• Muloqotdagi konstruktivlik
  • Munosabatning o’zgarishi
  • Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo’ysunuvchanlik,  hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.  Malaka




    Download 289,69 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/14
    Sana13.01.2024
    Hajmi289,69 Kb.
    #136434
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
    Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo’ysunuvchanlik, 
    hokimlik va qaramlik munosabatlaridir. 
    Malaka –faoliyatning avtomatlashtirilgan ko’nikmasi, mustahkam mahoratidir. Boshda 
    ongni nazorat qilinadigan va bir me’yordagi harakat bo’lgan narsa har bir kishiga turmush 
    tajribasiga ko’ra avtomatlashtirishi mumkin. Ko’nikmalar faqat oson payqash mumkin bo’lgan 
    harakatchan bo’lmaydi, balki fikrlovchi, sotsial-kirishuvchan, tashkilotchi va boshqacha ham 
    bo’ladi. Avtomatizmdan iborat bo’lgani holda ko’nikmalar ayni paytda ishda ijodning zaruriy 
    sharti hisoblanadi (bunga tushunarli misol quyidagicha: shu sozanda o’z asbobida musiqa 
    chalishning zarur texnikasi, ko’nikmasini hosil qilgunga qadar u ijodkor bo’la olmaydi, chunki u 
    hali «musiqiy» asboblar klavishalarini, pozitsiyalar va b. ni chalkashtirib qo’yishdan qo’rqadi). 
    Muloqotdagi konstruktivlik – hamkorlarning aloqasi davomida ularning ehtiyojlarini 
    qondirishni ta’minlaydigan, birgalikda hal qilinayotgan masalalarning ijobiy yechim topishiga 
    yordam beradigan, ularning individual betakrorligini saqlab qoladigan muloqotdir. Muloqotdagi 
    konstruktivlik (yaratuvchanlik) tushunchasi kishilarning muloqot davomida o’z salohiyatini 
    o’stirish, shaxsiy o’sishi, sotsial yetuklikning shaqllanishi tomon harakatlanishi yo’nalishini 
    ko’rsatadi. 


    Munosabatning o’zgarishi (deformatsiya) – bu munosabatlardagi shunday o’zgarishlarki 
    (buzilish, qiyinchiliklar, yanglishishlar), ular munosabatdagi samaradorlikning pasayishi yoki 
    buzilishiga, hamkorliklarning sog`lig`iga, ularning obro’siga yoki ruhiy osoyishtaligiga, moddiy 
    qadriyatlariga va boshqalarga putur yetkazadi. O’zgarishlarni ularning turiga qarab turlicha 
    tushunish mumkin: mas., mening ustimdan kulishayotgani uchun bizning begona ekanligimizni, 
    bizning do’st emasligimiz, bir-birimizni tushuna olmasligimizni, meni mashara qilishayotganligi 
    va ko’plab boshqa narsalarni anglay boshladim. 
    Mazmun– bevosita hissiy kechinmalar davomida yoki ongda aks etuvchi qandaydir 
    ob’ekt o’rtasidagi munosabatni xira bo’lsada anglash va sub’ekt hohishlariga ko’ra paydo 
    bo’ladigan psixik yaxlitlikdir. Bir narsa men uchun kerak, ehtiyoji bor, boshqasi esa – yuq, 
    kerakmasligini e’tiborga olib, aytishadiki, «bu men uchun mazmunga ega» yoki «buning men 
    uchun mazmuni yo’q» tashqaridan qaraganda bir narsa bo’lib tuyo`lgan yumush (o’ra qazish) 
    yollangan yer qazuvchi uchun daromad qilish mazmuniga ega, arxeolog uchun qandaydir buyuk 
    tarixiy muammoni yechish, tasodifiy yo’lovchi uchun esa piyodalar yo’lining buzilayotganligi 
    unga qandaydir buzg`unchilik mazmuniga ega bo’lib tuyo`ladi. 
    Me’yor– ob’ektning sifat va miqdoriy jixatlari o’zaro bog`liqligini anglatadigan, mazmukn 
    va shaql imkoniyat va voqeilik o’rtasidagi zaruriy uyg`unlik ta’minlanishini ifodalaydigan falsafiy 
    tushuncha. 
    Moslik – kishilardan harakat qilish kelishuvini va yaxshi o’zaro bir-birini tushunishini 
    talab qiladigan birgalikda ishlash, vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish qobiliyati. 

    Download 289,69 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Download 289,69 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo’ysunuvchanlik,  hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.  Malaka

    Download 289,69 Kb.
    Pdf ko'rish