• 4-modul. Tasvirlarni qayta ishlash va tahlil qilishning asosiy bosqichlari.
  • Mundarija kirish modul. Kirish




    Download 7,72 Mb.
    bet18/58
    Sana24.05.2024
    Hajmi7,72 Mb.
    #252522
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi-1

    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

    1. Rang haqida umumiy tushuncha.

    2. Rangning RGB modeli tushuntiring.

    3. Rangning SMU modelini tushuntiring.

    4. Ranglarning boshqa modellari haqida aytib bering.

    5. Ranglarni kodlash. Palitra haqida aytib bering.


    4-modul. Tasvirlarni qayta ishlash va tahlil qilishning asosiy bosqichlari.


    Reja:

    1. Tasvirlarni qayta ishlash va tahlil qilishning asosiy bosqichlari.

    2. Rastrli tasvirlarni matematik tasvirlash.

    3. Rastrli tasvirlarni qayta ishlash usullari.

    4. Tasvir gistogrammasi.

    5. Oddiy geometrik akslantirishlar.

    6. Tasvirlarni sifatini yaxshilash usullari.

    7. Kontrastni o`zgartirish.


    Tasvirlarni qayta ishlash ko`plab sohasi xususiyatlarini o`zida birlashtirish tabiatiga ega bo`lgan fan yo`nalishidir. Avvalo tasvirlarni qayta ishlash turli fan tushunchalarini birlashtirdi. Tasvirli obyektni belgilari bilan raqamli signallarning qanday bog`liqligini bilish zarur. Bu erda rang-barang fizik jarayonlarni o`z ichiga olgan bo`lib, tasvirni yorug`ligini geometrik tarqalishidan tortib, toki radiometrik shakllantirishlarigacha borib taqaladi. Tasvirni hosil qiluvchi datchiklar yorug`lik energiyasini u yoki bu elektrik signallar orqali ifodalaydi. Bu signallar esa diskret sonlar orqali va axborot qiymatlarini kompyuterlarda raqamli shaklda qayta ishlandi. Tasvirlarga raqamli ishlov berish fizika, kompyuter bilimlari, informatika, matematika, optika, algoritmlash nazariyasi va h.k., kabi ko`plab soha amallarini ketma – ket amalga oshirish jarayonlaridan iborat(4.1-rasm). Bu jarayonni muxandislik nuqtaiy – nazaridan qaraydigan bo`lsak, nazariy, optiko – elektrotexnik va dasturiy ta’minotni loyihalashdan tashkil topgan. Yuqorida aytib o`tilganidek tasvirlarga raqamli ishlov berish natijalari boshqa fan yo`nalishlarida keng foydalaniladi yoki turli fan yo`nalishlari bilan kesishadi. Masalan: metrologiya fanini qismi o`lchash masalasi, tovushli axborotni qayta ishlash masalasida, shaxsni tanib olish masalasi va boshqalar. Albatta bular sun`iy intellekt va Data Mining usullari orqali turli fan yo`nalishlarini avtomatlashtirish masalalarini hal etiladi.

    4.1-rasm. Tasvirlarga raqamli ishlov berish masalasining ierarxik tuzilmasi.
    Tasvirlarga raqamli ishlov berish natijalarining tadbiqiy ko`lami keng bo`lib, unga quyidagilarni misol qilib ko`rsatishimiz mumkin:

    Download 7,72 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




    Download 7,72 Mb.