|
I-labaratoriya mashg’uloti Mavzu: Matnli hujjatda jadvallarni joylashtirish va ular bilan ishlash kiri sh
|
bet | 6/9 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 54,48 Kb. | | #132922 |
Bog'liq I-labaratoriya mashg’uloti Mavzu Matnli hujjatda jadvallarni jo-www.hozir.orgFormulalar bilan ishlash. Kompyuter foydalanuvchisi matnli ma’lumotlar bilan ishlash vaqtida matematik, fizik va boshqa turdagi formulalarni yozishga to’g’ri keladi. Buning uchun menyuning Вставкаbo’limiga kirib, kerakli Символ bandi tanlanadi va «sichqoncha» tugmachasi bosiladi. Matnda lozim joyga kursor keltiriladi va kerakli simvol ko’rsatkich orqali tanlanadi hamda Вставить tugmachasi bosiladi. Daraja va indekslarni yozish uchun uskunalar majmuasidagi belgilardan foydalaniladi.
Matematik va boshqa turdagi formula va munosabatlarni yozishda klaviaturada mavjud bo’lmagan simvollarni kiritishda uskunalar majmuasi qatoridagi belgidan foydalanish maqsadga muvofiq. Mazkur belgi ustiga ko’rsatkich keltirilib, “sichqoncha” chap tugmachasi bosiladi. Natijada 4-rasmdagiga o’xshash holat ekranda paydo bo’ladi. Kerakli matematik (fizik, kimyoviy va hokazo) formulalarni kiritish mumkin.
4-rasm. Matematik simvollarni WORDda yozish.
Matematik formulani yozishga misol:
Formulaga o’zgartirish kiritish uchun unda «sichqoncha» tugmachasi ikki marta bosiladi.
Rasmlar va kartinkalar bilan ishlash. Foydalanuvchi matnga kompyuter xotirasida mavjud bo’lgan ixtiyoriy rasm yoki kartinkani hamda boshqa grafik muharrirlarda tayyorlangan rasmlarni joylatirishi mumkin. Bu ish quyidagi tartibda bajariladi:
- kursor rasm qo’yilishi kerak bo’lgan joyga keltiriladi;
- menyuning Вставка bo’limidan Рисунок buyrug’i tanlanadi.
Ekranda quyidagi muloqat oynasi paydo bo’ladi (5-rasm).
5-rasm.
Undan kerakli kartinka yoki rasmli fayl tanlanadi va OK tugmachasi bosiladi.
Matnli ma’lumotlarni saralash. Word dasturida matnli ma’lumotlarni alfavit bo’yicha saralash mumkin. Buning uchun dastlab saralanishi kerak bo’lgan matn bo’lagi belgilanadi va so’ngra menyuning Таблицаbo’limidan Сортировкаbuyrug’i tanlanadi. Ekranda quyidagi muloqat oynasi paydo bo’ladi (6-rasm).
6-rasm.
Matnni saralashni uskunalar majmuasidan belgi yordamida ham bajarish mumkin. Misol tariqasida quyidagi matn
Abdullayev Amin
Sobirov Akbar
Aliyev Sobir
Nizomov Mansur
Yarashev Odil
saralangandan keyin quyidagi ko’rinishni oladi:
Abdullayev Amin
Aliyev Sobir
Nizomov Mansur
Sobirov Akbar
Yarashev Odil
|
| |