Vijdon– ijtimoiy xodisa bo’lib, kishining xayotida sodir bo’layotgan ijobiy va salbiy
xodisalarga munosabatida ifodalanadi. Vijdon kishining ma’naviy yetukligiga bog`liq.
Guruhlarning tuzilishi – guruh qismlarining kichik guruhlarga nisbatan barqaror
bo’linishi, guruhga kiruvchi kishilar o’rtasida guruh vazifalarining taqsim qilinishi.
Gallyutsinatsiyalar (lat. hallucinatio - alahsirash, ko’zga ko’rinish) insonda kasal
paytidagi psixikasiga ta’sir etishi natijasida hosil bo’ladigan mavjud bo’lmagan, fantastik, xayoliy,
uydirma obrazlar.
Guruh dinamikasi (grekcha dynamis – kuch) – bu guruhning o’z holatini o’zgartiradigan,
rivojlantiradigan yoki buzadigan kuchlarning hamkorlikdagi jarayonidir. U asosan ikki xil
yo’nalishdagi jarayonlarda ko’zga tashlanadi: guruh a’zolarining birlashuvi va aksincha,
keskinlashuvi.