I BOB. YETKAZIB BЕRISH ZANJIRI TUSHUNCHASI.
1.1. Yetkazib berish zanjirini boshqarish tushunchasi.
Yetkazib berish tushunchasi o‘zining qadimiy tarixiga ega «Yetkazib berish» so‘zi kelib chiqishi bo‘yicha yunonchadir. Qadimgi Afinada maxsus amal «logist» yoki ijtimoiy o‘z-o‘zini boshqarish amaldori bo‘lgan (eramizgacha V asrda 30 ga yaqin). Logistlar har yili qur’a tashlash yo‘li bilan belgilanganlar; ularning vazifasiga vakolati tugagan boshqa amaldorlarning hisobotlarini tekshirish va bu hisobotlarni faxrli fuqarolar kengashiga tasdiqlashga topshirish kirgan, kengashning qarori yakuniy bo‘lgan. [3, 4-b] Qadimgi Rimda ba’zi bir ma’muriy va diniy vazifalarni bajaruvchi amaldorlar logistlar deb atalganlar. Vizantiya imperatori Lev VI (866-912 yillar) davrida yetkazib berish armiyani ta’minlash va uning ko‘chishini boshqarish san’ati sifatida ta’riflangan. Nemis tadqiqotchisi G.Pavellek ta’kidlashicha Vizantiya imperiyasida yetkazib berishning belgilanishi «armiyaga maosh to‘lash, uni kerakli tartibda qurollantirish va taqsimlash, uning ehtiyojlari haqida o‘z vaqtida va to‘liq darajada g‘amxo‘rlik qilish, ya’ni shaxsiy qurolli kuchlar harakatlanishi va taqsimlanishiga rahbarlik qilishdan» iborat bo‘lgan . «Yetkazib berish» so‘zi barcha asosiy Yevropa tillarida mavjud, ammo ulardan har xil ma’nolarda foydalanadilar. «Yetkazib berish» atamasidan mashhur olimlar, faylasuflar, sarkardalar o‘z asarlarida foydalanganlar. Buyuk nemis matematigi G.V.Leybnis (1646-1716) bu atamadan «Xulosalarni hisoblash» yoki matematik mantiq ma’nosida foydalangan. XIX asrda bu atamadan kelib chiqishi shveysariyalik bo‘lgan taniqli harbiy nazariyachi va tarixchi Antuan-Anri Jomnin (1779-1869) o‘z asarlarida foydalangan. 1813 yildan boshlab u Rossiyada Aleksandr I ning shtabida ishlagan, 1826 yilda infanteriya generali unvonini olgan. Nikolay I ning harbiy maslahatchisi bo‘lgan va Sankt-Peterburgdagi harbiy akademiyaning asoschilaridan biri bo‘lgan (1828). Shahzoda Aleksandr II ning shaxsiy o‘qituvchisi bo‘lgan, haqiqatan ham uning uchun muallifning yetkazib berish bo‘yicha eng muhim asari yozilgan va keyinchalik u ko‘pgina tillarga tarjima qilingan. U yetkazib berishni o‘z ichiga rejalashtirish, boshqarish, ta’minlash, qo‘shinlarni joylashtirish joyini belgilash, armiyaga transport xizmatini ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarning keng doirasini oluvchi qo‘shinlarni boshqarishning amaliy san’ati sifatida belgilagan. 1884 yilda Amerika harbiy-dengiz floti instituti kemachilik zaruratlari uchun «Yetkazib berish» tushunchasini kiritgan. 1904 yilda Jenevada Itelson, Laland va Kutyurlarning taklifi bo‘yicha falsada kongressi yetkazib berishni matematik mantiq sifatida belgilagan [3, 6-b]. Yetkazib berish tamoyillari Ikkinchi jahon urushi davrida Amerika armiyasida moddiy-texnika ta’minoti hamda qurol -yarog‘, oziq ovqat, transportni yetkazib beruvchilar va qo‘shinlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish sohasida keng rivojlangan. Taktika, strategiya va razvedka bilan bir qatorda «Yetkazib berish» atamasi bilan fuqarolik korxonalarining ta’minot-sotish faoliyati belgilanishi mumkin. Harbiy
sanoat, front orqasi va front ta’minot bazalari va transportning aniq o‘zaro hamkorligi Amerika armiyasiga qurol-yarog‘, yonilg‘i-moylash materiallari va oziq-ovqatlarni kerakli miqdorlarda yetkazib berishni o‘z vaqtida va muntazam ta’minlashga imkon bergan. Shuning uchun ko‘pgina g‘arbiy mamlakatlarda yetkazib berish asta-sekin harbiy sohadan xo‘jalik amaliyoti sohasiga o‘ta boshlagan. Dastavval u muomala, keyin esa ishlab chiqarish sohasida tovar-moddiy resurslar harakatlanishini boshqarishni amalga oshirish haqidagi nazariyaning yangi turi sifatida shakllangan. Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda 1930 yildagi iqtisodiy krizis arafasida va davrida vujudga kelgan materiallar va xomashyo bilan ta’minlash, mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash va taqsimlash vazifalarini bog‘lay oladigan ta’minlash-ishlab chiqarish - taqsimlash tizimlarini integratsiyalash g‘oyalari ilmiy tadqiqotlar hamda xo‘jalik amaliyoti shaklidagi mustaqil yo‘nalishga o‘zgartirilgan. 1950 yillarda moddiy oqimlarni tartibga solish masalasi harbiy yetkazib berishda qo‘llaniladigan usullar yordamida muvaffaqiyatli hal qilinishi mumkinligi tan olingan. U 1960-70 yillarda yaponiyada ko‘proq rivojlangan, u yerda boshqarish va xo‘jalik yuritishning murakkab tizimlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda asosiy o‘rinlarni egallagan. 1970 yillarning boshlarida bu atamani korxona moddiy resurslarini boshqarish fani sifatida belgilashga harakat qilingan. 1980 yilga kelib, xo‘jalik boshqaruvini muvofiqlashtirish jismoniy taqsimlash, ya’ni tijorat yetkazib berishsi usullarini o‘zlashtirish va qo‘llashni talab qilgan. Astasekin yetkazib berish va logistik boshqaruv tushunchasi turli-tuman mazmunlar bilan to‘ldirilgan ishlab chiqarish va tovar muomalasining har xil sohalariga kirib boradi. Bunga hisoblashning eng yangi usullari, zamonaviy hisoblash, axborot texnika va texnologiyasining keng qo‘llanilishi hamda ishlab chiqarish infratuzilmasi elementlari va xo‘jalik yuritish intensiv usullarining o‘zaro hamkorlikda rivojlanishi ta’sir qilgan. XX asr oxirida yetkazib berish faniga xarid qilish (ta’minlash), ishlab chiqarish, sotish (taqsimlash), transport, axborot yetkazib berishni oluvchi fanga aylangan. Inson faoliyatining sanab o‘tilgan sohalari yetarlicha o‘rganilgan va tegishli adabiyotlarda bayon qilingan [3, 8-b]. Logistik yondashishning yangiligi esa sanab o‘tilganlar va faoliyatning boshqa sohalarini istalgan natijaga oqimlarni muvofiq to‘g‘ri boshqarish yo‘li bilan vaqt va resurslarning eng kam xarajatlari yordamida erishish maqsadida integratsiyalashdan iboratdir. Shunday qilib, yetkazib berish avvallo, iste’molchilarga, ularning so‘rovlarini ko‘proq qanoatlantirishga harakat qilgan holda ishlaydi. 1992 yil Stokgolmda yetkazib berish Yevropa assotsiatsiyasi xalqaro simpoziumida yetkazib berish atamasining umumqabul qilingan ta’rifining hali yo‘qligi ta’kidlangan. Bu rivojlanishning yaqqol aks ettirilgan dinamikasiga ega yangi ilmiy yo‘nalish bo‘lganligi sababli ushbu tushunchaning turli ifodalanishlari taklif qilingan. Shuning uchun faqat yetkazib berishga tegishli ta’riflardan ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz:
bu iste’molchi talablarini ko‘proq qanoatlantirish maqsadlarida xomashyo, yarim fabrikatlar, tayyor mahsulotlar va tegishli axborotlarni jamlash, saqlash, ishlab chiqarilgan joydan iste’mol joyiga tashish va uzatishning texnologik va tejamkor samarali operatsiyalarini rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish jarayonidir. Sanab o‘tilgan operatsiyalar materiallar va axborotlarning kirish va chiqish, ichki va tashqi oqimlari ustida o‘tkaziladi (ushbu talqin logistik menejmentning kengashi tomonidan berilgan);
sanoatda yetkazib berish ishlab chiqarishni xomashyo va materiallar bilan ta’minlash va tayyor mahsulotlarni sotishni tashkil qilishdir. (Ishlab chiqarish va zaxiralarni boshqarish muammolarining Amerika jamiyati);
bu ishlab chiqaruvchidan xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va tayyor mahsulotlarni joylashtirish va ishlab chiqaruvchi firma orqali iste’molchilarga harakatlanishini boshqarishdir (firma Goopere & Lybrand);
bu yangi ilmiy yo‘nalish, ishlab chiqarish va energetika tizimlaridagi moddiy va axborot oqimlarining harakatlanishida rejalashtirish, boshqarish va kuzatish haqidagi ta’lim (prof. A.A.Smexov, Rossiya);
bu korxonaga kelib tushuvchi, u yerda ishlab beruvchi va bu korxonadan chiqib ketuvchi moddiy oqim va tegishli axborot oqimini rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilishdir (prof. G.Pavellek, Germaniya);
moddiy va axborot oqimlarini birlamchi manbadan va yakuniy iste’molchigacha masofa va vaqtdagi harakatini rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish, nazorat qilish va tartibga solish haqidagi fan (A.N.Rodnikov);
bu avvallo, yirik ishlab chiqarish-xo‘jalik (sohaviy, mintaqaviy, xalq xo‘jaligi) tashkilotlari, yirik ko‘lamli tadbirkorlik va tijorat faoliyatidagi belgilangan ilg‘or tafakkur, eng samarali metodologiyadir
(«erkin» bozor iqtisodiyotiga tatbiq etganda) (A.T.Semenov);
bu katta tizimlarda oqimlarni boshqarish haqidagi fandir (B.K.Plotkin);
bu moddiy, tovar va axborot oqimlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish tizimi y o‘li bilan jamiyat ishlab chiqarish kuchlari o‘zaro samarali hamkorligining ilmiy qurolidir (N.V.Afanaseva);
bu amaliy fan, uning predmeti tizimi iqtisodiy yondashish asosida iqtisodiy obyektlarni boshqarishni muvofiqlashtirish metodologiyasidan iboratdir.(K.V.Inyutina);
keng ma’noda yetkazib berish belgilangan mikro, makroiqtisodiy tizimda uning oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun moddiy oqimlar, xizmat oqimlari va ular bilan bog‘liq axborot va moliyaviy oqimlarni boshqarish va muvofiqlashtirish haqidagi fan (V.I.Sergeyev).
V.I.Sergeyev yetkazib berishni tor ma’noda tadbirkor nuqtai nazaridan amaliy yo‘naltirilgan mexanizm sifatida ko‘rib chiqadi: bu moddiy va servis oqimlari, hamda ular bilan birga bo‘luvchi axborotlar va moliyaviy mablag‘lar oqimlarini samarali (yakuniy iste’molchilarning mahsulot va xizmatlar sifatiga talablarini qanoatlantirishga umumiy xarajatlarni pasaytirish nuqtai nazaridan) boshqarish hisobiga biznesni tashkil qilishning strategik, taktik, operativ maqsadlariga erishishga yordam beruvchi menejmentning integral qurolidir;
bozor iqtisodiyoti tizimida moddiy, moliyaviy, mehnat, huquqiy va axborot oqimlari majmuasining harakatlanish jarayonini rejalashtirish, tashkil qilish va vazifaviy boshqarish va nazorat qilishning nazariyasi va amaliy faoliyati (O.A.Novikov va S.Uvarov);
moddiy resurslar, tovarlar nazorat qilish tashqarisidan xomashyo va materiallar xarid qilinishi, ularni ishlab chiqarishdan o‘tishidan boshlab, to tayyor mahsulotlarni iste’molchilargacha yetkazib berishgacha harakatlanishini muvofiq, foyda olish nuqtai nazaridan jadallashtirish maqsadida har bir korxona uchun ishlab chiqilgan tizimdir («Dandas»-eng yirik-nemis, transport-foydalanish firmalaridan biri). Ta’kidlab o‘tilgan farqlarga qaramay, yetkazib berishning sanab o‘tilgan tushunchalari yagona umumiy element-ratsionallik va umumiy maqsadga ega. Shunday qilib, yetkazib berish xomashyo va materiallarni ishlab chiqarish korxonasiga yetkazish, xomashyo, materiallar va yarim fabrikatlarni zavod ichida qayta ishlab chiqish, tayyor mahsulotni iste’molchiga, uning manfaatlari va talablariga muvofiq yetkazish hamda tegishli axborotlarni uzatish, saqlash va ishlab chiqish jarayonida amalga oshiriladigan tashish, omborga joylashtirish va boshqa moddiy va nomoddiy operatsiyalarni rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish haqidagi fan sifatida ko‘rib chiqish mumkin (Rodnikov A.N. Terminologicheskiy slovar. 2000). Yetkazib berish iqtisodiy faoliyatning ta’minot, ishlab chiqarish, sotish, transport yetkazib berish kabi sohalarini birlashtiradi [3,9].
Yetkazib berish fan sifatida va fuqarolik sohasidagi biznesning quroli sifatida 1950 yillarning boshlarida, avvallo, AQSHda shakllana boshlagan. Uning evolyutsiyasi sanoati rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlarining tarixi va evolyutsiyasi bilan yaqindan bog‘liqdir, buning ustiga «Yetkazib berish» atamasining o‘zi faqat 1970 yillarning oxirida biznesga kirib kelgan va jahonda hamma yerda qo‘llanila boshlagan. Yetkazib berish nisbatan yoki va rivojlanayotgan fandir. Uning tushunish apparati va terminologiyasiga tegishli ko‘pgina masalalar yangi mazmun bilan to‘lgan holda doimo aniqlanadi va o‘zgaradi. Yetkazib berish moddiy oqimlarni boshqarishni ko‘rib chiqadi, ya’ni xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarning aylanishi, ularni yetkazib beruvchilardan ishlab chiqaruvchi korxonalar va yakuniy iste’molchilarga ularning talablariga muvofiq yetkazib berilishi jarayonlari bilan bog‘liq masalalarning butun majmuasini qamrab oladi. XX asrda yetkazib berish rivojlanishining tarixiy bosqichlarini ajratishga bir necha yondashishlar mavjud. Birinchi yondashish. Ba’zi bir olimlar yetkazib berish rivojlanishining to‘rtta davrini ajratadilar.
1. «Fragmentlashtirish» davri (1920-1950) logistik konsepsiya hamda moddiy oqimlarni boshqarish va umumiy xarajatlarni pasaytirish qurollari vujudga kelishining shart-sharoitlari shakllanishi bilan ta’riflanadi. Ammo yetkazib berish tamoyillari to‘liq darajada talab qilinmagan edilar, faqat ba’zi bir tashkil qiluvchi, masalan ishlab chiqarish, tashish yoki omborga joylashtirishdagi xarajatlarni pasaytirishga imkon beruvchi ayrim logistik vazifalar qo‘llanilgan. Bu jihatdan AQSH iqtisodiyotining rivojlanish bosqichi namunadir. Ko‘rib chiqilayotgan davrda AQSH yangi ishlab chiqarish texnologiyalarining tatbiq etilishi (masalan, avtomobilsozlikda), ixtisoslashishning yuqori darajasi, tabiiy resurslarning boyligi, iqtisodiyotning davlat tomonidan kamroq tartibga solinishi bilan ta’riflanuvchi tez o‘suvchi bozorga ega bo‘lgan, ya’ni sotuvchilar bozorining tipik vaziyati mavjud bo‘lgan. Bu sharoitlarda menejmentning asosiy e’tibori bozorni to‘ldirishga, ya’ni mahsulotlar ishlab chiqarishga rezervlarni qidirishga yo‘naltirilgan edi.
Ushbu davrda logistik konsepsiyaning tatbiq etilishiga shartsharoitlar shakllangan. Ularga quyidagi omillarni kiritish mumkin:
-tovarlarni distribyutsiyalash tizimlarida zaxiralar va transport xarajatlarining o‘sishi;
-transport tariflarining o‘sishi;
marketing konsepsiyasi paydo bo‘lishi va tez tarqalishi;
harbiy yetkazib berish nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi.
Bu davr davomida marketing bo‘yicha bir qator asarlar nashr qilingan, ularda jismoniy taqsimlashning marketingning tarkibiy qismi sifatidagi tabiati ochib berilgan, uning tovarlar sotishni tashkil qilish va samaradorligini oshirishdagi alohida roli ko‘rsatilgan. Marketing konsepsiyasi jahon iqtisodiyotining sotuvchi bozoridan xaridor bozoriga asta-sekin o‘tishining natijasi sifatida vujudga kelishi biznesda yetkazib berishning paydo bo‘lishini izohlovchi asosiy omil bo‘ladi. Ushbu davr harbiy yetkazib berishning avvalo AQSHda faol rivojlanishi bilan ta’riflanadi[22, 12-b]. 50-yillarning boshiga kelib, harbiy yetkazib berishning nazariyasi asosan shakllanib bo‘lgan. Ishlab chiqilgan logistik yondashishlarning amaliy ahamiyati Ikkinchi jahon urushi yillarida Amerika armiyasi tomonidan isbotlangan, u vaqtda ta’minlash, omborlarga joylashtirish va tashishni yagona boshqarish va muvofiqlashtirish tamoyillari muvaffaqiyatli qo‘llanilgan edi. AQSH va jahondagi eng eski tashkilot 1915 yilda tashkil qilingan xaridlarni boshqarish muammolari milliy assotsiatsiyasi bo‘lib, u 1967 yilda ta’minot vakillarining milliy assotsiatsiyasiga qayta tashkil qilingan[4. 210-b].
2. Marketingning tarkibiy qismi sifatida jismoniy taqsimlash konsepsiyasining vujudga kelish davri (1950-1970) yetkazib berishning nazariyasi va amaliyoti shakllanishi, ishlab chiqarish va taqsimlashda xarajatlarni pasaytirishning yangi yo‘llarini qidirish, axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan ta’riflanadi.
Marketing falsafasi xorijda keng tarqalgan. Shu bilan bir vaqtda, avvallo xarajatlarni pasaytirish nuqtai nazaridan distribyutsiyalash (jismoniy taqsimlash)ni yaxshilash imkoniyatlarini endi nazarga ilmaslik mumkin emasligi tushunila boshlandi.
Jismoniy taqsimlashda umumiy xarajatlar konsepsiyasining vujudga kelishi logistik rivojlanishning asosiy omillaridan biri bo‘lgan. Bu konsepsiyaning ma’nosi distribyutsiyada xarajatlarni shunday qayta guruhlash mumkinki, tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga harakatlantirishda ularning umumiy darajasi pasayishidan iboratdir.
Masalan, tovarlar tashishni avtomobildan havo transportiga o‘tkaza turib, oraliq omborlarini tashkil qilish zaruratidan qochish, ya’ni zaxiralarni omborlarga joylashtirish, saqlash va boshqarishga xarajatlarni bartaraf qilish mumkin va shaxsan tashishga xarajatlar oshsa ham, taqsimlash tarmog‘idagi xarajatlarning umumiy darajasi kamayadi. Boshqa misol ikkita muhim logistik masalalar zaxiralarni boshqarish va tashish o‘rtasidagi ichki o‘zaro munosabatlarni tasdiqlaydi.
Umumiy xarajatlar konsepsiyasi logistik qarorlar tushunchasi metodologiyasini rivojlantirish uchun bazis bo‘ladi. Shuning bilan birga ushbu davrda yetkazib berishning jadal rivojlanishini izohlovchi yana bir qator obyektiv iqtisodiy va texnologik omillar mavjud bo‘lgan. Ulardan asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin: iste’mol talabining modellari va munosabatlaridagi o‘zgarishlar (oligopolistik bozorlarning rivojlanishi); ishlab chiqarishga xarajatlar omilining bosimi, kompyuter texnologiyalaridagi taraqqiyot; zaxiralarni shakllantirish strategiyalaridagi o‘zgarishlar; harbiy tajribaning ta’siri. Bu omillar 1960 yilda AQSHda eng yaqqol namoyon bo‘lgan. Bozorda xaridorlarga e’tiborning kuchayishi (xususan, servis xizmatlari ulushining ko‘payishi) va bir xildagi ehtiyojlarni qanoatlantiruvchi turli-tuman tovarlarning katta miqdori paydo bo‘lishi (raqobatli tovarlar) asosiy tendensiyalar bo‘lib qoldilar, bu talab va taklifni muvofiqlashtirish yo‘llarini hamda iste’molchilarga yaxshiroq xizmat ko‘rsatish usullarini qidirishga majbur qilgan. Mahsulotga buyurtma berish va ishlab chiqarish davrini qisqartirishga yangi logistik yondoshishlar vujudga kelgan[6. 18b]. Tovarlar turli-tumanligining oshishi deyarli avtomatik ravishda distribyutsiya tizimlarida zaxiralarni tashkil qilish va saqlab turishga xarajatlarni ancha o‘sishiga olib kelgan, bu tovar o‘tkazuvchi tuzilmalarda takomillashtirish va jimsoniy taqsimlash jarayonlarida xarajatlarni qisqartirishning yangi yo‘llarini topishni talab qilgan. Yetkazib berish yo‘nalishi rivojlanishiga yordam beruvchi eng muhim omillardan biri biznesda hisoblash texnikasi va axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘lgan. Sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidagi ilmiy-texnika taraqqiyoti ko‘p muqobilli va muqobillashtirilgan masalalar, chunonchi transport turini tanlash, ishlab chiqarish va omborlarni joylashtirishni muvofiqlashtirish, muvofiq yo‘nalishlarni tanlash, mahsulotlarning ko‘p navli zaxiralarini boshqarish, resurslarga talab va ehtiyojlarni bashoratlash kabilarni hal qilish zarurligiga olib kelgan. Bu vazifalar rivojlanayotgan kompyuter texnologiyalari e’tiborisiz qolmagan, keyingilar 50-yillarning o‘rtalaridan boshlab biznesga faol tatbiq etila boshlagan [15. 27-b].
1960 yillarning oxirida G‘arbda menejmentning integral quroli sifatida biznes-yetkazib berish konsepsiyasi shakllangan. Konsepsiyaning asosiy mazmuni quyidagidan iboratdir: «Yetkazib berish faoliyat barcha turlarining menejmenti, ular tovarga taklifni talabga belgilangan joyda va belgilangan vaqtda harakatlanishi va muvofiqlashishiga yordam beradilar». Shu bilan birga ko‘rib chiqilayotgan davr yetkazib berishning umumlashtirilgan ta’rifini berishga harakat qilishni to‘xtatmagan. Jahondagi eng obro‘li yetkazib berish tashkilotlaridan biri-keyinchalik yetkazib berish menejmenti kengashiga qayta tashkil qilingan jismoniy taqsimlash menejmenti bo‘yicha milliy kengash, shu vaqtda yetkazib berishni quyidagicha ta’riflagan: «Yetkazib berish - bu yakuniy mahsulotlarni ishlab chiqarishning oxiridan xaridorga, ba’zi bir hollarda xomashyoni ta’minot manbaidan ishlab chiqarish tomon harakatlanishini o‘z ichiga oluvchi samarali harakatlanish bilan bog‘liq faoliyatning keng assortimentidir. Bu faoliyat o‘z ichiga materiallarni tashish, omborga joylashtirish, ishlab chiqish, himoyaviy o‘ralish, zaxiralarning nazorati, ishlab chiqarish va omborlar joylashgan yerni tanlash, talabni bashoratlash, marketing va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni oladi».
Logistlar tashkiloti quyidagi ta’rifni taklif qilgan:
«Logistik boshqaruv san’ati va fani, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun rejalashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish uchun ko‘chirish vositalarini rejalashtirish, ta’minlash va qo‘llashni ko‘zda tutuvchi texnika va texnik usullardir».
Rivojlanish davri (1970-1980) biznes-yetkazib berish konsepsiyasi asosida ishlab chiqarish va distribyutsiyalash (taqsimlash)da xarajatlarni kamaytirishning yangi yo‘llarini qidirish hamda logistik tizimlarni keng yoyish va sanoat yetkazib berish tamoyillari va sifatni umumiy boshqarishning falsafasini qo‘llash bilan ta’riflanadi. Ammo foydani oshirishdan manfaatdor firmalarning ko‘pchiligi uchun xarajatlarni nazorat qilish va kamaytirishga logistik yondashish hali aniq bo‘lmagan. Logistik muvofiqlashtirishni tatbiq qilishga harakatlarni ko‘pgina yirik firmalarda menejmentning o‘rtacha yuqori bo‘g‘inining qarshiligiga duch kelgan.
|