|
11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 2-mavzu
|
Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #272260 |
Bog'liq ikki va uch o\'lchamli kompyuter grafikasi turlari 11-sinf 11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 2-mavzu
Ikki va uch o‘lchamli kompyuter grafikasi turlari
Yaratish usuliga ko'ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi:
1) 2D (inglizeha two dimension - ikki o’lchamli jumlasidan olingan).
2) 3D (inglizcha three dimension - uch oTchamli jumlasidan olingan).
Ikki o’lchamli grafika yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar bo’lib, ularga misol sifatida printerda qog‘ozga chop etilgan fotosurat, rassom tomonidan xolst (maxsus mato)da chizilgan rasmlarni keltirish mumkin. Uch o‘lchamli grafika yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi. Bunda jismning fazoda egallagan o‘rni mayda kublar bilan to‘ldiriladi. Agar bu kublar yetarlicha kichik bo‘lsa, inson ko‘zi ularni ilg‘amaydi va kublar yaxlit bir jism sifatida ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Uch o’lchamli grafikadan animatsiya, kompyuter o‘yinlari va virtual (xayoliy) borliq yaratishda keng foydalaniladi. Virtual borliq, asosan, maxsus bosh kiyim - shlemlarda tasvirlanadi. Ikki o‘lchamli kompyuter grafikasi quyidagi turlarga ajratiladi:
1) rastrli grafika; 2) vektorli grafika; 3) fraktal grafika.
Rastr so‘zi informatikaga televideniyedan kirib kelgan bo‘lib, lotin tilidagi rastrum - xaskash, omoch so‘zidan olingan.
Monitor ekranida tasvir televizor ekranidagi kabi yaratiladi.
Rastrli grafika
Vektorli grafika
Rastrli tasvirlar skanerlar, raqamli fotoapparatlar, shu jumladan, telefonning fotokameralarida yaratiladi.
Skaner
Raqamli fotoapparat
Rastrli tasvirning o‘lchami deganda undagi ustunlar va satrlar soni tushuniladi. Masalan, 3200x2400 o‘lchamli tasvirda 7 million 680 mingta, 1920x1080 o‘lchamlisida 2 million 73 ming 600 ta piksel bor.
Rastrlar zichligi deganda uzunlik birligiga mos keladigan piksellar soni tushuniladi va dpi (dot sper inch - bir dyuymdagi nuqtalar) da o‘lchanadi.
Tasvirlarni oddiy grafik shakllar yordamida yaratish vektor grafikasining asosini tashkil etadi.
Vektor grafikasida tasvir oddiy shakllaming yig‘indisi ko'rinishi ifodalanadi, saqlanadi va tasvirlanadi.
Vektor grafikasidan chizmalar, animatsiyalar yaratishda keng foydalaniladi. Operatsion tizimdagi shriftlar vektor grafikasi asosida yaratilgan va ularning yuqori sifati barcha tomonidan e’tirof etilgan Fraktal so‘zi lotincha fractus so'zidan olingan bo’lib, maydalangan, bo’lib chiqilgan degan ma’noni bildiradi.
Fraktallar deb o‘ziga o‘xshash qismlardan iborat bo’lgan geometrik shakllarga aytiladi.
Fraktal atamasi fanga 1975-yili kiritilgan bo’lib, u qisqa vaqt ichida juda ommaviylashib ketdi.
Fraktallar oddiy matematik formulalar yordamida ajoyib tasvirlar yaratish imkonini beradi.
1. Ikki oTchamli kompyuter grafikasi turlarini, ularning afzalliklarini aytib bering. 2. Rastrli grafika o‘lchami nima va uni saqlash uchun qancha xotira kerak bo‘ladi? 3. Fraktallar haqida nimalami bilasiz? 4. Uch o‘lchamli grafika haqida nimalami bilasiz? 5. Kvadrat chizing. Uni to‘qqizta kvadratga ajrating. Burchaklardagi to‘rtta kvadratni olib qolib, qolganlarini o‘chirib tashlang. Qolgan kvadratlami ham shu usulda qayta ishlang.
|
| |