Musiqa darslarida musiqa savodi faoliyatini samarali tashkil etish uslublari




Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana09.09.2024
Hajmi3,26 Mb.
#270739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Sharipov B.B. Metodik tavsiya 2024

ASOSIY QISM 
Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani boshlang‘ich (1-4) 
sinflarda musiqa tinglash, jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa 
ijodkorligi kabi faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Yuqori (5-7) sinflarda musiqa 
tinglash, jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi faoliyatlari amalga oshiriladi. 
Musiqa savodi faoliyati boshlang‘ich va yuqori sinflarda ham mavjud 
bo‘lib, o‘ziga xos o‘xshash va farqli jihatlari ham bor. Boshlang‘ich sinflarda 
musiqa savodi faoliyati o‘quvchilarda musiqa san’ati haqidagi ilk tushunchalarni 
shakllantirishga xizmat qiladi. Bu faoliyat nafaqat mustaqil, balki, boshqa faoliyat 
turlari (musiqa tinglash, jamoa bo‘lib kuylash, musiqa ijodkorligi)da ham alohida 
ahamiyat kasb etadi. Kuy-qo‘shiqni tinglab, tahlil qilish, to‘g‘ri kuylay bilishda 
ham musiqa savodxonligi talab etiladi. Boshlang‘ich sinflarda musiqa savodi 
o‘quvchilar diqqatini boshlangʻich nota savodxonligi, musiqaning ifoda vositalari 
- kuy, registr, temp, ritm, dinamik belgilarga qaratishga oʻrgatish, ovoz sozlash va 
qo‘shiq ijro etish qoidalariga doir bilimlar - chapak va cholg‘ularni chalish 
qoidalariga amal qilishga oʻrgatish, kompozitor, bastakor, ijrochi, tinglovchi kabi 
tushunchalarning mazmunini oʻrgatish va o‘rganiladigan asar mualliflari haqida 
ma’lumotlar berish kabi bosqichlar bo‘yicha o‘rgatiladi. 
Yuqori 
sinflarda 
ushbu 
faoliyat 
o‘quvchilardan musiqiy-nazariy 
ma’lumotlarni bilish va amaliyotda qo‘llashni talab etadi. Bu jarayonda 
o‘quvchilarning musiqiy lug‘at boyligini oshirish lozim. Mavzularni bir-biridan 
farqlash, musiqiy janrlarni bir-biridan ajrata olish, fanga xos bo‘lgan atamalarni 
o‘rganib borish aynan ushbu faoliyatning maqsadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
 
Musiqa savodi faoliyatda o‘quvchilarga tovush (musiqiy va shovqinli 
tovushlar), musiqiy tovushqator va uning pog‘onalari, oktavalar, nota yo‘li, 
o‘lchovlar, temp, intervallar, lad (major va minor ladi), xalq musiqasi ladlari, 
akkordlar va boshqa bir qancha musiqiy-nazariy ma’lumotlar o‘rgatib boriladi. 
Bu mavzularni shunchaki o‘qib tushunish o‘quvchiga qiyinchilik tug‘diradi. Bu 
kabi mavzularni hayotiy tushunchalar bilan bog‘lab, mantiqiy va qiziqarli tarzda 
o‘rganish o‘quvchilar uchun samarali natija beradi.
 


MUSIQA DARSLARIDA MUSIQA SAVODI FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH USLUBLARI
Sharipov B.B.
6

Download 3,26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Musiqa darslarida musiqa savodi faoliyatini samarali tashkil etish uslublari

Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish