• Amaliy psixologiya
  • Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt




    Download 289,69 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/14
    Sana13.01.2024
    Hajmi289,69 Kb.
    #136434
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


    Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami 

    4
     
    Affekt (latincha affectus – ruhiy hayajonlanish, qiziqish) qisqa muddatda va shiddat bilan 
    sodir bo’ladigan hissiy, hayajonli jarayon: hulq-atvor, hatti-harakat ustidan nazoratning susayishi 
    tufayli ro’y beradigan kuchli his-tuyg`u (g`azablanish, qo’rqish, nafratlanish, shodlanish). 
    Mutaxassislar normal va patologik affektlar borligini, shuningdek, affektiv reaksiyalarga ozroq 
    yoki ko’proq moyil bo’ladigan shaxslar ham bo’lishini ta’kidlashadi. O’zida affektiv reaksiyaga 
    nisbatan hislarga erk bermaslik insondagi normal psixik holat hisoblanadi. Affektlar ta’siriga 
    beriluvchi kishilar odatda olomon orasida sarosimalik uyg`otishga moyil bo’ladilar. 
    Anglash – psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shaqliga ko’chirishdan iboart psixik 
    jarayoni bo’lib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini beradi. Anglamoq o’ziga 
    xabar bermoq, o’z tajribasi hisiyoti, ehtiyoji, qiziqishi va b. to’g`risida o’ziga tushuntirish 
    demakdir. Anglash demak nimadir to’g`risida o’z-o’ziga hisob berishdir. Sub’ektiv holda u yoki 
    bu vaziyat, kechinma va boshqalarni aniq-ravshan va nazorat qilinadigan in’ikosidir. 
    Amaliy psixologiya – ijtimoiy amaliyotning turli sohalaridagi amaliy vazifalarni hal 
    qilishda foydalaniladigan amaliy bilimlar va texnologiyalar majmuasidir. Amaliy psixologiyaning 
    muhim xususiyati shundaki, u yoki bu vazifalar ularning manfaatlari uchun hal etilayotgan 
    iste’molchi yoki buyurtmachini hamisha ko’rsatish mumkin. 
    Aql– insonning ma’naviy va ruhiy faoliyatida barcha oliy narsalar xodiaslarni qanday 
    bo’lsa, aynan shunday xolda bilish qobiliyati, mavxum fikrlash va tushunchalar yaratish 
    xususiyati. 
    Ahloq - ijtimoiy ong shaqllaridan biridir. Kishilarning tarixan tarkib topgan hulq – atvori, 
    yurish – turish, ijtimoiy va shaxsiy xayotga o’zaro, shuningdek jamiyatga bo’lgan munosabatlarini 
    tartibga solib turuvchi barqarormuayyan norma va qoidalar yig`indisi. 
    Attraksiya– (lotincha so’z – attrahere –yoqtirish, o’ziga jalb etish) – bu bir insonning 
    boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirish, o’zaro mobillikni 
    tushuntiruvchi emotsional hisdir. 

    Download 289,69 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 289,69 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt

    Download 289,69 Kb.
    Pdf ko'rish