|
Mundarija kirish modul. Kirish
|
bet | 14/58 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 7,72 Mb. | | #252522 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi-1Ai (AdobeIllustraror). Adobe Illustratorda yaratilgan vektor tasvir fayli; rastr ma’lumotlar o`rniga nuqta bilan bog`langan yo`llar yoki chiziqlar; obyektlar, ranglar va matnlarni o`z ichiga olishi mumkin. AdobeIllustraror hujjatlari fotoshopda ochilishi mumkin, ammo tasvir "rastrlashtirilgan" bo`ladi, ya’ni u vektor tasviridan bitmapga aylanadi. AdobeIllustraror formati PostscriptPage ta`rifi tili (PDL) ning pastki qismini tuzilgan faylga qamrab oladi va rasmiylashtiradi. Bunday fayllar Postscript printerda namoyish etilishi uchun mo`ljallangan, biroq ular tasvirning raster versiyasini ham o`z ichiga olishi va shu bilan oldindan ko`rishni ta`minlashi mumkin. PostScript o`zining to`liq qo`llanilishida kuchli va murakkab bir tildir va ikki o`lchovli chiqish qurilmasida namoyish etilishi mumkin bo`lgan har qanday narsani aniqlay oladi, AdobeIllustraror formati an`anaviy grafik ma’lumotlarni saqlash uchun moslangan: chizmalar, chizmalar va dekorativ yozuvlar. Shunga qaramay, AdobeIllustraror fayllari juda murakkab bo`lishi mumkin. PostScriptning kuchi, asosan, operatsiyalar ketma-ketligini belgilash va oddiy sintaksis yordamida ularni birlashtirish qobiliyatiga bog`liq. Adobe Illustrator fayllaridagi bu yashirin murakkablik ba`zan (lekin har doim ham emas) eng kam darajaga tushiriladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Tasvirlarga raqamli ishlov berish nima?
Tasvirlarga raqamli ishlov berishning kelib chiqishi.
Tasvirlarga raqamli ishlov berishni qo`llash sohalari.
Tasvirlarga raqamli ishlov berishning asosiy bosqichlari.
2. Kompyuter grafikasi turlari.
Ikki о`lchamli kompyuter grafikasi quyidagi turlarga ajratiladi:
rastrli grafika;
vektorli grafika; fraktal grafika.
Rastr so`zi informatikaga televideniyedan kirib kelgan bo`lib, lotin tilidagi rastrum - xaskash, omoch so`zidan olingan. Rastrli grafikada tasvir qatorlar va ustunlarga bo`linadi, tasvirning mayda bo`laklari – piksellardan iborat bo`ladi. Rastrlar zichligi deganda uzunlik birligiga mos keladigan piksellar soni tushuniladi va dpi (dots per inch – bir dyuymdagi nuqtalar) da o`lchanadi. Masalan, 3200x2400 o`lchamli tasviri 300 dpi zichlikda chop etish uchun 11x8 dyuym2 о`lchamli qog`oz kerak bo`ladi. 1 dyuym=300 bo`lsa, 1dyuym2 =90.000 (3200*2400)/9000 =85,3 bu esa taxminan 11x8 dyuym2 ga teng.
Tasvirlarni oddiy grafik shakllar yordamida yaratish vektor grafikasining asosini tashkil etadi. Vektor grafikasida tasvir chiziqlardan tashkil topadi.
Fraktal so`zi lotincha fractus so`zidan olingan bo`lib, maydalangan, bo`lib chiqilgan degan ma’noni bildiradi. Fraktallar deb o`ziga o`xshash qismlardan iborat bo`lgan geometrik shakllarga aytiladi. Fraktal atamasi fanga 1975-yili kiritilgan bo`lib, ular yordamida daraxtlar, o`rmonlar, bulutlar, mavjlanayotgan dengiz, alanga va tutun, oqayotgan suyuqlik kabi tasvirlarni yaratish mumkin. Fraktallardan virtual borliq, animatsiya, kompyuter o`yinlari va matematik modellashtirishda keng foydalaniladi. (2.1-rasm)
2.1-rasm. Fraktal tasvirlarning ko`rinishi.
Yuqorida keltirilgan rastr, vektor va fraktal grafikalari o`rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o`tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubkalarga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya bo`ylab bir marta chopib o`tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilgungacha saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi — chiziqdir.
Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga mo`ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo`llaniladi.
Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr — bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat. Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlar yordamida kamdan-kam holdagina yaratiladi. Ko`pincha ushbu maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo`ljallangan ko`pgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo`ljallangan. Internet tizimida ko`proq rastrli tasvirlar qo`llanilmoqda.
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya’ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko`riladi.
Fraktal grafika odatda o`yin dasturlarida qo`llaniladi.
Tasvirlarni arxivlash uchun yanada ko`proq imkoniyatlar mavjud. Birinchidan matnning sifatini pasaytirib bo`lmaydi, unda ba’zi belgilarning tushib qolishiga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Rostdan ham, agar Nodirning ismini ozgina qisqartirib, Nodi deb ketsak, Nodir bizdan astoydil xafa bo`ladi. Tasvirlarda esa ko`z ilg`amaydigan elementlarni tashlab ketsa ham bo`ladi, ya’ni tasvir sifatining bir qadar yomonlashishiga yo`l qo`ysa bo`ladi.
Ikkinchi tomondan, kompyuter alifbosida bor-yo`g`i 256 ta belgi bo`lsa, rasm elementlari – piksellarning ranglari bir necha milliard qiymatdan birini qabul qilishi mumkin. Boshqa tomondan eng katta rasmlarda ham ko`pi bilan bir necha million piksel bo`lishi mumkin. Bu esa rasm lug`atini tuzish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Rasmdagi piksellar sonining kattaligi ham undan ko`plab takrorlanadigan piksellar ketma-ketliklarini topishga imkon beradi. Misol sifatida keltirilgan osmon o`par binoning rasmining asosiy qismini ko`m-ko`k osmon tashkil etadi.(2.2-rasm) Unda esa takrorlanadigan piksellar juda ko`p. Natijada rasm hajmi yuz barobargacha va undan ko`proq kamayishi mumkin.
2.2-rasm. Osmon o`par bino.
|
| |