• Individuallik
  • Intellekt, aql
  • Ilmiy psixologiya
  • Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt




    Download 289,69 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/14
    Sana13.01.2024
    Hajmi289,69 Kb.
    #136434
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Ijtimoiy sanksiya – normalarning shaxs xulqida nomoyon bo’lishni nazorat qiluvchi jazo 
    va rag`batlantirish mexanizmi. 
    Iste’dod nishonalari – qobiliyatni o’stirishning tabiiy zaminlari (ularning biologik asosi). 
    Ular tug`ma yoki egallangan bo’lishi mumkin. Ularni ro’yobga chiqmagan qobiliyatlardan ham 
    farqlash lozim. Farq shundaki, iste’dod nishonalari inson xususiyatlari va fazilatlaridagi shunday 
    biologik jihatlarki, ular keyinchalik u yoki bu qobiliyatga uning komponenti bo’lib qo’shiladi. Bir 
    xil biologik jihat bir qancha qobiliyatlar tarkibiga kirishi mumkin va shunday tarkibda iste’dod 
    nishonalari rolini bajara oladi. 
    Individuallik - insonning individ, faoliyat sub’ekti va shaxs sifatidagi betakror 
    xususiyatlari tizimidir. Individuallikning mavjud bo’lishi insonning ta’lim, tarbiya, u bilan faol 
    munosabatidagi individual yondashuvining asosi hisoblanadi. «Har bir kishigacha yetib borish» - 
    bunday yondashuvning idealidir. Individuallikni inkor etish (nodonlik, ishonch yoki kam 
    anglangan harakat tufayli, masalan, texnik yoki umumilmiy g`oyalarning oddiy formulalariga 
    sig`inish oqbatida) zaruriy tarzda bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi (shaxslararo va shaxslar 
    ichidagi keskinlik, ixtirolar, ruhiy jarohatlar, nizolar ishtirok etganlarning asabiy holatlari va 
    ta’lim, tarbiya, mehnatdagi past samaradorlik natijalari sifatida). 
    Intellekt, aql – inson hayoti davomida bilish faolligiga tegishli bo’lgan barqaror o’ziga 
    xos va rivojlanib boruvchi xususiyatlar va sifatlar tizimi, uning ichki va tashqi hayotiy holatlar, 
    jumladan, ijtimoiy muhitda ham oqilona mo’ljal ola bilishdir. Odatda sub’ektning faoliyat 
    sohasiga bog`liq holda sotsial intellekt, texnik intellekt, gumanitar intellekt, verbal, ya’ni og`zaki, 
    noverbal intellektlarni farqlashadi. 
    Ilmiy psixologiya – inson va hayvon psixikasi taraqqiyoti, paydo bo’lish va mavjud 
    bo’lishi qonuniyatlarini aniqlashda foydalaniladigan texnologiya va murakkab tarmoqlangan 
    belgilar tizimidir. Ilmiy psixologiyaning asosiy vazifasi – yangilikni aniqlash emas, balki bir 
    tomondan ishonarli bilimlari egallash, boshqa tomondan esa, qaysi o’rinda ular ishonarli, qay 
    holda esa yolg`on va noaniq ekanligini ayniqlashdan iboratdir. 

    Download 289,69 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 289,69 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt

    Download 289,69 Kb.
    Pdf ko'rish