• Keynsning iqtisodiy ta’limoti Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
  • Muvozanat modeli. Reja: Kirish Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari




    Download 142.49 Kb.
    bet1/12
    Sana22.05.2023
    Hajmi142.49 Kb.
    #63215
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli1
    4-курс Малака амалиети 8-семестр, MATEMATIKA, 2-Sinf uchun darslik , Olimova, 1619437022, Mustaqil ishi mavzu php dasturlash tili haqida ma’lumot Bajardi, Abdullayeva.M, PHP

    Mavzu: Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli.
    Reja:
    Kirish

    1. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari.

    2. «Keyns xochi». Ishlab chikarish xajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi.

    3. Keyns modelidagi inflyatsion va turg'unlikdagi bo'shliqlar

    4. Keynsning iqtisodiy ta’limoti

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar
    Kirish
    2018 yilning 22 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev «Byudjet ma’lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga imzo chekdi.Mazkur qarorga muvofiq, byudjet ma’lumotlarining ochiqligini yanada oshirish maqsadida byudjet mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning yangi tartibi belgilangan. Ushbu tizimga ko‘ra, 2020 yildan boshlab davlat byudjeti qonun shaklida qabul qilinadi va xalq vakillari tomonidan nazoratga olinadi. Parlamentga taqdim etiladigan Byudjet to‘g‘risidagi qonun loyihasida va Byudjetnomada aholi va tashqi hamkorlarimizga mamlakat byudjetining holati ochiq-oydin, xalqaro standartlarga muvofiq tarzda ko‘rsatiladi. Respublika byudjeti borasidagi normativ hujjatlar Oliy Majlis tomonidan, mahalliy byudjetlar esa joylardagi xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi. Qolaversa, xarajatlar sohalar bo‘yicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi. Idoralar mustaqilligini oshirish bilan birga, xarajatlarning samarasi uchun mas’uliyati ham kuchaytirilmoqda. Joriy etilayotgan yangi tizimning yana bir o‘ziga xos jihati — markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechish. Masalan, mahalliy byudjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari mahalliy byudjetga o‘tkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish uchun aksiz solig‘i tushumlari aholi sonidan kelib chiqib hududlar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi to‘liq xududlarda qoldiriladi.
    2020 yildan boshlab mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromadlari kengashlar tomonidan ma’qullangan yo‘nalishlarga ajratiladi. Faqat kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlargina hokimliklar tomonidan tasdiqlanishi va keyinchalik ularning to‘g‘ri sarflangani haqida kengashlar oldida hisobot berilishi lozim. Yig‘ilishda mamlakat iqtisodiyotining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, kelgusi yilga mo‘ljallanayotgan prognoz parametrlari, iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi omillar chuqur tahlil qilindi. Xalqaro ekspertlar, xususan Xalqaro valyuta jamg‘armasi joriy yilda jahon yalpi mahsuloti o‘sishi dastlabki prognozga nisbatan 1 foizgacha kamayib, 3 foiz bo‘lishini baholagan. Mamlakatimizning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlarda ham iqtisodiy sur’atlar sustlashgan. Jahon bozorida raqobat tobora kuchayib, ayrim davlatlar o‘rtasida «iqtisodiy urushlar» davom etmoqda. Bu omillar O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sir etmay qolmaydi, albatta.
    Prezident makroiqtisodiyot va davlat byudjeti parametrlarini ushbu xavf-xatarlarni hisobga olib belgilash lozimligini ta’kidladi.
    — Iqtisodiyot tarmoqlarini «oyoqqa turg‘azish», raqobatbardosh qilish uchun keyingi ikki yilda ularga barcha imkoniyatlar berildi. Biroq, bu imkoniyatlardan foydalanib, qaysi tarmoq mehnat unumdorligini oshirdi, mahsulotlar raqobatbardosh bo‘lishi va eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi ko‘payishini ta’minlay oldi? Afsuski, birorta tarmoqni bugungi kunda «zo‘r ishladi yoki yuqori natija berdi», deb ayta olmaymiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi tizimli muammolar, inflyatsiya darajasining 16 foizdan pasaymagani aholi to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir etayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
    Prezidentimiz belgilangan vazifalarni sifatli bajarib, odamlarni ham band, ham rozi qilish kerakligini ta'kidladi.Yig'ilishda servis sohasini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Hozirgi kunda umumiy ovqatlanish tarmog'ida 13 ming, savdoda 45 ming, xizmat ko'rsatishda 19 ming, transportda 7 ming korxona faoliyatini to'xtatgan yoki tushumlari keskin kamaygan.Vaholanki, karantin sharoitida ham oziq-ovqatlar va tovarlarni yetkazib berish, ko'chma savdo va xizmatlarni tashkil etish orqali bu korxonalarning kamida 70 foizini ishlatish mumkin. Shu bilan birga, karantin talablariga qat'iy amal qilgan holda, to'lovlarni qabul qilish, sug'urta, mikrokredit xizmatlarini ham yo'lga qo'ysa bo'ladi.
    O‘zbekiston eksportining 50 foizidan yuqorisini hanuzgacha gaz, oltin, mis
    1www.uzreport.news
    kumush, mis, rux, polietilen kabi xomashyolar tashkil etayotgani, arzon xomashyo mavjud bo‘lgan tarmoqlar bo‘yicha ishlab chiqarish va eksport yetarlicha yo‘lga qo‘yilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.


    1. Download 142.49 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 142.49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muvozanat modeli. Reja: Kirish Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari

    Download 142.49 Kb.