|
Mundarija Kirish. Protsessor va uning asosiy xususiyatlari
|
bet | 6/11 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 32,66 Kb. | | #229099 |
Bog'liq Zamonaviy kompyuterlarning protsessorlari80386 protsessorlari.
80386 protsessori (386) oldingi yaratilgan kompyuterlarga nisbatan unumdorligi g‘oyat yo‘qoriligi uchun kompyuterlar olamida haqiqiy shov- shuvga sabab bo‘ldi. Bu 32-razryadli protsessorining yaratuvchilari maksimal unumdorlikka va ko‘p masalali operatsion tizimlar bilan ishlash imkoniyatiga erishishni ko‘zlagan edilar .
Intel 386 protsessorini 1985 yili chiqardi,uning asosidagi tizimlar esa, masalan, Compaq Deskpro 386 va boshqalar 1986 yili oxirida 1987 yil boshida paydo bo‘la boshladi. Keyinroq IBM 80 rusumdagi PS/2 sinfidagi kompyuterni chiqardi. 386 protsessori 1991 yilgacha birinchilikni ushlab turdi, so‘ng uni mukammalroq bo‘lgan va kundan-kunga arzonlashayotgan 486 va Pentium protsessorlari siqib chiqara boshladi. Biroq u qimmat bo‘lmagan va o‘zining vaqti uchun yo‘qori unumdorli bo‘lgan portativ kompyuterlarda keng qo‘llanilar edi.
386 protsessori real rejimda, 8086 va 8088 protsessorlarining buyruqlarini taktning kam miqdorida bajara olar edi.Taktlarning o‘rtacha miqdori 286 niki singari 4,5 ga teng. Shunday qilib, 386 va 286 protsessorli kompyuterlarning takt chastotalari teng bo‘lganda, “toza ” unumdorligi ham teng bo‘ladi. Kompyuterlarni 286 protsessorning bazasida ishlab chiqaruvchi ko‘p firmalar ularning takt chastotasi 16 va 20 MGts ga teng bo‘lgan tizimlarining tezligi, 386 protsessorli, huddi shunday kompyuterlarning tezligiga tengligini tasdiqlar edilar.Va ular xaq edilar! 386 protsessorning real unumdorligi, qo‘shimcha dasturiy imkoniyatlarni kiritish va MMU (MemoryManagement Unit) xotira dispetcherini mukammallashtirish hisobiga erishildi.
386 protsessori himoyalangan rejimga va real rejimga kompyuterni oldindan qayta yuklamasdan o‘ta oladi. Bundan tashqari,real rejimda bir-biridan himoyalangan birdaniga bir nechta rejimlar bajariladigan virtuyal rejimlar (virtual real mode) bajarilishi ko‘zda tutilgan.
386 protsessorining himoyalangan rejimi 286 protsessorining himoyalangan rejimi bilan to‘la moslashuvchan. Uni ko‘p hollarda tabiy (native mode) deb ataladi,chunki ikki protsessor ham OS/2 va Windows NT operatsion tizimlar uchun ishlab chiqilgan. Yangi MMU xotira dispetcherining ishlab chiqilishi, himoyalangan rejimda xotirani manzillashning qo‘shimcha imkoniyatlarini tug‘dirdi.Chunki, yangi MMU 286 protsessorining huddi shunday tuguni bazasida ishlab chiqilgan, 386 protsessorining buyruqlar tizimi 286 bilan to‘liq moslashuvchan edi. 386 protsessoridagi yangicha usul, 8086 protsessorining ishiga taqlid qiladigan, virtual rejim o‘rnatilishidir.
Biroq bunda DOS va boshqa operatsion tizimlarning bir nechta shinalari,o‘zining himoyalangan xotira qismlaridan foydalanib, bir vaqtda ishlay oladi.
Bir qismdagi dasturning ishlamay qolishi yoki osilib qolishi tizimning alohida bo‘limlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ishdan chiqqan nusxani qayta yuklash mumkin .386 protsessorning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular samaradorligi bilan, iste’mol qiladigan quvvati va boshqa parametrlari bilan bir-biridan farq qiladi.
|
| |