|
I-labaratoriya mashg’uloti Mavzu: Matnli hujjatda jadvallarni joylashtirish va ular bilan ishlash kiri sh
|
bet | 1/9 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 54,48 Kb. | | #132922 |
Bog'liq I-labaratoriya mashg’uloti Mavzu Matnli hujjatda jadvallarni jo-www.hozir.org
I-labaratoriya mashg’uloti Mavzu: Matnli hujjatda jadvallarni joylashtirish va ular bilan ishlash kiri sh
I-Labaratoriya mashg’uloti
Mavzu: Matnli hujjatda jadvallarni joylashtirish va ular bilan ishlash
K I R I SH
Kompyuterlarda ishlovchi har bir foydalanuvchi (mutaxassis) o’z ish faoliyatida matnli ma’lumotlar bilan ishlashga to’g’ri kelishi mumkin. Bunday vaziyatda u kompyuterlarda mavjud bo’lgan zamonaviy matn muharrirlaridan birida ishlashni bilishi lozim.
Matnli hujjatlar dunyosi faqat kitob, jurnal va gazetalardan iborat bo’lmay, balkim qog’ozga chop qilingan ixtiyoriy hujjatlar, ya’ni taklifnomalar, e’lonlar, reklamalar, hisobotlar, bibliotekadagi kataloglar va boshqa-boshqalardan ham iborat bo’lishi mumkin.
«Informatika» fanini o’rganish mobaynida har bir talaba kompyuterda mavjud bo’lgan zamonaviy matn muharrirlaridan foydalana olishni va o’z amaliy ish faoliyatida qo’llay olishi kerak.
Shaxsiy kompyuterlarda mavjud bo’lgan matn muharrirlari(Word, Bloknot, Leksikon, Chiwriter va hokazo)dan Word dasturi o’zining imkoniyatlari yuqoriligi sababli hozirgi paytda foydalanuvchilar matnli ma’lumotlar bilan ishlashda asosan undan foydalanishadi.
Word – Microsoft Office dasturlari tarkibiga kiruvchi zamonaviy matn muharriri hisoblanadi. Bu dastur Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilib, yillar davomida rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Dastlab Windows 3.x dasturlari uchun Word 6.0, keyinchalik esa Windows operasion tizimi uchun Word 95, Word 97, Word 2000, Word 2003, Word 2007, Word 2010 dasturlari yaratildi.
Word - matnli va grafikli ma’lumotlar ustida yuzdan ortiq amallarni bajaruvchi hamda matnli prosessorlar sinfiga kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri hisoblanadi.
Laboratoriya ishini bajarishi uchundastlab, Word dasturi to’g’risida tushunchaga ega bo’lishi kerak bo’ladi. O’quv rejasiga asosan laboratoriya ishini bajarishga 6 soat ajratilgan. Dastlab, talaba kompyuterda Word dasturida matnni kiritish, saqlash, tahrirlash, chop qilish va hokazo amallarni bajarish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak. So’ngra esa berilgan reja asosida o’zining tushunchasi bilan har bir savolga javob yozadi. O’qituvchi har bir talabaning bilimini baholash maqsadida dars davomida alohida-alohida savollar beradi. Talaba o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga to’g’ri javob bersa, laboratoriya ishini bajargan hisoblanadi. Laboratoriya ishini bajarish reyting bali bilan baholanadi. Joriy nazoratda test o’tkazish usulidan ham foydalanish mumkin.
|
| |