNIK MODELLASHTIRISHNING ASOSIY METODLARI. 5
1.1 Dizaynning vujudga kelishi. 5
1.2 Dizayn va model tushunchasi. 16
II BOB. BADIIY MODELLASHTIRISHNI KONSTRUKSIYALASH. 26
2.1. Badiiy modellashtirishning mazmuni. 26
2.2. Talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish. 31
Xulosa. 37
Foydalanilgan adabiyotlar 39
KIRISH.
“Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash” fani ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, modellashtirish va prognozlashda qo`llaniladigan iqtisodiy-matematik hamda ekonometrik usullar va modellar, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalarini qo`llashni o`rganadi. Bozor iqtisodiyoti murakkab, o`zaro bir-birini taqozo etuvchi jarayonlardan iborat bo`lib, unga noaniqlik va tavakkalchilik elementlari xosdir. Bunday sharoitda iqtisodiy jarayonlarni o`rganish va tahlil qilishda iqtisodiy-matematik va ekonometrik usullar hamda modellarning qo`llanilishi kutilishi mumkin bo`lgan salbiy hodisalarning oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar ilmiy asoslangan qonuniyatlar asosida u yoki bu iqtisodiy jarayonlarning hozirgi holati (statikada) asosida uning istiqboldagi (dinamikada) o`zgarishlarini oldindan ko`rsatib berishga imkoniyat yaratadi. Chunki, bozor konstrukturasini oldindan prognoz qilmasdan turib, barqaror ishlab chiqarish va sotish strategiyasini belgilab bo`lmaydi. Bozordagi raqobat kurashi korxonalarga kelajakda o`z mahsulotlarini raqobatbardosh, sifatli va arzon narxlarda ishlab chiqarishni taqozo etadi. “Ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash” fanining asosiy maqsadi magistrantlarga milliy iqtisodiyot sharoitida murakkab iqtisodiy tizimlarni modellashtirishni, modellashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini, aniq iqtisodiy obyektlar misolida modellarning yaratilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, qo`yilgan iqtisodiy masalalarni zamonaviy axborot- texnologiyalari yordamida yechish va olingan natijalarni iqtisodiy tahlil hamda talqin qilish kabi masalalarni o`rgatishdan iboratdir. “Ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash” fani “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Ekonometrika”, “Axborotlar texnologiyasi”, “Ehtimollar nazariyasi” va “matematik statistika” va shuningdek iqtisodiy matematika kabi fanlar bilan o`zaro aloqada bo`ladi. Fanning bo`limlarida makrodarajada, ya`ni milliy iqtisodiyot bo`yicha iqtisodiymatematik modellarning (ishlab chiqarish funksiyasi, tarmoqlararo balans modellari, ekonometrik modellar) tuzilishi va ulardan amalda samarali foydalanish bo`yicha ilmiy tavsiyalar keltiriladi. Talabalar fanning har bir mavzusini nazariy o`rganish bilan bir qatorda amaliy mashg`ulotlarda aniq iqtisodiy jarayonlar va ko`rsatkichlar asosida ularning matematik modellarini tuzish, axborot texnologiyalari va mos dasturiy vositalarni qo`llab, masalalarning aniq miqdoriy yechimlarini olib, iqtisodiy tahlil qilish bilan yakunlaydilar. Fanni o`rganish yakunida talabalar mustaqil ravishda iqtisodiy masalalarning matematik jihatdan qo`yilishini, ularning matematik modellarini tuzish, ushbu modellarni mos keluvchi usullar va axborot texnologiyalari yordamida yechish hamda iqtisodiy tahlil va talqin qilishni o`rganadilar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mundarija kirish. I bob. Texnik modellashtirishning asosiy metodlari. Dizaynning vujudga kelishi. Dizayn va model tushunchasi. 16 II bob. Badiiy modellashtirishni konstruksiyalash
|