|
Mundarija kirish ibob. O‘zbek adabiyotshunosligida nazariy muammolarning o‘rganilishi
|
bet | 2/6 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 162,5 Kb. | | #137231 |
Bog'liq quronov Kurs ishining obyekti. D. Quronov haqida ilmiy maqolalar.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Barchamizga ma`lumki, Dilmurod Quronov keyingi chorak asr mobaynida o‘zbek tanqidchiligida faol rnehnat qilayotgan, maqolalari va o‘tkir fikrlari tufayli katta qiziqish bilan o‘qilayotgan va bahslarga sabab bo‘layotgan, badiiy asarlarga munosabatda qator yangi qarashlar, yangi mezonlami ilgari surayotgan munaqqidlardan biridir. Ushbu tadqiqot ishimizda D.Quronovning adabiy-nazariy qarashlari, ijod va hayot yo`liga yana bir nazar tashladik.
Kurs ishining tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish qism, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat
|
I BOB. O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA NAZARIY MUAMMOLARNING O‘RGANILISHI.
1.1. "Adabiyot nazariyasi" faniga oid manbalar va ularning qiyosi.
Adabiyotshunoslik (arabcha- adab, forscha- tanish, o‘rganish) fanning nomidan uning o‘rganish sohasi – obyekti adabiyot ekanligi ochiq- oshkor ko‘rinib turibdi. “Adabiyot” so‘zi arabcha “adab” so‘zining ko‘plik shakli bo‘lib, “chiroyli xulqlar” ma’nosini ifodalaydi. Ko‘rinib turibdiki, so‘zning etimologiyasi, ya’ni lug‘aviy kelib chiqishi bilan uning hozirda biz qo‘llayotgan ma’nosidan tamom farqlanadi. Hozirgi o‘zbek tilida ushbu so‘z keng va tor ma’nolarda qo‘llanadi. Keng ma’noda qo‘llanganida, “adabiyot” so‘zi o‘qishga mo‘ljallab yozilgan va chop qilingan barcha asarlar ni o‘z ichiga oladi. Nutqiy muloqatda esa biz “adabiyot” so‘zining ko‘proq tor ma’nosini faol ishlatamiz va bunda so‘z san’ati- badiiy adabiyotni nazarda tutamiz. E’tiborli jihati shuki, istilohning ayni shu tarzda (tor va keng ma’nolarda) qo‘llanishi rus va boshqa bir qator xorij tillarida ishlatuvchi “literature” so‘ziga ham xosdir.
1Mavzuning qo‘yilishi gapni “Adabiyot nadir?” savoliga javobdan boshlashni taqozo etadi. Bir qarasak javobi u qadar qiyinmasdek-u, kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida negadir bot-bot qalqib chiqaveradi shu savol. Fransuz adabiyotshunosi R.Bartning bundan oltmish yil avval “bizning asrimiz (oxirgi yuz yil), ehtimol, adabiyot nadir masalasini muhokama qilish asri deb atajak” degani ham bejiz emas. Bunga amin bo‘lmoq uchun xotiramizni bir qismini varaqlasak kifoya: 1914-yil Cho‘lponning “Adabiyot nadir?” maqolasi e’lon qilindi; 1949-yil- fransuz adibi va faylasufi Jon Pol Startr “Adabiyot nadir?” nomli maqola billan chiqdi; Mumtoz Sharq adabiyotshunosligi an’analariga muvofiq tarzda o‘zbek mumtoz adabiyotshunosligida ilmi aruz (Navoiy, Bobur), ilmi qofiya va ilmi badi’ (Xudoydod Taroziy) doirasidagi na’zariy masalalar ancha keng o‘rganilgan. Biroq, mazkur masalalar adabiyot nazariyasining birgina qismi- poetika doirasi bilangina cheklanadi. To‘g‘ri, Sharqda “muallimi soniy” deya ulug‘lanuvchi2Farobiy o‘z davrida yunon faylasufi Arastu ta’sirida va bevosita uning asarlarini sharhlash asnosi badiiy adabiyot spetsifikasi (mohiyati), adabiy tur va janrlar, syujet, kompazitsiya kabi nazariy masalalarga ham e’tibor qaratgan. Farobiydan keyin ushbu masalalar mumtoz adabiyotshunosligimiz e’tibor idan butkul chetda qoldi. Sababi, asosiy diqqat e’tibor tatbiqiy masalalarni yoritishga qaratildi. Xususan, mumtoz adabiyotimizda she’riyatning yetakchiligi bois she’rshunoslik sohasiga taalluqli: vazn, qofiya, she’riy san’atlar, she’riy shakllar kabi masalalar keng yoritilib, yo‘riqnoma xarakteridagi ko‘plab risolalar yaratildi. Boshqacha aytganda, mumtoz adabiyotshunosligimizda adabiy nazariyasi tugal bir tizim holiga kelmadi, aksincha, ushbu fan tizimining bitta uzviy doirasida cheklanib, tatbiqiy xarakterdagi hodisa sifatida qoldi. Taqriban o‘n yillar ichida vaqtli nashrlarda e’lon qilingan. Cho‘lponning “Adabiyot nadur?”, Fitratning “She’r va shoirlik”, “San’tning manshai”, Abdulla Avloniyning “Sanoyi nafisa”, A. Sadiyning “Go‘zal san’at dunyosida” kabi bir qator maqolalar ayni shu ehtiyojni qondirish yo‘lidagi urinishlar natijasidir. A. Sadiyning “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” (1924) hamda Fitratning “Adabiyot qoidalari” kitoblarida yangi adabiyotning nazariy asoslari muxtasar bayon qilingan. O‘tgan asrning so‘ngi o‘n yilligi – mustaqillikning ilk yillarida, bir tomondan, o‘tish davri murakkabliklari, ikkinchi tomondan, ilmiy-nazariy va badiiy- estetik asoslarni qayta ko‘rib chiqish jarayoni bilan bog‘liq holda o‘zbek tanqidchiligida ham biroz oqsash kuzatildi. Tanqidchilik qarshisida mafkuraviy qoliblardan to‘la forig‘ bo‘lish, badiiy asarga yondashuv, uni tahlil qilish va baholash prinsiplarini tubdan yangilash ko‘ndalang bo‘lgan edi. Mustaqillikdan “ikkinchi nafas”i ochilgan O.Sharafiddinov, U. Normatov, N. Karimov, I. G‘ofurov, A. Rasulov kabi katta avlod munaqqidlari hamda ularning yoniga kirgan keying bo‘g‘inlarning 3S.Meli, A.Otaboyev, Sh.Rizayev, R. Qo‘chqorov, A. Ulug‘ov, I.Yoqubov, R. Rahmat, U. Hamdam singari o‘nlab vakillaring sa’y-harakatlari bilan bu vazifa uddalandi. Hozirda mazkur yangilanishning ilk samaralari nish berdiki, bu o‘zbek adabiy tanqidchiligining istiqbolidagi nishonadir. Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning mohiyati, rivojlanish omillari va qonuniyatlari, jamiyat hayotidagi o‘rni va vazifalari, badiiy asar tabiati va uning tuzilishi, badiiy til xususiyatlari, adabiy turlar va janrlar kabi masalalarini umumiy tarzda o‘rganadi va shu asosda umumiy qonunyatlarini ochib beradi. Shuningdek, adabiyot nazariyasi badiiy obraz va obrazlilik, badiiy obraz va real munosabatlari, dunyoqarash va badiiy ijod jarayonlari, badiiy ijoddan iborat. Adabiyot nazariyasi badiiy asarlarni tahlil qilish tamoyillari, baholash mezonlari, tahlil metodlarini ishlab chiqadi, adabiyotshunoslik uchun zarur adabiy-nazariy tushunchalar tizimini yaratadi. Ko‘rib turganimizdek, adabiyot nazariyasi adabiyotshunoslik ilmining yadrosini tashkil qiladi. Agar adabiyot nazariyasi adabiyot tarixi va adabiy tanqid yutuqlarini umumlashtirsa, bu ikkisi o‘z faoliyatida adabiyot nazariyasi ochgan qonuniyatlar, u ishlab chiqqan ilmiy tushunchalar tizimiga tayanadi.
Shu tariqa adabiyotshunoslikning har uchala asosiy sohalari bir- biri bilan bog‘lanadi, yaxlit bir tizim- adabiyotshunoslik ilmini tashkil qiladi.4 XX asr boshlarida o‘zbek adabiyotini o‘rganish masalasi g‘oyat dolzarb bo‘lgan mustaqillik yillarida mazkur ijodkorlarning hayoti va adabiy faoliyati ko‘plab tadqiqotlarning obyektiga aylangani bilan izohlanadi. Adabiyot tarixchisi sifatida konkret badiiy asar tahlil qilinganida ham o‘sha asar yaratilgan davr sharoiti, davr adabiy jarayoni xususiyatlarini ko‘zda tutish shart qilinadi. Zero, har qanday asar, eng avvalo, o‘zi yaratilgan davrning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlariga javob sifatida dunyoga keladi. Demak, uning mazmun-mohiyatida, poetik tizimida bu hol aks etadi. Shunga ko‘ra, masalan, “Qutadg‘u biligda” davlat tuzilishi, uni oqilona boshqarish masalalari markaziy o‘rin tutgani, har bir ijtimoiy toifaning vazifalari nimalardan iborat ekanligini tushuntirishga ayricha ahamiyat berilganining sababi asar yaratilgan davr tarixiy sharoitidan kelib chiqibgina aniqlash mumkin. Epik turdagi spetsifik xususiyatlar haqida gap ketganda eng avval voqeabandlik tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarlarda zamon va makonda kechuvchi voqea-hodisalar tasvirlanadi, so‘z vositasida o‘quvchi tasavvurida reallik kartinalarga monand jonlana oladigan to‘laqonli badiiy voqealiklar yaratiladi. Tasavvurda realligiga monand, o‘zining tashqi shakli bilan jonlangani uchun epik asardagi badiiy voqealik “Plastik tasvirlangan” deya tavsiflanadi. Epik asarda plastik elementlar bilan bilan bir qatorda noplastik elementlar ham mavjud bo‘lib, ular muallif obrazini tasavvur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik asarning noplastik elementlari deyilganda muallif mushohadalari, o‘y-fikrlari, tasvir predmetiga hissiy munosabati kabilar tushuniladi.
Epik asarlarning janrlarga ajratish prinsiplari masalasida adabiyotshunoslikda hanuz yakdil to‘xtamga kelgan emas. Shu bois ham bunda bir qator xususiyatlarni e’tiborga olish zarur bo‘ladi. Eposni janrlarga ajratishda, odatda, eng avval epik asarlarda hayot(voqea)likni badiiy qamrov ko‘lami turlicha bo‘lishidan kelib chiqadi. Masalan, muayyan epik asar hayotdan (yoki qahramonlar hayotidan) birgina epizodni (hikoyani), qahramon hayotidan butun bir etapni (qissa) yoxud qahramon hayotining katta bir davrini qalamga oladi. Shunga ko‘ra, adabiyotshunoslikda katta, o‘rta, kichik epik shakl (janr)larga ajratiladi. Bir qarashda mazkur belgi masalasida hech bir munozaraga o‘rin yo‘qday ko‘rinishi mumkin. Biroq badiiy adabiyot taraqqiyotining keying davrlarida, eposga dramaning kirib kelishi va syujet vaqtining qisqaraborishi barobari bu xil tamoyilning ojiz tomonlari topora ko‘proq ayon bo‘lib qolayotir. Dramada tasvir predmetining – harakat (sodir bo‘layotgan voqea) unda obyektning plastik obrazi yaratiladi. Shu ma’noda, “dramada subyekt ham obyektga singdirilib yuboriladi” qabilidagi keng ommalashgan qarashni izohlashga zarurat bor. Gap shundaki, agar subyektning ham obyektga singishini, masalan, “muallif persanojlarga o‘zidan nimadir qo‘shgan, ya’ni talqinda avtobiografiklik bor” tarzida tushunilsa, badiiy ijod tabiati bilan belgilanuvchi bu jihatni aslo inkor qilib bo‘lmaydi, bunga qo‘shilish lozim. Biroq dramada muallif har qanday holda ham “sahna”da sodir bo‘layotgan voqeani tashqaridan kuzatib turuvchi maqomida qolish, ya’ni, epik turdagidan farqli o‘laroq, subyekt hech qachon obyektga qorishib ketmasligini unutmaslik kerak. Mazkur ikki jihat dramaning turga xos belgilovchi xususiyatlari bo‘lsa, dramatik asarning qurilishi, poetik o‘ziga xosligini belgilovchi eng muhim xususiyat uning sahna uchun yaratilishidir. Zero, sahnaga mo‘ljallab yozilgan asar ijroni ham ko‘zda tutishi zarur bo‘ladi. Ayni talabga muvofiq holda, avvalo, dramatik harakat- syujet voqealari makon va zamonda cheklangan bo‘ladi. bu esa ijro vaqtiga sig‘ish uchun asarning keskin konflikt asosida shiddat bilan rivojlanuvchi syujetga qurilishini taqozo qiladi. Rafshanki, bu xil syujetning rivojlanish vaqtida ham chegaralangan, shu bois dramatik syujet voqealari sabab- natija munosabatlari asosida konsentratsiyalanadi. Voqealar orasidagi sabab- natija munosabatlari esa ularning makoniy va zamoniy jihatlarida yaqin bo‘lishni taqozo qiladi. Lirika (yunoncha, cholg‘u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo‘lib, o‘zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikani belgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg‘u kechinmalarini tasvirlanishi olinadi. Ya’ni epos va dramadan farqli o‘laroq, lirika voqealikni tasvirlmaydi, uning uchun voqealik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatida ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarda voqealik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi, yana ham aniqrog‘i, lirik asarda voqealikdan kechinmani tasvirlash uchun yetarli darajadagi “parchalar” detallargina aks etishi mumkin.
Adabiyot nazariyasi –adabiyotshunoslik fanining bir bo‘limi. Badiiy adabiyot, uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati, yaratilish qonuniyatlari, taraqqiyot yo‘llarini, badiiy asarning tasviriy hamda ifoda vositalari, tarkibiy qismlari, adabiy turlar va janrlarini o‘rganadi. Adabiyot nazariyasi badiiy so‘z san’atining ijodiy tajri-balariga asoslanib, o‘zining barcha na-zariy xulosalarini yaxlit bir davr yoki davrlarning badiiy so‘z mahsuli hamda ayrim badiiy asarlarining tahlilidan, tarixiy-adabiy jarayonni o‘rganishdan keltirib chiqaradi. Badiiy adabiyotni bevosita yaratuvchilarning adabiy ijod haqida aytgan fikrlari ham Adabiyot nazariyasi tomonidan e’tiborga olinadi, ammo bu borada Adabiyot nazariyasi badiiy ijod tajribalari-da tasdiqlangan ijodiy haqiqatlarga murojaat qilib boradi. Adabiyot nazariyasi adabiyotning boshqa ijtimoiy ong shakllaridan farqli jihatlarini ham belgilab beradi. San’at turi sifatida adabiyotning uziga xosligi uning so‘z vositasida ob-raz yaratishida ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun ham Adabiyot nazariyasi da badiiy, obrazli tasvir va ifoda masalalari ham o‘rganiladi. Badiiy adabiyotda mazmun bilan shakl bir-ligi va mutanosibligi Adabiyot nazariyasi ning bosh ma-salasidan biri hisoblanadi. Mazmunsiz shakl bo‘lmaganidek, shaklsiz mazmun ham bo‘lmaydi. Har qanday shakl mazmunlash-ganidek, har qanday mazmun shakllash-gandagina to‘la voqe bo‘ladi. Mazmun – badiiy asarning hamma qismlarini belgilovchi, uyushtiruvchi asos. Badiiy adabiyotda mazmun – jonli hayot, uning xilma-xil qirralari, murakkabligi, boyligi va go‘zalligidir. Har qanday g‘oya badiiy asarning mazmunini tashkil eta olmaydi, u faqat badiiy xususiyatga ega-ligi, inson, jamiyat uchun ahamiyatliligi bilan barchani qiziqtira olgan g‘oyalargina badiiy asar mazmunini tashkil etadi. Badiiy shakl ham mazmunga nisbatan farqsiz hodisa emas. Chunki har qanday g‘oya hayotning o‘zida aniq hayotiy hodisa shaklida namoyon bo‘ladi, bu hodisaning shaklini mazmundan ajratib bo‘lmaydi. Binobarin, har qanday badiiy g‘oya o‘ziga mutanosib badiiy shakldagina o‘z mohiyatini to‘la namoyon etadi. Alisher Navoiy "Hamsa"da o‘z zamonida shoirlik da’vo qilib yurgan ko‘plab kishilarning shakl bobidagi no‘nokligini qoralaydi. Chunki, faqat shakli mazmuniga to‘la mos bo‘lgan asargina haqiqiy badiiy asar bo‘la oladi. Shuning uchun ham Adabiyot nazariyasi badiiy asarning tarkibiy qismlari (syujet, konflikt, kompozitsiya va boshqalar), adabiy turlar va janrlar haqidagi masalalarni keng yoritadi. Insoniyat tarixida bo‘lgan ijodiy uslublar, adabiy oqimlar, mak-tablar Adabiyot nazariyasi da o‘zining aniq ta’rifu tavsifini topali. O‘tmish adabiyot bilan hozirgi zamon adabiyoti o‘rtasidagi doimiy vorislik (an’ana va yangilanish) masalalari ham Adabiyot nazariyasi ga aloqadordir. Turli xalqlar adabiyotlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bir-birlarini boyitish-dan iborat ijobiy tarixiy jarayonning qonuniyatlarini aniqlash ham Adabiyot nazariyasi ning doimiy o‘rganuvchi sohalaridan birini tashkil etadi. Dunyo xalqlari she’riyatiga xos tizimlar, ularning tuzilishi va shakllari Adabiyot nazariyasi ning bevosita tadqiqot manbaidir. Badiiy adabiyotning o‘tmishi, hozirgi ahvoli va istiqboldagi rivojlanish tamoyillarini belgilab berish Adabiyot nazariyasi ning eng muhim vazifasi sanaladi.Sharkda Adabiyot nazariyasi ning yuqrrida qayd etil-gan barcha muammolarini yaxlit o‘rganuvchi maxsus fan sohasi bo‘lmagan. Bu masalalar 3 yo‘nalishdagi mustaqil sohalar do-irasida olib borilgan. Bular: aruz ilmi, qofiya ilmi va balog‘a ilmi, ya’ni badi-iy so‘z san’atlari haqidagi sohalardan iborat. Shu bois Sharq mumtoz adabi-yotshunosligi tarixiga nazar tashlansa, yuqorida ko‘rsatilgan 3 yo‘nalishdagi ilmiy manbalar alohida-alohida bayon etilganligi ma’lum bo‘ladi. Mac, Muhammad bin Umar ar-Roduyoniyning "Tarjimon ul-balog‘a", Rashididdin Vat-votning "Hadoiq us-sehr fidaqoiqush-she’r", Alisher Navoiyning "Mezon ul-avzon", Bobo‘rning "Muxtasar", Husayn Voiz Koshifiyning "Badoye ul-afkor fi sanoye-ul-ash’or", Atoullo Husayniyning "Badoye us-sanoye’", Vohid Tabriziyning "Jam’i muxtasar" kabi asarlarida aruz, qofiya va badiiy san’-atlar haqida alohida-aloxdda fikr yuri-tilgan. Sharq adabiy-nazariy ta’limoti asosan she’riyat materialiga asoslangan bo‘lib, ularda badiiy nasr, dramaga oid nazariy kuzatishlar uchramaydi. 5Chunki Sharq mumtoz adabiyotida badiiy nasr va drama janrlari mavjud emas edi. Sharq adabiy-nazariy qarashlari rivojiga Abu Nasr Forobiy "Kalom fish-she’r va al-qavofi" ("She’r va qofiyalar haqida so‘z"), "Kitob fil-lug‘ot" ("Til haqida kitob"), "She’r san’ati", Ibn Sino "Uyun-al-Hikma" kabi asarlari bilan katta hissa qo‘shdilar.O‘zbek adabiyotshunosligida Adabiyot nazariyasi ga 176oid haqiqiy yaxlit ilmiy asar 20-asr ning 20-yillarida Fitrat tomonidan yaratildi. Uning "Adabiyot qoidalari" kitobida badiiy adabiyotning o‘ziga xosligi, ijtimoiy tabiati, adabiy tur va janrlar, syujet, kompozitsiya, badiiy nutq va mahorat masalalari haqida ilk bor yax-lit ma’lumotlar berilgan. Abdurahmon Sa’diyning "Adabiyot nazariyasi" asari Adabiyot nazariyasi ga oid ilk asarlardan hisoblanadi. Shulardan keyin Adabiyot nazariyasi ga oid ikkinchi asar 1939 yilda I. Sulton tomonidan yaratildi. Keyinchalik O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti tomonidan ikki jild-li "Adabiyot nazariyasi" (1-jild 1978, 2-jild 1979), 1980 yilda I. Sultonning "Adabiyot nazariyasi" darsliklari chop ettirildi. Adabiyot nazariyasi rivojiga H. Yoqubov, M. Yunusov, M. Qo‘shjonov kabi olimlar ham katta hissa qo‘shdilar.G‘arb adabiyotshunosligida Aristo-telning "Poetika" asari Adabiyot nazariyasi ga oid asosiy manba sifatida qo‘llanilib ke-lindi. 17–18-asrdan boshlab Bualo, Di-dro, Lessing , Gerder, Gyote, Shiller kabi olimu adiblar tomonidan Adabiyot nazariyasi ga oid na-zariy asarlar yaratila boshlandi. 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida nemis faylasuflari Kant, Fixte, Shelling , Gegel va boshqa badiiy adabiyot qonuniyatlarini yaxlit o‘rganuvchi Adabiyot nazariyasi yaratishni boshlab berdilar. Rossiyada M. V. Lomonosov, A. N. Radishchev, V. G. Belinskiy, N. G. Chernishev-skiy, A. N. Dobrolyubov, A. I. Gersen va boshqa adabiy-nazariy qarashlar rivojiga muayyan hissa qo‘shdilar.
|
| |