• Guruh roli
  • Guruhning birdamligi
  • Gipoteza
  • Geniy
  • Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt




    Download 289,69 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/14
    Sana13.01.2024
    Hajmi289,69 Kb.
    #136434
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    4-курс Малака амалиети 8-семестр, Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli1, MATEMATIKA, 2-Sinf uchun darslik , Olimova, Mustaqil ishi mavzu php dasturlash tili haqida ma’lumot Bajardi, Abdullayeva.M, PHP
    Guruh munosabatlari – a) guruh faoliyatining harakter iva mazmuni; b) guruhning 
    umuman strukturadagi o’rni, qadriyatli birligi va b. harakteristikasi; v) guruh a’zolarining sotsial 
    individ sifatidagi o’zaro shaxsiy munosabatlari; g) bu munosabatlarga jalb qilingan kishilarning 
    individual pozitsiyalariga ko’ra guruhda uning a’zolari o’rtasida qaror topadigan munosabatlardir. 
    Guruh roli (o’rni) – guruh uchun bajaradigan vazifasiga ko’ra insonning shu guruhdagi 
    barqaror, mustahkam holati (o’rni, pozitsiyasi). 
    Guruh – umumiy bo’lgan bir yoki bir necha belgilarga ko’ra birlashgan kishilar 
    yig`indisidir. 
    Guruhning birdamligi  - fikrlar birligi, e’tiqodlar, anhanalar birligida, shaxslararo 
    munosabatlar, kayfiyatlarning ijobiy harakterida va guruh psixikasining boshqa belgilarida, 
    shuningdek, hamkorlikdagi amaliy faoliyatning birligida namoyon bo’ladigan guruh a’zolari 
    birligining psixologik harakteristikasidir. 
    Gipoteza– o’rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli 
    tahmin tarzidagi bilim shakli. 
    Guruhda kuchlarning munosabati – bu guruhiy jarayonlarni hamda guruh a’zolarining 
    hulq-atvorini nazorat qilish imkoniyatlarining guruh ob’ektlari o’rtasida taqsimlanishidir. Liderlik 
    tushunchasida, guruh dinamikasi va sh.k. larda namoyon bo’ladi. 
    Geniy – bu yangiliklarni yaratuvchi va kashf qiluvchi shaxs. 
    Dunyo obrazi  - insonga dunyoda harakatlana olish uchun mo’ljal bo’lib xizmat qiladigan 
    olam to’g`risidagi, boshqa kishilar, o’zi va o’z faoliyati to’g`risidagi bir butun, yaxlit ko’p darajali 
    tasavvurlari tizimidir. Bu sub’ektiv kechinmalar tilida yaratilgan tashqi dunyoning ichki modelidir. 
    Ta’kidlash lozimki, bu olamni idrok qilish natijasida hosil bo’lgan, ichki rejaga noavtomatik tarzda 
    ko’chirilgan obrazlar emas, balki hayotiy faollikning har biri keyingi momentidagi hodisalarni 
    bashorat qila oladigan, chuqur anglanmagan taxminlar asosida aktiv qurilgan tizimdir. O’zini va 
    tashqi olamni faol o’zlashtirish davomidagi tekshirish usullari bilan (sinov va xatolar) yaratiladi. 
    Diqqat – ongning muayyan ob’ektlar to’plami, jarayonlarga (tashqi yoki psixikaga 
    bog`liq) tanlangan holda yo’naltirilishidir. Ba’zan nazorat va o’z-o’zini nazoratni ham diqqatga 
    kiritishadi. 


    Dunyoqarash– tartibga solingan, aqliy ongli tizimga aylantirilgan bilim, taasvvurlar va 
    g`oyalar majmui bo’lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o’z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda munosib 
    o’rin egallashga chorlaydi. 
    Dil - jon, qalb, yurak, ko’ngil markaziy osiyo falsafiy tafakkurida ushbu tushunchalar 
    deyarli bir xil ma’noda ifodalanib borliqning nomoddiy asosida hamda insonning tub mohiyatini 
    ifodalash uchun xizmat qilib kelgan. 

    Download 289,69 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 289,69 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt

    Download 289,69 Kb.
    Pdf ko'rish