• Mustaqil ishni tuzilishi va hajmi.
  • R. Xarrodning neokeynschilik o‘sish modellari
  • 1.3 R.Solouning neoklassik iqtisodiy o‘sish modeli
  • Mustaqil ishning ilmiy va amaliy ahamiyati




    Download 42.48 Kb.
    bet3/5
    Sana18.05.2023
    Hajmi42.48 Kb.
    #61576
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    eldor1
    3-Amaliy mashgulot, 2-Amaliy mashgulot, Videokonferensiyani tashkil qilish va undan foydalanish Sobirov Murodjon, don va don mahsulotlari yormalar ser xiz, 6-dars, 300 tahlil test, Mustaqil ish, 2-sinf matematika darslarida masalaning qisqa shartini modellashtirish asosida modellashtirishga o’rgatish, 01, Презентация Microsoft PowerPoint, Mazmunı, 15..15 var 71 iddintifikatsiya va modellashtrish, хусусияти 24, Surayyo obektivka
    Mustaqil ishning ilmiy va amaliy ahamiyati: Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi resurs imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste’mol va investitsiya o‘rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi.


    Mustaqil ishni tuzilishi va hajmi. Mustaqil ishi 18 betdan iborat, shuningdek, bitta bob, kirish qismi, xulosa va takliflar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati mavjud.
    1BOB Iqtisodiy о‘sishda YE.Domar va R.Xarrodlarning neoklassik modeli tahlili.

      1. Y. Domarning neokeynschilik o‘sish modellari.

    Bu model makroiqtisodiy muvozanatning keynschilik nazariyasini
    tanqidiy qayta ishlash va rivojlantirish sifatida vujudga keldi. M a’lum
    bo’Iganidek, Keynsning asosiy maqsadi rivojlangan mamlakatlarda
    ommaviy ishsizlik va ishlab chiqarish quwatlaridan to‘liq
    foydalanmaslik sabablarini aniqlash edi. Bu hodisa 1929— 1933-y.y.
    Buyuk depressiya davrida kotatrofik o‘lchamlarga erishib, bu vaqtda
    nafaqat yangi kapital qo‘yilmalarga balki asosiy kapitalni yangilashga
    ham imkoniyat yo‘q edi. Shu sababli J. Keyns nazariyasini fanda
    depressiv yoki stagnatsiyalanuvchi iqtisodiyot nazariyasi deb atashadi.
    Urushdan keyingi davrda g‘arb mamlaktlaridagi iqtisodiy holat
    o‘zgardi - iqtisodiy o‘sish masalalariga olimlar diqqatini qaratgan
    yuqori konyuktura davri boshlandi. Biroq yangi sharoitlarda
    keynschilik nazariyasi chetga surib qo‘yilmadi, balki sifat jihatdan
    Yangi muammolami hal qilish uchun ijodiy o‘zgartirildi. Chunki bu
    Nazariya bozor iqtisodiyoti amal qilishining bir qator fundamental
    savollariga javob bera olar edi. Milliy daromad iste’mol, jamg‘arma va
    investitsiyalar kabi iqtisodiy kattaliklarga asoslanib, J. Keyns iqtisodiy
    faoliyat darajasining o‘zgarishini tushuntira oladigan modelni ishlab
    chiqdi. U iqtisodiy pasayish va ishsizlikning o‘sishi davrida iste’mol
    va jamg‘armalar shu jumladan investitsiyalar qisqarishini isbotladi.
    Shuning uchun, yalpi talab o‘sishining haqiqiy dastaklari mavjud
    bo‘lmagan taqdirda, J. Keynsning fikricha, hukumat talabni tartibga
    solish chora-tadbirlaridan foydalangan holda iqtisodiyotga aralashishi
    zarur. Talabni soliqlami pasaytirish orqali yoki davlat xarajatlarini
    ko‘paytirish orqali oshirish mumkin, bu esa o‘z navbatida iqtisodiy
    faollikni jonlantiradi.
    Iqtisodiy o‘sish neokeynschilik modelining mohiyati nimada?
    1. Ulaming barchasi J. Keynsning asosiy postulati — yalpi talabga
    asoslanadi. Modellami qurishda ulaming mualliflari muvozanat
    lashgan iqtisodiy o‘sishning hal quluvchi sharti yalpi talabning oshishi
    ekanlgidan kelib chiqishgan.
    2. Iqtisodiy o‘sishning asosiy omili bo‘lib kapital qo‘yilmalar
    (investitsiyalar) hisoblanadi, ular multiplikatorlar orqali daromadni
    oshiradi yoki o‘zi daromad oshishining natijasi hisoblanadi
    (akselerator tasirida). Qolgan barcha ishlab chiqarish omillari
    (bandlikning oshishi, uskunalardan foydalanish darajasi, ishlab
    chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi) hisobga olinadi va
    modeldan chiqarib tashlanadi.
    Bunda bu modellarning keynschilik tabiati va neoklassik nazariya
    lardan asosiy farqlanishi mujassamlashgan.
    Shunday qilib o‘sishning neokeynschilik modeli ikki o‘ziga xos
    xususiyat bilan xarakterlanadi:
    • Iqtisodiy o‘sishga daromad darajasi bilan belgilanadigan talab
    nuqtai nazaridan yondashish;
    • Investitsiyalaming iqtisodiy o‘sishdagi muhirn roli bilan negaki
    daromad kapitalning to‘planishiga bog‘liq (demak yalpi talab hajmi
    ham).
    Iqtisodiy o‘sishning neokeyschilik modellini ilk bor, kelib chiqishi
    polshalik bo‘lgan, amerikalik iqtisodchi Domar va ingliz iqtisodchisi
    R. Xarrod tomonidan shakllantirilgan. Ular tomonidan olingan
    natijalar shunchalik bir-biriga yaqin ediki, natijada fanda ular Xarrod
    Domar modeli deb atala boshlandi. Biroq modellarda o ‘ziga xoslik
    borligi tufayli, ulaming har birini ko‘rib chiqamiz, xulosa qilishda esa
    ulaming umumlashtiruvchi omillariga e’tibomi qaratish lozim boladi.
    Iqtisodiy o‘sishning Y. Domar modeli. Y. Domaming modeli
    keynschilik an’analariga xosligi va keynschilik fundamentiga
    asoslanganini aniqligini tan olgan, ammo shu bilan birga keynschilik
    modelining investitsiyalar va iqtisodiy dinamikaga tegishli qismiga o‘z
    hissasini qo‘shganligini ta’kidlab o‘tgan. Bu hissa o‘zi nimadan iborat
    edi?
    Oldindan o‘matilganidek, J.Keyns tizimida daromadlaming
    shakllanishi investitsiyalar funksiyasi hisoblanib, ular multiplikator
    samarasi orqali yalpi talab va bandlikni oshiradi. Boshqacha qilib
    aytganda J.Keyns davlat xarajatlariga, ayniqsa ulaming jamoat
    ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq qismiga (yo‘l, ko‘prik va sh.k.
    qurish) alohida e’tibor qaratgan
    Nega u ommaviy bozor mahsulotlari ishlab chiqarishga, masalan
    avtomobillar, kir yuvish mashinalari yoki mebel ishlab chiqarishga
    e’tibor qaratmagan? Chunki qayta ishlab chiqarish (samarasi) talabni
    hosil qilish bozorga ortiqcha tovar massasini chiqarishdan ko‘ra
    muhim edi, shuning uchun J. Keyns investitsiyalaming tovar taklifiga
    ta’sirini o‘z analizidan qolgan ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligini tahlil qilgan holda ham shunday qildi. (yangi zavodlarga investitsiya
    qilishga mavjudlari turganda hojat yo‘q).
    Aynan shu punktda Y. Domar, J. Keyns nazariyasiga aniqlik va
    qo‘shimcha kiritdi - unda investitsiyalar nafaqat daromadlami
    shakllantirish balki quvvatlarni yaratish, ishlab chiqarishni va tovarlar
    taklifini rivojlantirish omili hamdir. Bu orqali Y.Domar investitsion
    jarayonning ikki xilligiga e’tibor qaratib, uning fikricha milliy
    daromadning muvozanatli o‘sishmodeli mohiyati ham shundan iborat.
    Boshqacha aytganda, u iqtisodiyotning muvozanatlashgan holatidan
    kelib chiqqan, (ya’ni umumiy talabni ifodalovchi ishlab chiqarish
    quwatlariga teng bo‘lganda).
    Undan keyin Y.Domar quyidagi savolni qo‘ydi: Agar investitsiyalar
    ishlab chiqarish quwatlarini oshirsa va shu bilan birga qo‘shimcha
    daromadlami shakllantirsa, unda daromad o‘sishi sur’ati ishlab chiqarish
    quwatlari o‘sishi sur’atlariga teng bo‘lishi uchun investitsiyalar qanday
    o‘sishi kerak? Bu savolga javob berish uchun, Y. Domar uchta
    tenglamalar sistemasini tuzdi:
    1) taklif tenglamasi;
    2) talab tenglamasi;
    3) taklif va talab tengligini ifodalovchi tenglama.
    1. Taklif tenglamasi investitsiyalar hosil qiladigan ishlab chiqarish
    quwatlari o‘sishini ko'rsatadi. Yaratilgan ishlab chiqarish quwatlari
    hisobiga olinadigan ishlab chiqarish o‘sishini (o‘simini) Q ni, umumiy
    kapital qo‘yilmalarini (I) ulaming o‘rtacha unumdoligiga B ko‘paytmasi
    orqali aniqlash mumkin
    Q=IB
    Investitsiyalaming ishlab chiqarish rivojlanishiga ta’sirini
    xarakterlovchi ¥ belgisi kapital qaytimi nomini oldi (ishchi kuchi
    bandligining oshishi, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni tashkil
    etishni mukammallashtirish va sh.k.). Bunda, agar 1 mlrd. so‘mlik
    mahsulot ishlab chiqarish uchun 4 mlrd. so‘m kapital kerak bo‘lsa,
    unda ¥ uning 1 /4 qismini, yoki 25 % ini hosil qiladi.
    2. Talab tenglamasi qo‘shimcha quwatlarini band qilish uchun
    talab qanchagacha o‘sishi kerakligini ko‘rsatadi.
    3. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlari o‘sishi sur’atlarining
    muvozanat tenglamasi
    1.2 R. Xarrodning neokeynschilik o‘sish modellari
    Oldin ta’kidlaganimizdek tarkibi bo‘yicha bu model1 Y. Domar
    modeliga o‘xshaydi, biroq uning o‘ziga xos xususiyatlari bor.
    Y.Domar modeli investitsiyalaming yalpi talabni kengaytirish va
    ishlab chiqarish quvvatlarining vaqt oralig‘ida ko‘payishdagi ikki xil
    rolini tahlil qiladi. Shuning uchun u butunligicha multiplikatordan
    foydalanishga asoslanadi va milliy daromadning zaruriy o‘sishini
    ta’minlaydigan investitsiyalaming o‘sish me’yorini aniqlaydi.
    R. Xarrod modelining maqsadi esa iqtisodiyot o‘sishining
    trayektoriyasini o‘rganish hisoblanadi. Shuning uchun uning asosini
    akselerator nazariyasi tashkil etib, u investitsiyalar o‘sishini bunga
    sabab bo‘lgan daromad o‘sishiga nisbatini aniqlash imkonini beradi.
    Bunday xususiyatlardan shu natija kelib chiqadiki, Y. Domar mos
    davlat siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan avtonom investitsiyalar bilan ish
    olib borgan bo‘Isa, R.Xarrod esa - milliy daromad o‘sishi bilan bog‘liq
    ishlab chiqarish investitsiyalari bilan ish olib borgan.
    Akselerator nazariyasini yanada yaqqolroq ko‘rib chiqamiz.
    Akselerator nazariyasi - investitsiyalaming kutilayotgan ishlab
    chiqarish hajmi o‘zgarishiga bog‘Iiq!igini tavsiflovchi nazariyadir.
    Akselerator tamoyili dastlab davrlar nazariyasi doirasida ishlab
    chiqilgan bo‘lib, investitsiyalaming iste’mol talabi harakatiga
    reaksiyasi orqali iqtisodiy inqirozlami tavsiflagan. Bunday
    bog‘liqlikda akselerator nazariyasini XX asr boshida fransuz
    iqtisodchisi A. Afitalyen va amerikalik iqtisodchi J.Klark
    rivojlantirishgan. Bu nazariyaga muvofiq talabning (yoki
    daromadlaming) o‘sishi investitsiyalaming o‘sish darajasiga
    tezlashtiruvchi (akselerator) sifatida ta’sir etadi, (avvalambor, asosiy
    kapital sohasida). Yangi investitsiyalar ishlab chiqarish hajmi
    (daromadlar) ga nisbatan tezroq o‘sishi taxmin qilinadi, chunki
    mashinaning qiymati uning tayyor mahsulot qiymatidan odatda ancha
    yuqori bo‘ladi, demak, ishlab chiqarish qatnashchilari daromadlaridan
    ham yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham investitsiyalarga bo‘lgan talab
    iste’mol talabining o‘sishiga nisbatan doimo yuqori bo‘ladi. Gap
    shundaki, o‘sib borayotgan iste’mol talabi mavjud bo‘lgan ishlab
    chiqarish quvvatlariga ta’sir ko‘rsatib, nafaqat mavjud quvvatlar modemizatsiyasiga balki yangi sanoat korxonalari va uskunalariga
    kapital qo‘yilmalarini rag‘batlantiradi.
    Faraz qilamizki, qandaydir korxona o‘zining mahsulotiga mavjud
    talabni 10 ta mashinadan foydalanib qondiradi, ulardan bittasi har yili
    yangisi bilan almashtiriladi. Agar talab 20% ga oshsa korxona bu
    talabni qondirish uchun 2 ta yangi mashina sotib olishi kerak bo‘ladi.
    Shunday qilib akselerator ishlab chiqarish o‘sishi bilan investitsiyalar
    o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi: ishlab chiqarish hajmi
    o‘zgarishiga javob ravishda yangi investitsiyalar qanchaga o‘sadi.
    Ishlab chiqarish va investitsiyalar darajalarida o‘zgarishlaming
    bunday teskari bogMiqligi J. Keynsda umuman yo‘q edi. U investitsiya
    va daromadlar o‘rtasida multipplikator munosabati bilan cheklandi.
    Akseleratsiya koeffitsiyenti - texnik taraqqiyot turiga bog‘liq
    texnik kattalik:
    • Katta hajmdagi kapitalni talab etadigan kapitalli texnik
    taraqqiyot sharotida s ning qiymati oshadi
    • Kapitalni tejaydigan texnik taraqqiyotda s ning qiymati past
    bo‘ladi
    Iqtisodiy o‘sish modelini yaratish jarayonidan R. Xarrod taxliliga
    uchta tenglamani kiritdi:
    Amaldagi o‘sish sur’atlari tenglamasi
    • Kafolatlangan o‘sish sur’atlari tenglamasi
    • Haqiqiy o‘sish sur’ati tenglamasi
    1. Amaldagi o‘sish sur’atlari tenglamasi- R. Xarrod modeli
    tenglamasi natijasidir. U ishlab chiqarish maqsadlarida
    foydalaniladigan mahsulotning o‘sishidan bir qismini jamlanishini
    ta’minlash uchun milliy daromadda jamg‘armalar ulushi qanday
    bolishi kerakligini ko‘rsatadi. Xorrod-Domar modelining cheklanganligi nafaqat uning tahlil
    natijalari bilan balki tarixiy sharoitlari bilan ham belgilanadi. 1930-yil
    va urushdan keyingi davr iqtisodiy o‘sish jarayonlarini ifodalagan
    bo‘lib, unda ishlab chiqarishni rivojlantirish bo'yicha asosiy urinishlar
    investitsiyalami oshirish va yangi ishlab chiqarish quvvatini
    yaratishdan iborat edi. Keyingi davrda (50 yilning ikkinchi yarmi - 70
    y.y.) ishlab chiqarishning rivojlanishiga ko‘proq sifat o‘zgarishlari
    ta’sir eta boshladi, bu esa iqtisodiy o‘sishning noklassik nazariyalarida
    o‘z ifodasini topdi.
    Tabiiy resurslami o‘zigina iqtisodiy o‘sishni ta’minlab berolmaydi.
    Iqtisodiy tabiiy resurslari kam bo‘lgan davlatlarda ham iqtisodiy o‘sish
    tez sur’atlarda rivojlanishi mumkin. AQSHning iqtisodiy o‘sishiga
    davlatdagi umumiy sotsial, madaniy va siyosiy muhit ham o‘z ta’sirini
    ko‘rsatgan.
    Kelajakdagi iqtisodiy o‘sishni baholashda ishlab chiqarishning
    atrof muhitga va inson turmushiga ta’sirini hisobga olish shart.
    Iqtisodiy o‘sish farovonlikni ta’minlab beruvchi faktor deyishga hech
    qanday asos yo‘q. Iqtisodiy o‘sishning yo‘ldoshi bo‘Igan texnika
    taraqqiyoti ishchilarda ertangi kunga ishonchni so‘ndiradi va ba’zida
    ishsizlikni ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Rivojlanish (o‘sish) sur’ati
    yuqori bo‘lgan iqtisodiyot katta iqtisodiy ta’sirlarga olib kelishi
    mumkin. Iqtisodiy o‘sish tarafdorlari fikriga ko‘ra faqat iqtisodiy
    o‘sish aholi turmush farovonligini ta’minlashi mumkin.
    Ishlab chiqarish hajmini o‘sishi daromadm oshiradi. U. Rostouni
    o‘sish bosqichlari nazariyasi o‘z davrining ijtimoiy fanida sezilarli
    hodisa bo‘ldi, u jamiyat tarixiy evolyutsiyasiga yangicha yondoshuvni
    ifoda etib, u sotsial-iqtisodiy formatsiyalami marleistik konsepsiyasi
    va XX asr 1-boshidagi texnoratik o‘sish nazariyalaridan ko‘p jihatdan
    farq qilar edi.
    U.Rostou moddiy ishlab chiqarishning ijtimoiy rivojlanishdagi
    yetakchi rolini, uning ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti bilan
    shartlashganini tan oldi hamda iqtisodiyot va jamiyat tarixiy
    evolyutsiyasining umumiy nazariyasini yaratishga urindi.
    Y.Domar va R.Xarrodning keynschilar modeli makroiqtisodiy
    muvozanatning keynschilik nazariyasini tanqidiy qayta ishlash va
    rivojlantirish sifatida vujudga keldi.
    Iqtisodiy o‘sishning Y.Domar modeli keynschilik an’analariga
    xosligi va keynschilik fundamentiga asoslanganini aniqligini tan olgan,
    ammo shu bilan birga keynschilik modelining investitsiyalar va
    iqtisodiy dinamikaga tegishli qismiga o‘z hissasini qo‘shganligini
    ta’kidlab o‘tgan.
    R. Xarrod modelining maqsadi iqtisodiyot o‘sishining
    trayektoriyasini o'rganish hisoblanadi. Shuning uchun uning asosini
    akselerator nazariyasi tashkil etib, u investitsiyalar o‘sishini bunga
    sabab bo‘lgan daromad o‘sishiga nisbatini aniqlash imkonini beradi.
    Y.Domar mos davlat siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan avtonom
    investitsiyalar bilan ish olib borgan bo‘lsa r. Xarrod esa-milliy
    daromad o‘sishi bilan bog‘liq ishlab chiqarish investitsyalari bilan olib
    borgan.
    Ishlab chiqarishni berilgan texnik sharoitlarida iqtisodiy o‘sish
    jamg‘armaga chegaraviy moyillik kattaligiga bog‘liq bo‘ladi, iqtisodiy
    tizimdagi dinamik muvozanat o‘z tabiatiga ko‘ra beqaror va uni to‘liq
    bandlik sharoitida ta’minlab turish uchun davlatning faol va maqsadli
    tadbirlari talab etiladi.
    1.3 R.Solouning neoklassik iqtisodiy o‘sish modeli
    0 ‘sishning birinchi neoklassik modellari 1950-yillar oxiri 1960-
    yillarda paydo bo‘la boshladi, bunda dinamik muvozanat
    muammolariga e’tibor susayib, nafaqat foydalanilmagan quwatlar
    balki yangi texnikani joriy etish, unumdorligini oshirish va ishlab
    chiqarishni tashkil etishni yaxshilash hisobiga o‘sishning mumkin
    bo‘lgan sur’atiga erishish m2uammosi birinchi pog‘onaga chiqib qoldi.
    Bu bilan bog‘liq holda nafaqat nazariy asoslar balki iqtisodiy
    o‘sishning taxlil qilish uslublari ham o‘zgardi. Bu davrda rivojlangan
    mamlakatlar iqtisodiyotida yirik korxonalaming roli ortib, ular
    o‘sishning neokeynschilik modeliga asoslangan holda o‘z
    investitsiyalarini strategik rejalashtirish tartibida makro darajada
    dinamik o‘sish modellarini tuza boshladilar. Yirik firmalaming
    mustaqil iqtisodiy siyosat o‘tkazishlari, ulaming o‘z o‘sish siyosatiga bo‘lgan qiziqishlari neoklassik yo‘nalish vakillarini o‘sishning
    neonekeyschilik makro iqtisodiy modellariga o‘xshash modellarini
    yaratishga bo‘lgan faolligini oshirdi.
    Bu yo‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R.Solou, ingliz
    iqtisodchisi J.Mid va boshqa mualliflar) iqtisodiyotga davlat aralashuviga
    qarshi chiqishdi, chunki, ulaming fikricha yirik firmalarga bozor
    raqobatchiligi sharotida potensial o‘sishga erishish uchun mavjud
    resurslardan yanada ko‘proq foydalanish uchun erkinlik berish kerak edi.
    Ular modellarining metodologik asosi bo‘lib ishlab chiqarish
    omillarining nazariyasi va chegaraviy unumdorlik nazariyasi xizmat
    qildi.
    Neoklassik maktab nazariyotchilari o‘sishning keynschilik
    nazariyalarini 3 ta punkt bo‘yichatanqid qilishdi
    • Birinchidan, ular o‘sishning asosiy omili sifatida- kapital
    jamg‘arilishiga e’tibomi qaratganlar. Neoklassiklaming flkriga ko‘ra esa
    ishlab chiqarishning o‘sishiga yangi ishchilami jalb etish hisobiga ham
    erishish mumkin.
    • Ikkinchidan, ular kapital koeffitsiyenti s ning o‘zgarmasligidan
    kelib chiqqan. Neoklassik modellar esa 2 xil ishlab chiqarish omillari
    (kapital va mehnat) ni hisobga olib va ulaming o‘zaro almashinuvini
    inobatga olib bu koeffitsiyent o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlaydilar.
    • Uchinchidan ular bozor mexanizmining avtomatik ravishda
    muvozanatni tiklay olish qobiliyatini to‘g‘ri baholashmagan.
    Neokeynschilardan farqli ravishda ular faqat raqobatli bozor iqtisodiyoti
    iqtisodiy o‘sishning muvozanatliligini ta’minlay oladi deb hisoblashgan.
    Raqobat mexanizmidan tashqari bunday shartlaridan biri bo‘lib
    neoklassiklarda qat’iy pul tizimi hisoblanadi.
    Dastlab bu model R.Solou tomonidan “Iqtisodiy o‘sish nazariyasiga
    qo‘shilgan hissa” maqolasida bayon etilgan (1956-yil.), so‘ng esa
    “Texnika taraqqiyoti va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi” ishida
    rivojlantirildi (1957-y). 1987-yilda uni ishlab chiqqanligi uchun muallif
    iqtisodiyot bo‘yicha Nobel’ mukofotiga sazovor bo‘ldi.
    Model resurslaming to‘liq bandligini ta’minlovchi ishlab chiqarish
    omillari bozorlaridan mutlaq raqobat ustunligining neoklassik talqiniga
    asoslanadi. Mahsulot ishlab chiqarish nafaqat kapital balki mehnatning faoliyatidir va bu omillar bo‘yicha ishi3ab chiqarish elastikligi
    koeffitsiyentlarining yig‘indisi 1 gateng.
    R.Solou iqtisodiy tizim muvozanatligining muhim sharoiti yalpi talab
    va yalpi talifning teng bo‘lishi ekanligidan kelib chiqadi. Bunda
    modeldagi yalpi taklif Kobb-Duglasni ishlab chiqarish funksiyasi asosida
    aniqlanib, bir tomondan ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi funksional
    bog‘liqlik munosabatini, ikkinchi tomondan esa foydalaniladigan omillar
    va ulaming o‘zaro kombinatsiyasini ifodalaydi. Kobb-Duglas ishlab
    chiqarish funksiyasi bo‘yicha har bir omilning ulushi mahsulot qiymatida
    doimiy, ammo absolyut jihatdan mehnat va kapital sarfi o‘zgarishi
    mumin. R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o‘sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi hisoblanadi. Modelda yalpi taklif Kobba-Duglasning ishlab chiqarish funksiya bilan ifodalangan, ya’ni

    Download 42.48 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 42.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ishning ilmiy va amaliy ahamiyati

    Download 42.48 Kb.