• I BOB. ARXIVSHUNOSLIK TOGRISIDA UMUMIY MALUMOTLAR. ULARNING TURLARI VA AHAMIYATI 1.1 Arxivshunoslik to`g`risida umumiy ma`lumotlar
  • Mundarija: kirish




    Download 166.19 Kb.
    bet2/6
    Sana10.05.2022
    Hajmi166.19 Kb.
    #20840
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Arxiv manbalarning o\'lka tarixini o\'rganishdagi axmiyati
    METODLAR, Islom dini tarixi ва falsafasi, Экспер хулосами Г.Авалова, 86-90, 30-34
    Kurs ishi maqsadi: Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallarni o’rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish pedagogik asoslarini ishlab chiqish.
    Kurs ishi obyekti: Umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich sinflaridagi o’quv-tarbiyaviy jarayoni.
    Kurs ishi predmeti: Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallarni o’rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
    Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

    I BOB. ARXIVSHUNOSLIK TO'G'RISIDA UMUMIY MA'LUMOTLAR. ULARNING TURLARI VA AHAMIYATI
    1.1 Arxivshunoslik to`g`risida umumiy ma`lumotlar
    Arxivlarda turli idoralar, korxonalar, tashkilotlar, shu-ningdek ayrim shaxslar faoliyati jarayonida yaratilgan va to’plangan hujjatlar va materiallar saqlanadi. Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, arxivlar qadimgi zamonlarda, yozuv paydo bo’lishi bilan bir vaqtda vujudga kelgan. Mesopotamiya, Misr va Kichik Osiyoda ibodatxonalar va quldorlar saroylarida dastlabki arxivlar mavjud bo’lganligi aniqlandi. Bu arxivlarda o’sha davrdagi qonunlar matni, sud hujjatlari, podsholarning farmoyishlari va boshqa hujjatlar saqlanar edi. Mazkur hujjatlar sopol lavhlarga, randalangan taxtachalarga, papirus va oshlangan charm (pergament) ga bitilgan. Qadimgi Yunonistonning Knoss shahri xarobalarida (Krit oroli) yirik arxivning qoldiqlari topildi. Antik davrda Afina shahridagi arxivlar, ayniqsa, Metroon ibodatxonasi qoshidagi arxiv dong taratgan edi.
    Qadimgi Rimda arxivlar dastlab kohinlar tasarrufida bo’lgan. Rimdagi eng qadimiy arxiv Senat arxivi bo’lib, bu hujjatgoh Saturn ibodatxonasida joylashgan edi. Mazkur arxivda senat va respublika mahkamalarining hujjatlari, senzorlarning aholini ro’yxatga olishi bilan bog’liq materiallar va boshqa muhim hujjatlar saqlanardi2. Rim saltanati davrida esa yozma hujjatlar saqlanadigan arxiv imperatorlar saroyida joylashtirildi. G’arbiy Rim saltanitining halokatidan so’ng Rim imperatorlari arxivining davomchisi Vizantiya arxivi bo’ldi.
    Ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada qirollar, yirik feodallar va monastirlarning arxivlari vujudga keldi. Ularning orasida eng yirigi V asarda tashkil etilgan Vatikan arxivi hisoblanadi. Vatikan arxivi hozirgi kunda ham mavjud bo’lib, bu yerda Yevropaning o’rta asrlar tarixini o’rganish uchun zarur bo’lgan nodir va qimmatli hujjatlar majmuasi saqlanmoqda. Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi va rivojlanishi natijasida mayda arxivlarning yiriklashish jarayoni kuzatiladi. Qirollar arxivlari bo’ysundirilgan feodallarning arxivlari hisobiga kengayib bordi. Qirollar arxivlari g’oyat maxfiy tarzda saqlanar edi. Yevropada qirolik hokimiyatining kuchayishi va umumdavlat boshqaruv muassasalarining shakllanib borishi natijasida muassasa arxivlari paydo bo’ldi. Muassasa arxivlarining faoliyati o’zaro bog’lanmaganligi oqibatida hujjatlar nihoyatda tarqoq holda saqlanar edi. XVIII-XIX asrlardagi burjua inqiloblari arxiv ishlarida tub o’zgarishlarga olib keldi. Burjuaziya qator mamlakatlarda arxiv ishlarini markazlashtirdi. Arxivlarni boshqarish uchun maxsus muassasalar ta’sis etildi. Masalan, 1794 yilda Fransiyada Konvent maxsus dekret qabul qilib, markaziy davlat arxivini tashkil etdi. Mazkur arxivga umumdavlat boshqaruv organlarining hujjatlarini topshirish shart etib qo’yildi. Joylardagi davlat organlari hujjatlari departamentlar arxivlariga topshirilishi shart edi. Fransiyada arxiv ishi sohasidagi bu islohot qator boshqa davlatlar uchun namuna bo’ldi. Ular ham Fransiya singari davlat arxiv tizimini yaratdilar3. Lekin Angliya va AQSh singari mamlakatlarda o’sha vaqtda ham, hozir ham yagona davlat arxiv tizimi barpo qilinmadi. Bu yerdagi markaziy, viloyat va shahar arxivlarining har biri mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. XIX asrda qator Yevropa mamlakatlari va AQShda arxivlarining eshiklari tadqiqotlar uchun ochildi. Natijada arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadlarda foydalanish va ularni nashr etish imkoniyati paydo bo’ldi. Ko’p mamlakatlarda maxsus arxivshunos kadrlarni tayyorlash yo’lga qo’yildi. 1821 yilda Fransiyada ilk arxiv instituti – Xartiyalar maktabi ochildi.
    Hozirgi kunda jahonnning barcha mamlakatlarida minglab arxivlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning orasida har bir davlatning markaziy (yoki milliy) arxivlari o’zlarining noyob hujjatlarga boyligi bilan ajralib turadi. Londondagi Davlat arxivi, Parijdagi Milliy arxiv, Rimdagi Markaziy davlat arxivi, Koblens shahridagi Federal Arxiv (GFR), Vashingtondagi Milliy arxiv, Moskvadagi Rossiya Markaziy davlat arxivi, Dehlidagi Milliy arxiv, Qohiradagi Markaziy davlat arxivi jahondagi eng yirik arxivlar qatoriga kiradi. O’zbekiston arxivlari jahondagi eng yirik arxivlar bilan yaqindan aloqa o’rnatganlar. Masalan, 2003 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi AQShning Xolokast yodgorligi kengashi va uning Vashingtondagi muzeyi o’rtasida arxiv sohasi bo’yicha bitim imzolandi. Muammoli savol: Arxivshunoslik fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? Hozirgi kunda arxivlar butun jahon miqyosida o’z faoliyatlarini muvofiqlashtirib, hamkorlik qilmoqdalar. 1948 yilda YuNESKO qoshida Xalqaro Arxiv Kengashi tashkil etildi. O’zbekiston arxiv muassasalari ham mazkur xalqaro tashkilotning a’zosidir. Xalqaro Arxiv Kengashi turli davlatlar arxivlari o’rtasida aloqalarni yo’lga qo’yish, hujjatlarni saqlash va ularni himoya qilish borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Bu xalqaro tashkilot 1981 yildan boshlab “Archivum” nomli jurnal nashr etmoqda. Parijda arxivshunoslarning xalqaro kursi faoliyat ko’rsatmoqda. Arxivshunoslik fani, uning maqsad va vazifalari Yangi zamonda arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar sonining keskin oshganligi tufayli ularni saqlash va foydalanish bilan bog’liq ishlar tobora murakkablashib bordi. Natijada, hujjatlarni hisobga olish, ularni bir tizimga solish va ro’yxatga olishning yangi-yangi usullari ishlab chiqildi va amalda qo’llanildi. Shu tariqa arxivshunoslik fani paydo bo’ldi. Arxivshunoslik – muhim ijtimoiy ahamiyatga hujjat va materiallarni turkumlash, ularni bir tizimga solish, saqlash, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish to’g’risidagi fandir. Mazkur ko’makchi tarix fani arxiv ishining umumiy qonuniyatlarini, hujjat va materiallarni tanlab olish va saqlash, ulardan foydalanish tamoyillarini ishlab chiqadi. Hozirgi kunda hujjat va materiallarning umumiy miqdori va turlari nihoyatda ko’pdir. Shuning uchun ham arxivshunoslik fanini rivojlantirmasdan, hujjatlarni saralash va saqlashning zamonaviy usullarini egallamasdan turib arxiv ishini to’g’ri yo’lga qo’yish amri maholdir. Arxivshunoslik asoslarini yaxshi bilish bo’lajak tarixchi uchun g’oyat muhimdir. Arxiv hujjatlari bilan ishlash uslublarini egallash ilmiy-tadqiqotlar uchun yo’l ochib beradi, bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarga yuqori ilmiy saviyadagi bitiruv-malakaviy ishlar va magistrlik dissertasiyasi tayyorlash imkonini beradi. Mazkur fanni o’rganish arxivshunos kadrlar tayyorlash nuqtai nazaridan ham zarur. Hozirgi kunda ayrim kasb-hunar kollejlarida “Hujjatshunoslik, arxivshunoslik” mutaxassisligi bo’yicha o’rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlashga kirishildi. Lekin respublikamizning birorta universitet yoki institutida oliy ma’lumotli arxivshunoslar tayyorlanmaydi. Shu boisdan bu fanni tarix fakulpteti talabalariga o’rgatish arxivlarni oliy malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun ham muhimdir. Arxivshunoslik kursini o’rganish jarayonida biz O’zbekistonda arxiv muassasalarining vujudga kelishi, ularning rivojlanish bosqichlari, arxivlarning hozirgi ahvoli, faoliyatining asosiy yo’nalishlari bilan tanishib boramiz. Shu bilan birga arxivlarning maqsad va vazifalari, arxivlarga topshiriladigan hujjatlarni tanlash va saralash, ularni saqlash va turkumlash, hisobga olish, ulardan foydalanish usullarini o’rganamiz.
    Arxiv – (lotincha «arxivum” – mahkama, muassasa) muhim ijtimoiy ahamiyatga molik bo’lgan hujjat va materiallar saqlanadigan idora yoki muassasa.
    Metroon ibodatxonasi qoshidagi arxiv – Qadimgi Afinadagi mashhur arxivlardan biri Senat arxivi – Rim respublikasining asosiy arxivi Vatikan arxivi – V asrda tashkil etilgan va hozirgi kunda ham faoliyat ko’rsatayotgan yirik arxiv Fransiya Markaziy Davlat arxiv ivi - Konventning 1791 yilgi dekretiga muvofiq tashkil etilgan arxiv4. Shundan boshlab Fransiya va boshqa Yevropa davlatlarida markazlashgan arxiv tizimi vujudga kela boshladi Xartiyalar maktabi – 1821 yilda Fransiyada ochilgan va arxivshunos kadrlar tayyorlaydigan ilk oliy o’quv yurti Xalqaro Arxiv Kengashi – 1948 yilda YuNESKO qoshida tashkil etilgan va turli mamlakat arxivlari o’rtasida aloqalar va hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi xalqaro tashkilot “Archivum” - jurnal, Xalqaro Arxiv Kengashi nashri Arxivshunoslik – muhim ijtimoiy ahamiyatga ega hujjat va materiallarni turkumlash, bir tizimga solish, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish to’g’risidagi fan
    Bugungi kunda ko’pgina tarixchilar va arxivshunoslar orasida Rossiya istilosiga qadar “O’rta Osiyo davlatlarida hyech qanday arxiv bo’lmagan” degan nuqtai nazar yashab keladi. Taniqli sharqshunos olim A. A. Semyonov 1922 yilda quyidagilarni yozgan edi: “Musulmon Sharqida, umuman Turkistonda biz tushunadigan ma’nodagi arxivlarni tasavvur qilolmaydiar, negaki idoraviy ishlar nihoyatda boshqacha tarzda olib borilgan”. A. V. Chernov esa o’zining “SSSRda arxiv ishi va uni tashkillashtirish tarixi” nomli o’quv qo’llanmasida to’ppadan-to’g’ri 1917 yilga qadar “O’rta Osiyo davlatlarida hyech qanday arxiv bo’lmagan” deb yozadi. Yo’q, to’g’ri emas. O’rta Osiyoda qadimgi zamonlardan buyon arxivlar mavjud bo’lgan. O’rta Osiyoda qadimgi arxivlarning paydo bo’lishi bu yerda ilk davlatlarning vujudga kelishi hamda yozuvning tarqalishi bilan bog’liqdir. O’rta Osiyoda xo’jalikning rivojlanib borishi, davlatchilining shakllanishi natijasi o’laroq turli xo’jalik, soliq va yuridik hujjatlarning yaratila boshlandi. Ayni paytda bu hujjatlari ma’lum muddat davomida yoki doimiy ravishda saqlashga ehtiyoj tug’ildi. Natijada hujjatlarni saqlashga mutassadi bo’lgan shaxslar va muassasalar paydo bo’ladi. Bu muassasalar hozirgi kunda arxivlar deb ataladi. Demak, arxivlar O’rta Osiyoda qadimgi davrlarda ijtimoiy zarurat yuzasidan vujudga keldi. Arxivlarda saqlangan hujjatlar zamonlar o’tishi bilan o’z ahamiyatini yo’qotmadi. Agar dastlab arxiv hujjatlar bevosita xo’jalik va ijtimoiy hayotni yo’lga solish uchun xizmat vilgan bo’lsa, keyinchalik ular tarixiy jarayonni o’rganish uchun yozma manbalar sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. Afsuski, biz O’rta Osiyodagi eng qadimgi arxivlar haqida yetarli ma’lumotga ega emasmiz. Bizgacha yetib kelgan oz sonli yozma manbalarda ular haqida ma’lumot berilmaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek ayrim arxivshunoslar O’rta Osiyoda to Rossiya istilosiga qadar maxsus arxivlar bo’lmagan degan fikrlarni bildirganlar. Ammo, bu fikrlar haqiqatga to’g’ri kelmaydi5. Avvalo shuni qayd etish kerakki, har qanday davlat hujjatlarsiz faolit ko’rsatishi amri maholdir. Shunday ekan, Ahmoniylar, Yunon-Baqtriya va Kushon davlatlarida zamonigacha kechgan davrda ham arxivlar bo’lgan, lekin ular bizgacha yetib kelmagan yoki hozirga qadar topilmagan. Bundan keyingi arxeologik tadqiqotlar jarayonida O’rta Osiyoda eng qadimiy arxivlarning topilishi ehtimoldan holi emas.


    Download 166.19 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 166.19 Kb.