|
Protsessorning takt chastotasi va takt chastotasini markorlash
|
bet | 3/11 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 32,66 Kb. | | #229099 |
Bog'liq Zamonaviy kompyuterlarning protsessorlari2.1. Protsessorning takt chastotasi va takt chastotasini markorlash.
486DX2dan boshlab deyarli barcha zamonaviy protsessorlar, tizimli plataning takt chastotasining biror ko‘paytuvchisi bilan yig‘indisiga teng. Masalan, Celeron 600 protsessori tizimli plataning takt chastotasidan(66 MGts) to‘qqiz marta katta bo‘lgan takt chastotasida ishlaydi, Pentium III 1000 tizimli plataning takt chastotasidan etti yarim baravar katta bo‘lgan chastotada ishlaydi (133 MGts). Tizimli platalarning ko‘pchiligi 66 MGts takt chastotasida ishlaydi; aynan shunday chastotani 1998 yilgacha Intelning barcha protsessorlari qo‘llar edi va yaqinda shu firma 100 MGtsga mo‘ljallangan tizimli mantiq mikrosxemalar majmuyini va protsessorlarini ishlab chiqdi.
Cyrix firmasining ba’zi protsessorlari 75 MGts da ishlash uchun nazarda tutilgan va Pentium uchun mo‘ljallangan ko‘plab tizimli platalar ham shu chastotada ishlay oladi Odatda tizimli plataning takt chastotasini va ko‘paytuvchsini ulovchi yordamida yoki boshqa tizimli platani konfiguratsiyalash protseduralari orqali aniqlash mumkin (masalan, BIOS parametrlarini o‘natish dasturidagi mos qiymatlarni tanlash yordamida ).
1999 yil oxirlarida 133 MGtsga mo‘ljallangan tizimli platalar paydo bo‘la boshladi. Bu platalar Pentium III protsessorining barcha zamonaviy rusumlarini qo‘llar edi.
Shu davrda AMD firmasi Athlon protsesorini, shuningdek protsessor va North Bridge mikrosxemalari majmuining bir qismi bilan ma’lumot uzatishning ikkilangan koeffitsientiga ega bo‘lgan (ya’ni 200 MGts chastotali), 100 MGtsni qo‘llaydigan tizimli platalarni chiqardi.
Zamonaviy kompyuterlarda, odatda tizimli platada joylashuvchi, o‘zgaruvchan chastota generatoridan foydalaniladi; u tizimli plata va protsesor uchun tayanch chastotasini vujudga keltiradi. Pentium protsessori tizimli platalarining aksariyatida takt chastotasining, uch yoki to‘rt qiymatidan bittasini o‘rnatish mumkin. Bugunga kelib, berilgan tizimli plataning takt chastotasiga bog‘liq holda, turli chastotalarda ishlovchi protsessorlarning ko‘plab talqinlari chiqarilmoqda. Masalan, aksariyat Pentium protsessorlarining tezligi tizimli plataning tezligidan bir necha marta oshib ketadi.
|
| |