• Jabborov Sattorbek Suxrobovich, Muzaffarov Abdulaziz Azam o‘g‘li
  • 6 Том-2 Октябрь -2023




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana04.09.2024
    Hajmi0,99 Mb.
    #270219
      1   2   3   4
    Bog'liq
    19-22



     
     
    http://web-journal.ru/
     
    Часть-6_ Том-2_
    Октябрь -2023
     
    ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
     
    19 
    SUN’IY INTELLEKT: YUTUQ VA KAMCHILIKLARI 
     
    Jabborov Sattorbek Suxrobovich,
    Muzaffarov Abdulaziz Azam o‘g‘li 
    Toshkent shahar Chilonzor tumani 173-sonli umumiy 
    o‘rta ta’lim maktabi 8-“V”sinf o‘quvchilari 
     
    Kalit so‘zlar: 
    sun’iy intellect, Alan Turing, CAPTCHA, axborot 
    kommunikatsiya texnologiyalari, ong, kompyuter, robot, kelajak
     
    Key words:
    artificial intelligence, computer, robot, thinking, consciousness, 
    awareness, personality, society, humanity, problems, prospects, future. 
    Sunʼiy ong, ya’ni sunʼiy intellekt yoki sunʼiy idrok (ingliz tilida Artificial 
    intelligence) qisqartirilganda AI sifatida ham talafuz qilinadi. Insonlar yoki 
    hayvonlar tomonidan koʻrsatiladigan tabiiy ongdan farqli oʻlaroq, texnologiyalar 
    tomonidan koʻrsatiladigan insonning aqliy qobiliyati: hayotni, atrof muhitni ongda 
    aynan aks ettirish va oʻzgartirish, fikrlash, oʻqish-oʻrganish, dunyoni bilish va 
    ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati turli masalalarni hal qilish, bir qarorga 
    kelish, oqilona ish tutish, voqea-hodisalarni oldindan koʻra bilish layoqati ya’ni 
    ongdir. Yetakchi sunʼiy ong darslik kitoblari bu sohani „ongli agentlar“ni oʻrganish 
    deya takrorladi: oʻz muhitini fahmlaydigan va maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish 
    imkoniyatini maksimal darajada oshiradigan amallarni amalga oshiruvchi har 
    qanday sistemadir. 
    Biz bilamizki sun’iy intellekt tushunchasini fanga ilk bora Alan Turing olib 
    kirgan. U 1912-yilning 23-iyunida Angliyaning Maida Vale tumanida dunyoga 
    kelgan.1950-yilda u Turing testini kashf qilgan.Turing ikkinchi jahon urushida 
    nemislarning “Enigma” shifrlovchi mashinasini buzgan.1950
    -yil oktyabr oyida 
    „Mind“ jurnalida nashr qilingan „Hisoblash mashinasi va suniy intellekt“ nomli 
    ilmiy maqolasida bir tajriba qilishni taklif qilgan. Unga koʻra, kompyuterlar
    odamlar 
    bilan aloqa qilganda odamlardek „fikrlay oladi“ va „muloqot qila oladi“, yaʼni 
    kompyuterni oʻrgatish mumkin. Mazkur tajriba keyinchalik „Turing testi“ deb 
    nomlanib, kompyuterlarning onglilik darajasini tekshirgan. „Turing testi“ni aksi 
    bajarilishi natijasida CAPTCHA (hozirgi davrda dunyoga mashhur, odamlarni 
    haqiqatdan ham odamligini tasdiqlovchi test)ni kashf qilgan.
    Turing birinchilardan boʻlib xotirasida dasturlarni saqlaydigan kompyuter 
    yaratish mumkinligini isbotlovchi ilmiy ishini taqdim etgan. 



    Download 0,99 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish