2. Gazni kompleks tayyorlash qurilmadagi jarayonlar Gazni quritish




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.12.2023
Hajmi0,5 Mb.
#114239
  1   2   3


15-Mavzu: Gaz taqsimlash stansiyasini avtomatlashtirish 
Reja: 
1.Kon havzasidan olinayotgan gazning tarkibi va ularning salbiy 
ta’sirlari 
2.Gazni kompleks tayyorlash qurilmadagi jarayonlar 
3.Gazni quritish 
Kon havzalaridan olinayotgan tabiiy gaz tarkibiga qattiq zarrachalar (qum, 
korroziya mahsuloti), suyuq uglevodorodlar (kondensatlar), suv bo‘g‘i, vodorod, 
sulfid (H
2
S), uglerod nordon gazi (CO
2
) va inert gazlar bo‘ladi. 
Gaz tarkibida qattiq zarrachalarning bo‘lishi gaz bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan 
kompressor metall qismlarini va quvurni tez errozik yemirilishiga olib keladi. Undan 
tashqari qattiq zarrachalar quvurlarda o‘rnatilgan armaturalarni, o‘lchash asboblarini 
ifloslantirib ishdan chiqaradi, hamda quvurni ma’lum bo‘limlarida yig‘ilib, uni 
qirqim yuzasini kamaytiradi. Bu o‘z navbatida quvurni gaz o‘tkazuvchanlik 
qobiliyatini kamaytiradi. 
Gaz tarkibidagi suyuq uglevodorodalar (gaz kondensatlari) ham quvurning past 
joylarida yig‘ilib, qirqim yuzasini kamaytiradilar, hamda quvur detallarini
korroziyalanishiga yordam beradilar. 
Gaz tarkibidagi namliklar ma’lum sharoitda gaz komponentlari bilan qorsimon 
ko‘rinishdagi qattiq gidrat birikmalarining hosil qiladilar. Masalan: SN
4
·6N
2
O, 
S
2
N
6
·8N
2
O, S
3
N
8
·17N
2
O, S
4
N
10
·17N
2
O. 
Hosil bo‘lgan birikmalar quvurda gidrat to‘sig‘ini sodir etadilar. 
Gaz tarkibidagi H
2
S zararli qushimcha bo‘lib, uning havodagi miqdori 0,01 
mlg/l dan oshiq bo‘lganda, ish zonalari uchun juda xavfli hisoblanadi. Quvurlarni va 
boshqa metall qurilmalarini, jihozlarni korroziyalanish darajasini oshiradi va avariya 
holatlarini ko‘paytiradi. 
Olinayotgan gaz tarkibidagi nordon uglerod gazi (SO
2
) uning yonish 
issiqligining kamaytiradi. 


Qo‘shimchalarning salbiy oqibatlarini hisobga olib. Gazni quvurga haydashdan 
oldin, uni quritish va boshqa qo‘shimchalardan tozalash kerak bo‘ladi. Undan 
tashqari, gaz hidini sezish uchun, uning tarkibiga hid beruvchi kimyoviy birikmalar-
odoronlar qo‘shish kerak bo‘ladi. Bu ishlarning hammasi bosh qurilmaga joylashgan 
gazning kompleks tayyorlash qurilmalarida amalga oshiriladi.
Jo‘natishga tayyorlangan gazning tarkibi quyidagi tarmoq andozasiga javob 
berishi kerak (ost 5140-83). 
1. 
1 m
3
gazdagi mexanik qo‘shimchalarni massasi 0,003 g (0,3 mg) dan 
oshiq bo‘lmasligi; 
2. 
1 m
3
gazdagi vodorod sulfidning massasi 0,2 mg (0,02 mg) dan oshiq 
bo‘lmasligi; 
3. 
Hajm bo‘yicha, kislorodning hajm ulushi 1% dan oshiq bo‘lmasligi; 
4. 
Namlik bo‘yicha gazning shudring nuqtasi (tochka “Rosы”) yozda 0
o
S, 
qishda -5
o
S dan katta bo‘lmasligi kerak (o‘rtacha iqlim joylarida). Sovuq joylarda: 
yozda -10
o
S, qishda 20
o
S dan katta bo‘lmasligi kerak. 

Download 0,5 Mb.
  1   2   3




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Gazni kompleks tayyorlash qurilmadagi jarayonlar Gazni quritish

Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish