Xeon oilasiga mansub protsessorlar




Download 32,66 Kb.
bet8/11
Sana13.05.2024
Hajmi32,66 Kb.
#229099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zamonaviy kompyuterlarning protsessorlari

2.5.Xeon oilasiga mansub protsessorlar.
Kuchli kompyuterlarda Xeon protsessorlari qo‘llaniladi. Ushbu protsessorlar uchun slot 2 joriy etilgan. Ushbu slot (yangi protsessorning interfeysi bilan birgalikda) FRC li ortiqcha tizimlarni ham, 1, 2, 4 va hattoki 8 protsessorli simmetrik tizimlarni ham yaratish imkonini beradi. Shinalarining chastotasi 100 MGs, yadrosining chastotasi esa 400 MGs va bundan ham yuqori, ikkilamchi keshxotira qurilmasi xuddi Pentium Pro da singari yadro chastotasida ishlaydi. Ikkilamchi kesh-xotira qurilmasining hajmi 512 Kbayt, 64 Gbaytgacha keshlashtirilganida 1 yoki 3 Mbayt (36 bitli manzil belgilanishida jamiki manzil makoni). Xeon protsessorlari nafaqat katta quvvati, balki katta, xususan: 5,2 x 12,7 x 1,9 sm o‘lchamlari bilan ham ajralib turadi.
Xeon protsessorlari tizim axborotini saqlash uchun mo‘ljallangan yangi vositalarga ega. Protsessordagi faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan protsessorga oid axborotni saqlovchi doimiy xotira qurilmasi PIROM (Processor Information ROM) yadro protsessori va kesh-xotira qurilmasining elektr tasniflarini (chastotalar diapazoni va iste’mol qilinadigan elektr kuchlanishlarni), S- tasniflarni va protsessorning 64 bitli seriya raqamini saqlaydi.
CPUID identifikatsiyalash yo‘riqnomasiga ko‘ra bunday axborotga kirib bo‘lmaydi. Energiya jihatidan muxtor sanalgan Scratch EEPROM xotira qurilmasi protsessorni (yoki ushbu protsessor o‘rnatilgan kompyuterni) yetkazuvchi tomonidan tizimga oid axborotni kiritish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bundan boshqa navbatdagi axborotni kiritishdan himoya qilingan bo‘lishi mumkin. Protsessor, haroratni nazorat qilib borish uchun dasturlanadigan qurilma bilan birgalikdagi harorat datchigi (yadro kristali ustiga joylashtirilgan termodiod) bilan jihozlangan. Ushbu qurilma kartridj sinovdan o‘tkazilayotgan bosqichda muayyan protsessordagi termodiod bo‘yicha tekshirib to‘g‘rilanadigan analog-raqamli o‘zgartirgichga ega. Termometr sozlanishining doimiy soni (konstantasi) PIROM ga kiritiladi. Haroratni nazorat qilish qurilmasi dasturlanadi, ya’ni unga o‘zgartirishlar chastotasi hamda harorat chegaralari kiritiladi. Harorat ushbu chegaralarga yetganida tizim ishida uzilish ro‘y bergan signal shakllanadi. PIROM, Scratch EEPROM va haroratni nazorat qilish qurilmasi bilan hamkorlik qilish uchun protsessor I C interfeysiga asoslangan ketma-ket ulangan qo‘shimcha SMBus (System Management Bus) shinasiga ega.



Download 32,66 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 32,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xeon oilasiga mansub protsessorlar

Download 32,66 Kb.