R.Solouning neoklassik iqtisodiy o




Download 69.15 Kb.
bet5/6
Sana16.05.2023
Hajmi69.15 Kb.
#60101
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hujjat (4) (3)
ONA TILI O‘QITISH METODIКASI, adcc08b6-1e2c-4ce4-80df-a7573d6d098f, 1-oktabrga senariy (1), 220448, 1-Ma’ruza. Chiziqli algebra, 1-3 AMALIY topshiriq uchun, 1-amaliy topshiriq, Kabulova N Falsafa slayd, Muhammadsoliyeva Sadoqat falsafa, ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо, RAQAMLI TIZIMNING JAHON GLOBALLASHUVI JARAYONIDA TUTGAN O\'RNI, NEMATOV, 2.2, Dasturlash texnologiyalari.doc, 111111111111111111111111111111111111111
3.R.Solouning neoklassik iqtisodiy o‘sish modeli.


Neoklassiklar keynschilardan farqli o‘laroq iqtisodiy o‘sish modellarini tuzishganda iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning barcha omillari, shu jumladan texnik taraqqiyot tomonidan ta‘minlanadi, kapital va mehnat subsititutlar, ular bir-birini alishtirishi mumkin, bozor mexanizmi va barqaror pul tizimi muvozanatni avtomatik tiklashi mumkin degan nazariy asoslarga tayanadilar. Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning anik holatini qamrash xususiyatiga egadir. Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda”Iqtisodiy o‘sish nazariyasiga xissa” asarida tasvirlab berildi va so‘ngra 1957 yilda “Texnik taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funktsiyasi” nomli asarida rivojlantirildi. R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o‘sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi hisoblanadi. Modelda yalpi taklif Kobba-Duglasning ishlab chiqarish funktsiya bilan fodalangan, ya‘ni Y= f( L,K,N), modelda yuqori texnik rivojlanish bosqichida yerning kichik axamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish faqat mehnat resurslari va kapitalga bog‘lik deb olingan. Y= f( L,K), funktsiyaning kengaytirilgan ko‘rinishi quyidagicha: Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K Modelda yalpi talab investitsion va iste‘mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi. Y = C + I Davlat xarajatlari va sof eksport ko‘rsatkichlari xam iste‘mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi. R.Solou bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan maxsulot ishlabchikarish hajmi kapital bilan qurollanish darajasining funktsiyasi deb qaraydi. Kapital bilan qurollanganlik darajasining o‘sishi esa jamg‘arish normasiga boglik.Jamg‘arish normasining o‘sishi, kapital bilan qurollanganlik darajasining oshishiga va ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi. Ammo kapital jamg‘arish normasi yuqori bo‘lmasa kapitalning sikib ketishi, axoli sonining o‘sishi tufayli kapital bilan kurollanganlik darajasi o‘zgarmasdan qolishi yoki pasayib ketishi mumkin.R.Soluning fikriga ko‘ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mehnat va milliy daromad darajasi bir xil, axoli soni o‘sishiga teng sur‘atda o‘sib boradi. Axoli sonining tez o‘sishi iqtisodiyotning o‘sish sur‘atlari jadallashishiga ta‘sir etadi, ammo barkaror muvozanat holatida axoli jon boshiga maxsulot ishlab chiqarish kamayadi. O‘z navbatida, jamg‘arish normasining oshirilishi axoli jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik koeffitsentini ko‘tarilishiga olib keladi, lekin barqaror holatdagi o‘sish sur‘atiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.Shu sababli barqaror holatdagi iqtisodiy o‘sishning yagona sharti texnik taraqqiyotning o‘sish sur‘ati xisoblanadi.Model asosida jamgarishning ”oltin qoidasi ” yotadi. e Felpsning “oltin koidasi” mohiyati shundaki jamg‘arishning shunday optimal normasi mavjudki u iste‘molning maksimal darajasida muvozanatli iqtisodiy o‘sishni ta‘minlaydi. R.Solou modeli iqtisodiy o‘sishning uch manbai- investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnik taraqqiyotning o‘zaro alokadorliklarini ochib berish imkonini beradi.Davlat iqtisodiy o‘sishga jamg‘arish normasi hamda texnik taraqqiyotning tezligiga ta‘sir etish bilan jadallashtirishi mumkin.Hozirgi zamon iqtisodiyotini taxlil qilishda yangi paydo bo‘lgan iqtisodiy o‘sish modellaridan kam foydalanilmokda. Jumladan, J. Mid va A. L’yuis modellari iqtisodiy o‘sish masalasini o`ziga xos tarzda tushuntiradilar. Bu modellarning amaliy ahamiyati ayrim mamlakatning rivojlanish darajasi va iqtisodiyotining tuzilishidan kelib chiqadi.


Download 69.15 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 69.15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R.Solouning neoklassik iqtisodiy o

Download 69.15 Kb.