|
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCEBog'liq ARIMS1342ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
173
Bu tizimda gazni yig‘ish uchun quduqlar (1,12,13) ustidagi bosim 0,5-0,6
MPa atrofida saqlanib turilishi kerak. Bunday bosim neftni boshlang‘ich yig‘ish va
o‘lchash punktlaridagi o‘lchov asbobiga va undan keyin esa gazni tayyorlash
uskunalarigacha yetib borishini ta’minlaydi. Agar quduqlar ustidagi bosim 0,6
MPa dan ortiq bo‘lgan hollarda quduq oldida maxsus gaz separatorlar (2)
o‘rnatiladi va neftdagi erigan gaz ajratib olinib, yig‘ish tizimiga yo‘naltiriladi. Neft
quduqlardan chiqib yo‘naltiruvchi quvurlar orqali o‘lchash asbobiga (3) yetib
keladi. Bu yerda har bir quduq mahsulot miqdori navbati bilan o‘lchanadi. Bir
o‘lchov asbobiga yettitagacha quduq qo‘llanilishi mumkin. O‘lchov asbobidan
keyin ajratilgan gaz maxsus separatorga (5) yuborilib, u yerdan 0,1 MPa
bosimgacha gazdan neft tomchilari ajratib olinadi va gaz quritgishga
yo‘naltiriladi. Bu yerda gaz quritilib, tozalangandan so‘ng yuqori bosimli
kompressorlar (11) ga uzatiladi. Kompressorlarda gaz yuqori bosimgacha siqiladi
va gazdagi kondensatni ajratib olish uchun yana bir gaz-separator (10) ga
yo‘naltiriladi. Bu yerdan chiqqan to‘liq tozalangan gaz gazni qayta ishlash zavodi
(GQIZ) ga yoki gazlift usulida ishlovchi quduqlar (13) ga yuboriladi. O‘lchov
asboblaridan chiqqan neft tindirgichlar (6) ga yo‘naltiriladi. Bu tindirgichlarda
neftdan suv va qattiq moddalar (qum zarrachalari) ajratib olinadi. Tozalangan
neft katta hajmdagi maxsus saqlagichlar (7) ga yuboriladi.Tayyor mahsulot
holidagi neft saqlagichlardan neftni qayta ishlash zavodiga yoki temir yo‘ldagi
neft quyish estakadalariga neft quvurlari orqali nasos stansiyasi yordamida
haydaladi.
Tindirgichlardan ajratib olingan suv va qum birgalikda qum separatorga
kelib tushadi. Bu yerda qum suvdan ajratib olinadi, suvni maxsus suv yig‘iladigan
hovuzlarga jo‘natiladi.U yerda suv yuzida yig‘ilgan neft nasoslar orqali tortib
olinib tindirgichlarga yuboriladi.
|
| |