• Asosiy tushunchalar
  • TAYANCH TUSHUNCHALAR
  • Internetda ishlash asoslari




    Download 3.34 Mb.
    bet1/18
    Sana03.06.2023
    Hajmi3.34 Mb.
    #69392
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    5-sinf
    Alishev Sh dastur Pedagogik dasturiy vositalar 2022-final1, молкуляр, 7-14-1143, bayroq bayonnoma, 6-informatika, 3-lab, Intelekt va kreativlik, kirish testi yangi ишончилиси 25.05.2021, Amirbek Anvarov, ta\'limda VR, Axborot manbalari, Mamadaliyev Nurali, Baxtiyor.uz-Informatika-MOK-testlari, 4-lab, Axborot manbalari

    INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI
    Insonlarning kompyuterlararo ma’lumot almashish ehtiyoji Internetning yaratilishiga sabab
    bo‘ldi. Internet turli yangiliklarni о‘qish, ma’lumotlarni olish, manbalardan foydalanish, elektron
    kutubxonalar va dunyodagi eng yirik muzeylar kataloglarini kо‘rib chiqish, internet-dо‘konlardan
    mahsulot xarid qilish, onlayn konferensiyalar о‘tkazish, radio va telekanallarni onlayn kо‘rish,
    shuningdek, ularning yozib olingan arxiv yozuvlari bilan tanishish imkonini berdi.
    Asosiy tushunchalar:
    Ikki yoki undan ortiq kompyuterning simli yoki
    simsiz bog‘lanishi kompyuter tarmog‘i deb
    ataladi. Eng katta kompyuter tarmog‘i bu –
    Internetdir.
    1983-yil 1-yanvardan boshlab ARPANET
    (axborot uzatishni tadqiq qiluvchi agentlik)
    о‘zining zamonaviylashtirilgan, barcha tarmoqlar bilan aloqa o‘rnata oluvchi va Internet
    deb nomlanuvchi tarmoq apparat hamda dasturiy ta’minotini ishga tushirdi.
    Internet – dunyoning bir nuqtasidan ikkinchisiga ma’lumotlarni uzatish imkonini
    beruvchi, yagona standart asosida faoliyat yurituvchi butun jahon kompyuter tarmoqlari
    majmui. Internetdan kompyuter, mobil qurilma, televizor,
    avtomobil, о‘yin konsoli, musiqa markazlari va boshqa qurilmalar orqali foydalanish
    mumkin. Internet ma’lumot almashish imkonini beruvchi axborot makoni bо‘lib, u dunyo bо‘ylab
    millionlab kompyuterlarni birlashtiradi.Butunjahon Internet tarmog‘iga ulanish uchun
    provayder deb nomlangan kompaniyalardan foydalaniladi. Shuningdek, bunday kompaniyalar Internetga uyali telefonlar orqali ulanishimkonini ham beradi. Buning uchun aloqa kanaliva modem kerak bо‘ladi.

    TAYANCH TUSHUNCHALAR
    ARPANET (Advanced Research Projects Agency Network) – 1969-yilda yaratilgan, ma’lum bir masofada joylashgan to‘rtta kompyuterni ulash imkonini beruvchi birinchi kompyuter tarmog‘i.
    Internet (Interconnected Networks) – “birlashgan tarmoqlar” so‘z birikmasining qisqartmasi.
    Provayder (ingl. yetkazib beruvchi) – Internetga ulanish va u bilan bog‘liq boshqa
    xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot. WWW (World Wide Web – butun jahon
    o‘rgimchak to‘ri) – Internet orqali foydalanish mumkin bo‘lgan veb-sahifalar majmui.
    Modem – telefon tarmog‘i, kabelli televideniye va radioaloqani о‘z ichiga olgan aloqa kanallari orqali signallarni uzatish va qabul qilish uchun kompyuterga ulangan qurilma.


    Download 3.34 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 3.34 Mb.