1.6. Korxonalarning tashkiliy tuzilmalari va u boshqaruv xizmatlar
O‘zaro hamkorligi yetkazib berish tizimi tomonidan boshqariladigan tashkiliy tizim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tizimni shakllantirish va rivojlantirish;
korxonaning bozor siyosati bilan bog‘liq logistik tizim
strategiyasi;
v) o‘zaro bog‘liq funksiyalarni koordinatsiyalash va boshqarish;
g) har xil tarmoq korxonalari uchun yetkazib berishning o‘ziga xos xususiyatlari, yetkazib berishning tashkiliy tizimi 1.10,1.11,1.12,- chizmalarda ko‘rsatilgan.
1.10-chizmada yetkazib berishni boshqarish yoki materialni boshqarish berilgan bo‘lib, bunda Yetkazib berish vitse-prezident yoki bosh boshqaruvchiga bo‘ysunadi.
1.11-chizmada har xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda yetkazib berishning tashkiliy tuzilishi ko‘rsatilgan. Bunda har bir mahsulot turi bo‘yicha yetkazib berish funksiyalari guruhlarga ajratilgan.
1.12-chizmada boshqarishning markazlashgan funksiyasiga asoslangan korxonalarda yetkazib berishni boshqarishning tashkiliy tuzilishi berilgan. Yetkazib berishni boshqarishning bu shakli har xil mahsulotlar ishlab chiquvchi korxonalarga xos bo‘lib, kompaniyalarda esa yuqori darajadagi markazlashtirilgan boshqaruv nazoratidir.
1.10-chizma. Korxonani logistik boshqarish
1.11-chizma. Har xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda logistik tizimning tashkiliy tuzilishi
Xulosa
Mavjud amaliyotda yetkazib berishga ikki xildagi yondashish qabul qilingan. Bitta holda yetkazib berish moddiy, axborot, moliyaviy boshqa oqimlarning harakatini boshqarishning mexanizm va tuzilishini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi, ya’ni rejalashtirish vazifalarining bajarilishi bilan cheklanadi.
Boshqa holda yetkazib berish rejalashtirish bilan cheklanmaydi va haqiqiy boshqaruv tadbirlarini ko‘zda tutadi, ya’ni boshqaruv bo‘yicha kundalik joriy faoliyatni amalga oshiradi. Logistika xoh ishlab chiqarish tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish bosqichi va xoh amalga oshirish bosqichi bo‘lsin, marketing tadqiqotlari jarayoniga, moddiy resurslarning harakatlanishi, mahsulotlarning iste’molchilar o‘rtasiga taqsimlanishi, shaxsan ishlab chiqarish jarayoni hamda ma’muriy boshqaruv faoliyatiga ta’sir qiladi[15. 28-b].
Bir tomondan, yetkazib berish marketing tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari va amaliy hulqini boshqaradi. Boshqa tomondan, bu tadqiqotlarning xarakteri va o‘tkazish usullari logistik boshqaruvning tuzilishi va vazifalarini belgilaydi.
Hududiy marketing tadqiqotlari iqtisodiy faoliyatning xarajatli ko‘rsatkichiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ishlab chiqarish faoliyatining navli va hajmli ixtisoslashuvi ular tomonidan belgilaniladi.
Marketing tadqiqotlari sotishlarning hajmi va taqsimlashning tuzilmasini tanlashni belgilaydi. Mahsulotlar navlarining kengayishi bazaviy modelni zamonaviylashtirish hisobiga sodir bo‘lishi mumkin. Bir qator hollarda bunday zamonaviylashtirish faqat u yoki bu qo‘shimcha elementlar (aksesuarlar)ni qo‘llash yo‘li bilan sodir bo‘lishi mumkin. Bunda umumiy texnologik davri algebraik uzayishi shart emas, balki ko‘pincha qisqaradi.
Marketing tadqiqotlari iste’molchiga ko‘rsatilayotgan buyurtmalar va xizmatlarning shakllanishiga talabni belgilaydi. Bunday tahlilda yetkazib berishning istalgan shoshilinchligi va shartnoma muddatlari bajarilishining ishonchliligi hamda talabni darhol qanoatlantirishga qobiliyat kabi talablar belgilanadi. Tashish vaqtini kamaytirish zarurati va buyurtmani bevosita iste’molchiga kerakli joyda, kerakli vaqtda va talab qilingan miqdorda topshirish imkoniyati shuning bilan izohlanadi.
|