|
Word matn muharriri nima vazifani bajaradi?
|
bet | 2/9 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 54,48 Kb. | | #132922 |
Bog'liq I-labaratoriya mashg’uloti Mavzu Matnli hujjatda jadvallarni jo-www.hozir.orgWord matn muharriri nima vazifani bajaradi? Word dasturi matnli ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan.
Word matn muharririni ishga tushirish. Word dasturini ishga tushirish uchun «sichqoncha» ko’rsatkichi dastlab Пускga keltiriladi, ekranda paydo bo’lgan asosiy vertikal menyu qatoridan Программы bo’limi tanlanadi va undagi mavjud dasturlar ro’yxatidan Microsoft Word tanlanadi hamda «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
Umuman olganda, Word dasturi quyidagicha ishga tushiriladi: ПускПрограммы Microsoft Word.
Ekranga matnli ma’lumotni kiritish. Matnli ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish Microsoft Office tarkibiga kiruvchi barcha matn muharrirlari uchun qariyb bir xil. Matn kursor qayerda turgan bo’lsa, o’sha joydan kiritiladi. Matn, odatda, klaviatura tugmachasi orqali kiritiladi. Kiritilgan simvol kursor turgan joyda paydo bo’ladi. Kursor matnni kiritish vaqtida o’ngga qarab siljiydi. Bosh harf bilan yozish uchun [Shift] tugmachasi bosiladi va uni qo’yib yubormasdan kerakli harf klaviaturadan kiritiladi. Agar foydalanuvchi bosh harf bilan ko’p jumlalarni kiritmoqchi bo’lsa, u holda [Caps Lock] tugmachasini bosish maqsadga muvofiq. Bosh harflarni kiritishni bekor qilish uchun [Caps Lock] tugmachasini qaytadan bosish kerak. Foydalanuvchi matnni kiritish vaqtida xatoga yo’l qo’ysa, u holda xatolarni to’g’rilash uchun quyidagi tugmachalardan foydalaniladi:
- [Backspace] – kursordan chap tomondagi simvolni o’chiradi;
- [Del] – kursordan o’ng tomondagi simvolni o’chiradi;
- [Ctrl][Del] – kursordan o’ngdagi so’zni o’chiradi;
- [Ctrl][Backspace] – kursordan chapdagi so’zni o’chiradi.
Matnni kiritishda agar qator to’lgan bo’lsa, kursor avtomatik ravishda keyingi qatorga o’tadi.
Kiritilgan matnni fayl ko’rinishida diskda saqlash. Agar foydalanuvchi fayl nomini ko’rsatmasdan Word dasturi bilan ishlashni boshlasa, kompyuter yangi matnli xujjatni «Dokument1», keyingilarini «Dokument2», «Dokument3» va hokazo nom bilan nomlashni tavsiya qiladi. Foydalanuvchi dastlab matnni kompyuter xotirasiga kiritishi, so’ngra esa uni kompyuter tavsiya qilgan yoki ixtiyoriy boshqa nom bilan saqlab qo’yishi mumkin.
Foydalanuvchi faylni ixtiyoriy boshqa nom bilan saqlashi uchun menyuning Файл bo’limidan Сохранитькак... buyrug’ini tanlaydi va muloqot oynasining «Имяфайла» darchasiga faylning yangi nomi kiritiladi va Сохранить tugmachasi bosiladi. Fayl bir marta nomlanadi. Diskda saqlangan faylga kiritilgan keyingi har bir o’zgarishni saqlash uchun menyuning Файл bo’limidan Сохранить buyrug’i yoki uskunalar majmuasidagi belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
|
| |