Muntarija kirish




Download 42.48 Kb.
bet4/5
Sana18.05.2023
Hajmi42.48 Kb.
#61576
1   2   3   4   5
Bog'liq
eldor1
3-Amaliy mashgulot, 2-Amaliy mashgulot, Videokonferensiyani tashkil qilish va undan foydalanish Sobirov Murodjon, don va don mahsulotlari yormalar ser xiz, 6-dars, 300 tahlil test, Mustaqil ish, 2-sinf matematika darslarida masalaning qisqa shartini modellashtirish asosida modellashtirishga o’rgatish, 01, Презентация Microsoft PowerPoint, Mazmunı, 15..15 var 71 iddintifikatsiya va modellashtrish, хусусияти 24, Surayyo obektivka
Y= f( L,K,N), modelda yuqori texnik rivojlanish boskichida erning kichik ahamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish faqat mehnat resurslari va kapitalga bog‘lik deb olingan.
Y= f( L,K), funksiyaning kengaytirilgan ko‘rinishi quyidagicha:
Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K
Modelda yalpi talab investitsion va iste’mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi.
Y = C + I
Davlat xarajatlari va sof eksport ko‘rsatkichlari ham iste’mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
R.Solou bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlabchiqarish xajmi kapital bilan qurollanish darajasining funksiyasi deb qaraydi.
Kapital bilan qurollanganlik darajasining o‘sishi esa jamg‘arish normasiga bog‘lik. Jamg‘arish normasining o‘sishi, kapital bilan qurollanganlik darajasining oshishiga va ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi.
Ammo kapital jamg‘arish normasi yuqori bo‘lmasa kapitalning siqib ketishi, axoli sonining o‘sishi tufayli kapital bilan qurollanganlik darajasi o‘zgarmasdan qolishi yoki pasayib ketishi mumkin.
R.Soluning fikriga ko‘ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mehnat va milliy daromad darajasi bir xil, aholi soni o‘sishiga teng sur’atda o‘sib boradi. Aholi sonining tez o‘sishi Iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari jadallashishiga ta’sir etadi, ammo barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish kamayadi. O‘z navbatida, jamg‘arish normasining oshirilishi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik koeffisientini ko‘tarilishiga olib keladi, lekin barqaror holatdagi o‘sish sur’atiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shu sababli barqaror xolatdagi Iqtisodiy o‘sishning yagona sharti texnik taraqqiyotning o‘sish sur’ati hisoblanadi.
Model asosida jamg‘arishning ”oltin qoidasi” yotadi. E. Felpsning “oltin koidasi” mohiyati shundaki jamg‘arishning shunday optimal normasi mavjudki u iste’molning maksimal darajasida muvozanatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi.
R.Solou modeli iqtisodiy o‘sishning uch manbai- investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnik taraqqiyotning o‘zaro aloqadorliklarini ochib berish imkonini beradi. Davlat iqtisodiy o‘sishga jamg‘arish normasi hamda texnik taraqqiyotning tezligiga ta’sir etish bilan jadallashtirishi mumkin.


Download 42.48 Kb.
1   2   3   4   5




Download 42.48 Kb.