shunday ishlaydiki, bunda inson na faqat o’z-o’ziga hisob bermasligi mumkin, balki buni u hattoki
hohlagan taqdirda ham uni qila olmaydi. Masalan, soatning aylana shaqldagi siferblatini idrok
qilayotganda bizning ko’z qobig`imizda aylana emas, balki ellips (agar soatga yondan qarasak)
hosil bo’lishi mumkin, biroq soat qanday holda tursa ham biz siferblatni «aylana» sifatida idrok
qilamiz. Na faqat sub’ekt idroki tomonidan anglana olmaydigan, balki psixologiyada yangi
shug`ullanayotgan kishi uchun ham tushunarsiz bo’lgan bu geometrik ma’nodagi hol psixika
mexanizmlari tufayli ro’y beradi (qarang: doimiylik idrok xossasi sifatida) hissiyotlarning ba’zi
qismlari («yaxshi», «madaniyatlilik» bilan sig`isha olmaydiganlarini) ongdan siqib chiqariladi,
lekin Z.Freyd ta’limotiga ko’ra, ular hatti-harakatni sezilarli holda boshqarishda davom etaveradi
va hattoki ichki ziddiyatlarga va asab kasallariklarini ham keltirib chiqaradi. Psixoanalizning (bu
termin freydizm tomonidan mustahkam o’rnashib qolgan, shuning uchun har qanday psixika
tahlilini (analizini) psixoanaliz deb atamaslik kerak) psixoterapevtik amaliyoti shunga
asoslanganki, siqib chiqarilgan hissiyotlarni topib anglash predmetiga aylantirish lozim. Bu
psixoanalitikdan juda katta va o’tkir mahoratni talab qiladi (o’zini shunday deb hisolaydiganning
ko’pchiligi, afsuski, nafaqa bu borada malakasiz, balki manfaatparast hamdir).
Orzular – insonning kelajak to’g`risidagi, xayoliga kelgan va u uchun muhimroq
ehtiyojlar va qiziqishlarni ro’yobga chiqarish borasidagi rejalaridir.
Optatsiya–(lotincha so’z – ortatio – xoxish, tanlov) tanlov bosqichi. Odam
tomonidan professional taraqqiyotning bosqichi tanlanishidir deb e’tirof etiladi. 11-12 yoshlar,
14-18 yosh davrlarni o’z ichiga oladi.